Maktab MMIBDO____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil 10-mavzu: Bilimli yoshlar - yurt tayanchi (Rus tili fani oyligi doirasida). Kun shiori: O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida Maqsad: O’quvchilarga til dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo’lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda oquvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bolish tuygularini singdirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi media manbalardan zarur malumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini taminlashni, media madaniyatga ega bolish layoqatlarini shakllantirish.
Ozini ozi rivojlantirish kompetensiyasi doimiy ravishda oz-ozini jismoniy, manaviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil oqib-organish, kognitivlik konikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, oz xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish konikmalarini egallash.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
F oydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz, Erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz,Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi, Manaviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: XXI asr intelluktal yoshlar asri
O’qituvchi:
Avvaliga biz bolalarimizga o’rgatamiz. So’ngra o’zimiz ulardan o’rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o’z davridan orqada qoladi
Ya. Raynis
Darhaqiqat, bu allomaning fikrini chaqadigan bo’lsak, bugun farzandlarimiz juda ko’p tillarni bilishi, texnika asboblarini bizdan ko’ra yaxshi bilishi va biz bugun ulardan o’rganayotganimiz albatta, bu yoshlarimizning davr bilan hamnafas intelektual bilimlari kuchliligidan dalolat beradi.
Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o’ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy marifatga, madaniyatga mansub bo’lgan yurtlarning donishmandlari eng mo’tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O’zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o’z o’rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o’z tariximizdan juda ko’p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning Fozil odamlar shahri asaridagi g’oyani yodga oling. Unga ko’ra jamiyatning har bir fuqarosi mansabi, tutgan o’rni, yani kim bo’lishidan qatiy nazar Fozil kishi. Fozil inson o’z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o’z kasbining ustasi, lozim bo’lganda Vatani uchun jon fido qiladi. (Barkamol avlod orzusi)