Maktab MMIBDO_________ __________________________________sana_____ _____20__yil
7-mavzu: Tilga etibor-elga etibor (Filologiya fan oyligi doirasida)
Kun shiori: Til millat ko’zgusi
Maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, so’zning inson hayotidagi o’rnini to’g’ri tushuntirish, so’z sehriga bo’lgan hurmatni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi jamiyatda bolayotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, ozining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bolish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga etiqodli bolish, badiiy va sanat asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va soglom turmush tarziga amal qilish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz, Erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garoviManaviyat qalbim quyoshi, Tursunoy Sodiqovaning So’z sehri, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Adabiyot yashasa millat yashaydi
Cho’lpon
O’qituvchi:
Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo’lsa, so’z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta.
Uzoq yillar davomida o’zbek adabiyotini to’g’ridan-to’g’ri ona tilimizdan tarjima qilib kelgan chet ellik tarjimonlar bilan birga, mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan iste’dodli o’g’il-qizlarimizni mana shu mashaqqatli, ayni paytda olijanob ishga jalb etish, bu masalaning yechimi bilan bevosita bog’liq bo’lgan tashkiliy-amaliy vazifalarni hal qilishimiz maqsadga muvofiq bo’lur edi.
Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug’ adib Cho’lpon aytganidek, adabiyot yashasa millat yashaydi.
(Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch)
Topshiriq: Men biladigan shoir va yozuvchilar mashqi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Dostları ilə paylaş: |