Formatlash uskunalari paneli. Ushbu panel kiritilayotgan axborotlarni formatlashga mo’ljallangan buyruqlarni takrorlovchi tugmalardan iborat. Bu tugmalar ham dastur bilan ishlashni tezlashtiruvchi bo’lib hisoblanadi.
Ushbu paneldagi piktogrammalar quyidagi vazifalarni bajaradi:
-Ekranda shriftlar ruyxatini tasvirlash
- Ekranda shrift o’lchamlarini tasvirlash
- Yarim to’q shrift bilan tasvirlash
- Yotiq ko’rinishda belgilash
- Osti chizilgan ko’rinishda belgilash
- Malumotlarni chap tomon bilan tekislash
- Malumotlarni o’rtada tekislash
Malumotlarni o’ng tomon bilan tekislash
- Belgilangan kataklar o’rtasiga matnni
joylashtirish(kataklarni birlashtirish)
(0,00 so’m) qo’llash
- Belgilangan kataklarga foiz formatini
(00%) qo’llash
Razryadlikni(verguldan sunggi raqamlar
sonini) kamaytirish
- Razryadlikni oshirish
- Xat boshidan yozish o’rnini kamaytirish
- Xat boshidan yozish o’rnini oshirish
- Belgilangan kataklar atrofini qoralash
- Belgilangan kataklarni ranglash
- Belgilangan kataklardagi simvollarni
ranglash
Formulalar qatori. EXCELga malumotlar kiritilayotganda barcha axborotlar, matnlar, sonlar va formulalar mana shu qatorda aks ettiriladi. Ushbu qator uch qismdan iborat: o’ng qism joriy katakdagi malumotni chiqaradi, uni shu erda tahrirlash ham mumkin. Agar katakda formula kiritilgan bo’lsa, katakda uning natijasi, formulalar satrida esa formulaning o’zi ko’rinadi. Tahrirlash rejimiga o’tish uchun F2 tugmasi bosiladi yoki formulalar satrining o’ng qismida sichqoncha 2 marta chertiladi, bunda formula satrida kiritish kursori paydo bo’ladi va malumotni tahrirlash mumkin.
Tahrirlash bo’limini boshqarish uchun formulalar satrining ikkinchi o’rta qismida uchta tugma mavjud, ular katakda tahrirlash rejimiga o’tganda yoki malumot kiritilayotganda ko’rinadi. – ko’rinishidagi tugma katakdagi oxirgi o’zgarishni bekor qiladi(ESCtugmasi vazifasi bilan bir xil). – ko’rinishidagi tugma kiritishni yoki o’zgartirishni tugallash manosini beradi(ENTER tugmasi vazifasi bilan bir xil). Uchinchi - ko’rinishidagi tugma formulalar satrini aktivlashtirish va malumot kiritishni bildiradi.
Formulalar satri chap qismida aktiv katak manzilini yoki ajratilgan kataklar majmuini ko’rsatuvchi maydon mavjud. Masalan, V12 ezuvi V12 katagi aktiv, unda jadval kursori joylashganini, A2:C3 esa ajratilgan guruh 2 satr va 3 ustundan iborat ekanini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |