Kiritilayotgan
Kiymat
|
Bizning
Tasavvurda
|
Malumot tipi
|
Katakdagi
Ko’rinishi
|
1
|
1
|
Sonli
|
1
|
1,
|
1
|
Sonli
|
1
|
,1
|
0,1
|
Sonli
|
0,1
|
1.
|
1.
|
Matn
|
1.
|
.1
|
.1
|
Matn
|
.1
|
1/1
|
1-yanvar
|
Sana
|
1/01/1999
|
1/1/1
|
1-yanvar
|
Sana
|
1/01/2001
|
2/99
|
Fevral/99
|
Sana
|
1/02/1999
|
2-2
|
2-fevral
|
Sana
|
2/02/1999
|
2:2
|
2:02
|
Sana
|
2:02:00
|
Kiritilayotgan sonli qiymatlar umumiy holda formatlangan ko’rinishda ekranda ko’rinadi, yani qanday ko’rinishda kiritilsa, shu ko’rinishda ekranda aks etadi. Ayrim hollarda ularning ekranda maxsus holda ko’rinishi talab etiladi, masalan, hisobxonalarda maosh varaqasidagi pul bilan bog’liq ko’rinishi va x.k. Sonlarni ekrandagi ko’rinishini bunday o’zgartirish – formatlashdan maqsad katakdagi sonlarni oson o’kish imkonini berishdir.
EXCEL dasturida sonli qiymatlar quyidagicha formatlanishi mumkin:
Umumiy
Sonli
Pul bilan bog’liq
Moliyaviy
Kun, oy(sana)
Vaqt
Foiz bilan bog’liq
Kasrli
Eksponenstial
Matnli
Ko’shimcha
Boshqa formatlar
Formatlash oynasini chaqirish uchun tugmalardan, yoki bosh menyudagi FORMAT buyrug’idan foydalanish mumkin.
Agar bir necha katakni bir yo’la formatlash zarur bo’lsa, ular avval ajratib olinishi kerak.
Agar katakdagi qiymat o’rnida “reshetka”(##...) paydo bo’lsa, tanlangan formatdagi son ustun kengligiga sig’magan bo’ladi. Bunday hollarda ustun kengligini o’zgartirish yoki boshqa sonli formatga o’tish kerak bo’ladi.
Sonli qiymat formatlangandan so’ng boshqa katakka o’tkazilsa, u katakda sonning formatlashdan oldingi ko’rinishi hosil bo’ladi, chunki formatlash sonli qiymatning birlamchi katakdagi qiymatigagina tasir etadi.
Formulalar. Formula – bu mavjud qiymatlar asosida yangi qiymatlarni hisoblovchi ifodadir. Formulalar yordamida elektron jadvalda ko’pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Elektron jadvallar formulalarsiz oddiy matn muharririga aylanib qoladi. Formulalarda ishlatiladigan amallar bajarilish tartibiga rioya qilgan holda quyidagi jadvalda ko’rsatilgan:
Dostları ilə paylaş: |