23
bosimning yuqori bo’lishi,
bosh aylanishi, quloqlar shang’illashi kuzatiladi. Bosh og’riqi
bezovta qilishi mumkin. Bemorlarni sub'ektiv belgilar bezovta qilmasligiga qaramay tez-tez
EKG o’tkazib turish kerak.
Arterial bosim keksalarda quyidagi ko’rsatkichlarda bo’ladi.
60 - 69 yoshda 130-135 / 80-85 mm.sim.ust.
70 - 79 yoshda 135-140 / 80-85 mm.sim.ust.
80 - 89 yoshda 135-140 / 85-90 mm.sim.ust.
60 yoshdan oshgan shaxslarda arterial bosim 155-99 mm.sim.ust. oshsa arterial
gipertoniya tahmin qilish mumkin.
80 yoshli keksalarning 9-10% ida arterial bosim 110/ 170 mm.sim.ust.ga teng bo’ladi.
Geriatrik bemorlarda gipotenziv vositalarni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari mavjud:
-Gipotenziv moddalar do’zasini 2-3 barobar kamaytirish kerak.
-Arterial bosimni asta-sekin pasaytirish zarur.
-Arterial bosimni birdaniga tez tushirib yuboradigan preparatlarni (ganglioblokatorlar,
izobarin) qo’llamaslik lozim.
-Rauvol’fiya preparatlarini, diuretiklarni B-adrenoblokatorni tayinlashda ehtiyotkor
bo’lgan ma'qul.
-Bemorga nevropatolog konsul’tasiyasini o’tkazib borish zarur.
- EKG, qon va siydik tahlilini surunkali o’tkazib turish kerak.
Geriatrik bemorlarda gipertoniyani davolashda qulay mehnat va turmush sharoitlarini
yaratish, tinchlantiruvchi vositalar tayinlash kerak.
Osh tuzini cheklash, yaxshi dam olish,
uxlash, parhez buyuriladi. Rauvol’fiya preparatlaridan rausedil va ruavazan 0,002 dan 0,008
gr.gacha, rezerpin 0,00025 gr.dan oshmasligi kerak. Geriatriyada ham adrenergik vositalar
qo’llash mumkin, bular klofellin va metildofa. Diuretiklardan gipotizid
0,025 gr, furosemid
0,020,04 gr, veroshpiron 0,0250,05 gr. dan oshmasligi kerak. Geriatriyada gipertonik
krizlarni bartaraf etadigan vositalardan biri dibazoldir. U 0,05% 2,0 4,0 ml.dan muskul
orasiga yuboriladi. Dibazol bilan davolanishda har 10 kunda
EKG xulosasini olib turish
lozim. Yuqoridagi davo naf bermaganda bosqichma - bosqich sxema bo’yicha davo
buyurish mumkin.
1-bosqich. Yengil formadagi gipertenziyada rauvol’fin preparatlaridan raunatin 0,002 gr. dan
kuniga 3-4 marta;
1-"a" bosqich. Nisbatan o’rtacha og’irliqdagi gipertenziyada klofellin, dopegit yoki apressin
bilan monoterapiya o’tkaziladi.
2-bosqich. Diuretiklar bilan adrenoblokatorlar birgalikda qo’llanadi.
3-bosqich. O’rtacha og’ir gipertenziyada diuretiklar, adrenoblokatorlar (rezerpin) va
vazodilatator (apressin) qo’llanadi. Geriatriyada adelfan, depressin keng qo’llanadi.
4-bosqich. Og’ir kechadigan gipertenziyada gipotiazid, rezerpin guanetidin bilan qo’llanadi.
Gipotiazid qo’llanganda gipokaliemiyaning oldini olish maqsadida 0,5 gr. dan 3 mahal kaliy
yoki kaliyga boy bo’lgan olma, yonqoq, quruq mevalar, o’rik tayinlanadi.
Kasallik
profilaktikasida asablarga zo’r keladigan ish, tungi mahallarda ishlash, chekish, spirtli
ichimliklar ichish taqiqlanadi. Qovurilgan, o’tkir taomlar, achchiq kofe iste'mol
qilish
umuman man qilinadi.
Bemorlarga dispanser kuzatuvida bo’lib, sanatoriya va profilaktoriyalarda dam olish
maslaqat beriladi.