Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil



Yüklə 19,01 Mb.
səhifə18/39
tarix02.10.2023
ölçüsü19,01 Mb.
#151519
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
7-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil


14-mavzu: O’zbekiston – Sharq mash’ali (10 dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “Serquyosh hur o’lkam elga baxt najot”
Maqsad: O’quvchilarda davlat ramzlariga bo’lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
F oydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “O’zbekiston o’z madhiyasiga ega bo’lgan kun”
O’qituvchi:
Bu dunyoda millatlar ko’p, ellar ko’p,
Elatlar ko’p, taqdirlar ko’p, yo’llar ko’p.
Bir yon chaman, bir yon sahro, cho’llar ko’p,
O’zing mening yagonamsan diyorim.
Durlar ichra durdonasan diyorim,
Vatan – aziz, senga ota-onadir,
Dunyodagi hamma narsaning ma’no-mazmuni o’zida mujassam etadigan timsoli bor. Jumladan, Vatanning ham timsollari ko’p. Vatanning timsollari rasmiy va norasmiy bo’lishi mumkin. Mamlakatimizning davlat ramzlari – bayrog’imiz, gerbimiz va madhiyamiz, shuningdek, respublika Prezidenti, parlamenti, hukumati, Konstitutsiyasi, davlat tili, poytaxt kabi davlatchilik belgilari ham rasmiy timsollar hisoblanadi. Chunki ularning har biri Vatanning eng muhim xususiyati – ozodligi va mustaqilligi, davlat suverenitetini ifoda etadi. Rasmiy timsollar Vatanning mustaqil davlatchilik an’analari bilan bog’liq. Mustaqil bo’lmagan, ya’ni o’z davlatiga ega bo’lmagan xalqning rasmiy timsollari ham bo’lmaydi. Vatan timsollari xalqni birlashtirib, uni yagona maqsad sari safarbar etib yashashga, har qanday sharoitda ham o’z yurti manfaatlari uchun kurashishga da’vat etadi. Vatanimizning davlat ramzlaridan yana biri – O’zbekiston madhiyasidir. Uning matnini O’zbekiston Qahramoni, shoir Abdulla Oripov yozgan, musiqasini esa kompozitor Mutavakkil Burhonov yaratgan. Vatan timsollari sendek yoshlarni mard va vatanparvar, el-u yurt ishiga sadoqatli qilib tarbiyalashda ma’rifiy vosita bo’lib xizmat qiladi
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasida o’lkamizning serquyoshligi xalqimizning bag’rikengligi, ajdodlarimizning buyukligi va boy tariximiz va butun dunyoni lol qilgan buyuk ma’naviyatimiz madh etilgan.

Yüklə 19,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin