Mazkur uslubiy qo’llanmada Microsoft Office amaliy dasturi tarkibiga kiruvchi excel elektron jadvali imkoniyatlari, unda ishlashning zaruriy ma’lumotlari keltirilgan
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI “KOMPUTER VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” AKADEMIK LITSEYI
J. JUMAYEV, N. BOTIROVA
EXCEL
ELEKTRON JADVALINI O’RGANISH BO’YICHA
USLUBIY KO’RSATMALAR
Buxoro - 2017
Mazkur uslubiy qo’llanmada Microsoft Office amaliy dasturi tarkibiga kiruvchi EXCEL elektron jadvali imkoniyatlari, unda ishlashning zaruriy ma’lumotlari keltirilgan. Shuningdek, nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash uchun 7 ta amaliy mashg’ulot va 70 tadan ortiq sinov savollari ham keltirilgan.
Ushbu uslubiy qo’llanma oliy o’quv yurtlari talabalari, akademik listeylar, kasb-hunar kollejlari o’quvchilarigagina emas, balki keng kitobxonlar ommasiga, jumladan ilmiy xodimlar va xalq xo’jaligining turli sohalarida mehnat qilayotgan turli kasb egalariga, elektron jadvalni mustaqil o’rganmoqchi bo’lganlarga mo’ljallangan.
Mualliflar: J. Jumaev – BuxDU «Amaliy matematika va AT» dostenti
N. Botirova - Buxoro «Kompyuter va axborot texnologiyalari» akademik listeyi o’qituvchisi
Taqrizchilar: O. Jalolov – BuxDU «Amaliy matematika va AT» kafedrasi katta o’qituvchisi
N. Muxtorova –BuxDU “Kompyuter va axborot texnologiyalari” akademik litseyi informatika fani o’qituvchisi
Mazkur qo’llanma «Kompyuter va axborot texnologiyalari» akademik listeyida 2017 yil 7-fevralda o’tkazilgan ilmiy pedagogik kengashning 40-sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
ELEKTRON JADVALLAR YARATILISH TARIXI
Elektron jadvallar inson hayotining har xil sohasida uchraydigan, hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlari tez o’zgarib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko’lamli masalalarni echishda qo’llaniladigan o’ta quvvatli vosita hisoblanadi.
Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators-ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jixatdan uning bozorda ommabobligi aniklangan. 1981 yili IBM PC kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi.Visicals va Supercalc dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo buldi, shu bilan birgalikda Microsoft - Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi.
Hisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo’ldi.1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan EXCEL dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda xam o’z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni ) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko’rgazmalirok ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanish mumkin. EXCELning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli , ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko’rish mumkin. EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir. Undan ishbilarmonlar, o’qimishli kishilar, hisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. U yordamida turli xildagi ro’yxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik hisobotlar, jamoa fikrini hisobga olish, biznes korxonalarni rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentastion materiallar tayyorlash mumkin. Xullas, EXCEL qulay elektron jadvaldir.