I II.Yakuniy qism: Dars yakunida oquvchilarni rag’batlantiriladi
M aktab MMIBDO______________________ ___________________________ sana______ _______ 20___yil 6-mavzu: Kochalarda piyodalar qanday harakatlanishlari kerak. (yol harakati qoidalari)
Kun shiori: Yol qoidasi-umr foydasi talimiy: oquvchilarga yol belgilari haqida tushunchalar berish, kochada yurish qoidalarini orgatish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi media manbalardan zarur malumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini taminlashni, media madaniyatga ega bolish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi jamiyatda bolayotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, ozining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Sinf soati:kochada va jamoat joylarida oquvchi ozini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish;
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Sinf soati mashg’ulotning borishi: Tashkiliy qism: O’quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Asosiy qism: Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo'lkasidan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan yurishlari kerak. Qo'pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo'l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo'lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak.
Trotuarlar, piyodalar yo'lkasi, yo'l yoqasi bo'lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati bo'lmagan hollarda piyodalar velosiped yulkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo'lagi bor yo'llarda qatnov qismining o'ng chetidan) bir qator bo'lib yurishlari mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yo'lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo'nalishda yurishlari kerak.
Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped etaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yunalishi buylab yurishlari kerak.
Eslatma: piyodalar yulkasida, trotuarlarda, yo'lning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga halaqit beradigan qurilma va jihozlar o'rnatish man etiladi.
Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga bir qatorda to'rt kishidan ortiq bo'lmasdan yo'lning qatnov qismida faqat transport vositalarining harakat yunalishi bo'ylab o'ng tomondan yurishga ruxsat etiladi.
Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qoronri vaqtda yoki etarlicha ko'rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko'targan kuzatuvchilar bo'lishi kerak.
Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo'lkalaridangina, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruhsat etiladi.
P iyodalar yo'lning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan, shuningdek, er osti va er usti o'tish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo'l yoqasi bo'ylab kesib utishlari kerak.
Ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi bo'laksiz va to'siqsiz yo'llarda piyodalarga yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tishlariga ruhsat etiladi. Piyodalar yo'l harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki svetoforlarning, ular bo'lmaganda esa transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak.