Mazkur uslubiy qo’llanmada Microsoft Office amaliy dasturi tarkibiga kiruvchi excel elektron jadvali imkoniyatlari, unda ishlashning zaruriy ma’lumotlari keltirilgan



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə9/33
tarix16.02.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#84629
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
elektron jadvalini organish

Belgilar

Amallar

Bajarilish tartibi

^

Darajaga ko’tarish

1

*

Ko’paytirish

2

/

Bo’lish

2

+

Ko’shish

3

-

Ayirish

3

&

Konkatenastiya

4

=

Tenglik

5

>

Dan katta

5

<

Dan kichik

5

Bajarilish tartibida bir xil sonlar bilan bir xil darajadagi amallar belgilangan, agar formulada faqat bir xil darajadagi amallar bo’lsa, ular ketma-ket chapdan o’ngga qarab bajariladi.
Demak, formulani bajarayotganda, dastur oldin uni tahlil qiladi. Yuqoridagi amallar bajarilish tartibini buzish uchun qavslardan foydalaniladi, masalan

3,4+5
2

ifoda to’g’ri bajarilishi uchun 3,4+5/2 kabi emas,

balki (3,4+5)/2 kabi yozilishi kerak va x.k. Ifodada sonlardan tashqari katak manzillari, funkstiyalar qatnashishi mumkin. Katak manzili ko’rsatilsa, o’sha manzildagi qiymati ifodada ishtirok etadi. Masalan, A1 katakda –5 soni turgan bulsa, A2 katakdagi (A1+15)/2 ifoda natijasi 5 buladi. Shunday qilib, kataklarda bir-biriga bog’liq jaraenlarni ifodalash mumkin.


EXCEL kiritilgan malumotni formula deb tushunishi uchun u =,-,+ belgilaridan biri bilan boshlanishi kerak. Formula katakka kiritilgandan so’ng agar u to’g’ri yozilgan bo’lsa, katakda kiritilgan formula asosidagi hisob-kitob natijasi ko’rinadi. Formulaning o’zi esa shu katak faollashtirilganda formulalar satrida ko’rinadi. Umuman, katakka formulalarni kiritishning ikki usuli mavjud:

  1. Formulani klaviatura orqali kiritish. Formulalar satrida formula belgisidan so’ng formula kiritiladi va ENTER yoki yo’nalish tugmalaridan biri bosiladi.

  2. Kataklar manzilini ko’rsatish yo’li bilan formulalar kiritish. Bu usulda formulalar klaviaturadan kamroq foydalangan holda kiritiladi, yani kataklar manzili ko’proq ko’rsatiladi. Masalan, =A1+A2 formulasini A3 katakka quyidagicha kiritamiz:

  • Jadval kursori A3 katakka o’tkaziladi;

  • «=» belgisi kiritiladi. Holat satrida «vvod»(kiritish) yozuvi paydo bo’ladi;

  • Sichqoncha ko’rsatkichi A1 katakka olib borilib, chap tugma chertiladi. Natijada katak ajratiladi va uning atrofida harakatlanuvchi ramka(rom) paydo bo’ladi. Formulalar qatorida A1 yozuvi paydo buladi, holat katorida esa «ukajite»(ko’rsating) yozuvi paydo bo’ladi;

  • «+» belgisi kiritiladi. Natijada harakatlanuvchi ramka yo’qolib, «vvod»(kiritish) so’zi paydo bo’ladi;

  • Sichqoncha ko’rsatkichi A2 katakka o’tkaziladi va chertiladi. Formulaga A2 yozuvi qo’shiladi;

  • ENTERni bosish bilan formulani kiritish tugallanadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin