O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

O’pka sili
. Keksa va yoshi qaytgan odamlar organizmi qandli diabet, pnevmoniya va 
boshqa surunkali kasalliklar tufayli kasallikka qarshi kurashishga zaiflashadi, ularda 
yuqumli kasalliklar og’ir kechadi. 
O’pka silining kelib chiqishida kox mikrobakteriyasi asosiy ro’l o’ynaydi. Kasallik 
davrida o’pka silining kuchayishiga turmush tarzining yomonligi, yetarli koloriyali ovqat 
yemaslik hamda o’z vaqtida dispanser nazoratidan o’tmaslik asosiy sabab bo’ladi. O’pka 
sili belgilari ko’pincha qarilik yoki shamollash deb o’ylanadi, chunki qariyalarda uning 
klinika belgisi: ko’p terlash, tana haroratining ko’tarilishi kuzatilmaydi, balki yo’tal, 
behollik, ozib ketish, balg’am ajratilishi kabi belgilar bo’ladi xolos. Bemorlar balg’amida 
mikrobakteriyalarni topish juda qiyin. Tamografiya va rentgenografiyadagina sil 
manzarasini ko’rish mumkin. Keksalarda silni davolash uchun kimyoviy preparatlar 
qo’llash mumkin. Streptomisin, ftivazid, tubazid, PASK, tibon preparatlari qo’llanilganda 
bemor albatta stasionarda bo’lishi kerak, chunki bu preparatlar yurak qon aylanish 
sistemasiga asoratlar berish ehtimoli bor. Davolashda disensibillovchi dori vositalari va 
gormonlar qo’llanadi. Keksalarda kimyoviy preparatlarni qo’llashning sutkalik ma'qul 
dozalari quyidagicha: 
Streptomisin
0,5-0,75 gr.
Ftivazid
1-1,5 gr. 
Tubazid
0,45 gr. 
Etambutol
0,8-1,2 gr. 
PASK
9-12 gr. 
Metazid
1 gr. 
Rifampisin 0,45-0,6 gr. O’pka sili bilan og’rigan bemorlar dispanser nazoratida 
bo’ladi. Hamshira bemorning uyiga tez-tez borib, bemorning ahvolidan xabar olib turishi, 
gigiena qoidalariga rioya qilinishi, balg’amni maxsus tufdonlarga yig’ish zarurligini nazorat 
etishi zarur. 
O’pka raki
- o’pkadagi xavfli o’sma bo’lib, 40 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan 
bemorlarda ko’p uchraydi. O’pka rakining kelib chiqishiga o’pkaning surunkali kasalliklari 
va tashqi muhitdagi zaharli moddalar bilan ta'sirlanib turishi, chekish sabab bo’ladi. 
Kasallik asta-sekin avj olib boradi, bemorlarni yo’tal, ko’krak qafasida og’riqlar bezovta 
qiladi. Balg’amda qon bo’lishi mumkin. hansirash, ishtaqaning yo’qolishi, kaxeksiya 
kuzatiladi. Tana harorati o’rtacha ko’tariladi. Limfa tugunlari kattalashib qoladi.
O’pka raki tashxisi rentgenologik tekshiruvdan so’ng qo’yiladi. O’pka rakini 
davolashda keksa kishilarda operativ davolash qo’llanilmaydi. Asosan konservativ davo 
buyuriladi. Nur bilan davolash bemorning immunologik qobiliyatini susaytirib yuboradi, 
shuning uchun ehtiyotlik bilan tayinlanadi. Ximioterapiya o’tkazish maqsadida siklofosfan, 
embixin, benzotef, toifosfamid, 5-ftorurasil vositalari qo’llanadi. 
O’pka raki bilan og’rigan bemorlar doimo nazoratda bo’lishi, hamshira bemorga 
diqqat e'tiborini kuchaytirishi, buyurilgan dori-darmonlarni iste'mol qilish, ko’rsatmalarga 
rioya qilish o’z vaqtida bajarilishini nazorat etishi zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin