14
Ayollarda qarish jarayonining ancha sekin borishi ham genetik apparat xususiyatlariga,
ham ayollarda zararli odatlarning yo’qligi bilan izoxlanadi. Erta qarishga sabab bo’ladigan
omillardan biri bo’lgan chekish bemorlarda ateroskleroz, miokard infarkti, arterial
gipertoniya kabi kasalliklarni avj oldiradi.
Qarish – ko’p o’choqli umumbiologik jarayon bo’lib, hujayralarning yadrosida,
sitoplazmasida, membranalarida, mitoxondriya va boshqa strukturalarida namoyon bo’ladi.
Qarish jarayoni rivojlanishida 4 xil xususiyat farq qilinadi:
1. Geteroxronlik.
2. Geterotonlik.
3. Geterokinetiklik.
4. Geterokateftenlik.
Geteroxronlik xususiyat qarish jarayonining turli organ, to’qima, sistema hujayralarida
har xil muddatda boshlanishidir. Masalan, ayrisimon bezning atrofiyasi 13-15 yoshlarda
boshlansa, jinsiy bezlarning atrofiyasi klimakterik davrda boshlanadi.
Markaziy nerv
sistemasi va endokrin sistemasining turli bo’limlarida ham geteroxron qarish kuzatiladi.
Geterotoplik xususiyat ma'sul bir organning turli qismlarida qarish belgilarining
namoyon bo’lishidir. Masalan, yurak miokard to’qimasida turli kardiositlar bo’lishi
mumkin.
Geterokinetik xususiyat organizm to’qimalarida qarish jarayonining turlicha tezlik
bilan kechishidir. Masalan, ayrim to’qimada erta boshlangan qarish belgilari sust rivojlanib
borishi mumkin, aksincha boshqa to’qimada kechroq boshlangan qarish belgilari tez
rivojlanib borib, organizm funksional holatiga ta'sir etishi mumkin.
Geterokateftenlik xususiyat organizmdagi yoshga bog’liq o’zgarishlarning turli xil
yo’nalishlarda, organizmdagi hayotiy jarayonlarning birining so’nishi va ikkinchisining
faollashuvi bilan kechishidir.
Demak, qarish jarayoni murakkab morfologik o’zgarishlar va funksiyalarning so’nishi
bilan kechadigan jarayon ekan. Qarish jarayonini ko’p
olimlar hujayraning genetik
apparatidagi va oqsil biosintezidagi buzilishlar bilan bog’lashadi.
O’zgarishlar
DNK
ning genetika ma'lumotlar uzatish bo’g’inida sodir bo’ladi. Oqsil
sintezida oqsil molekulasidagi o’zgarishlar hujayra funksiyasining buzilishiga olib keladi.
O’zgarishlar hujayrada energiyaning paydo bo’lishi, uzatilishi va sarflanishida kuzatiladi.
Hujayrada kislorodga bo’lgan ehtiyoj kamayadi, fermentlar faolligi pasayadi. Lipidlar
almashinuvi ham izdan chiqib, hujayra membranasining fosfolipid tarkibi buziladi,
qonda
xolesterin, trigliseridlar, lipoproteidlar miqdori oshib ketadi, natijada ateroskleroz
rivojlanadi. Bu esa qarish jarayonini tezlashtiradi.
Qarish jarayonida hujayralar funksiyasining buzilishi va o’limi organ, to’qimalarni
hamda organizm faoliyatini izdan chiqaradi, hujayrada distrofik va kompensator
o’zgarishlar bo’ladi. Qarish oqibatida miya neyronlari 30-40% ga, buyrak neyronlari, o’pka
alveolalari 30-50% ga kamayadi. Qarishning asosiy morfologik ko’rinishi
organ va
to’qimalarning atrofiyasi bo’lib, bu hujayralarning
kamayishi hisobiga paydo bo’ladi. Har bir organ to’qimalarida atrofik hujayralar bilan bir
qatorda normal hujayralar ham uchraydi. Atrofiyaga uchragan hujayralar hisobiga normal
hujayralarda giperfunksiya va gipertrofiya sodir bo’ladi. Hujayraning qarish jarayoniga
moslashuvi tufayli undagi yadro soni ko’payib,
DNK
miqdori ortib boradi.
Mitoxondriyalarning
umumiy
miqdori
kamayishi
oqibatida
gigant
formadagi
mitoxondriyalar paydo bo’ladi, hujayralarda organoidlarning parchalanish mahsuloti
15
bo’lgan ferment - lipofusin to’planadi. hujayralarning funksional o’zgarishlari kuzatiladi,
hujayra
funksiyasi susayadi, neyronlarning ma'lumot qabul qilish qobiliyati pasayadi.
Sekretor hujayralarda moddalarni sintezlash va ajratish jarayoni kamayadi, yurak
hujayralarining qisqarishi pasayadi, hujayra membrasining qo’zg’alishi va bioelektrik
xususiyati buziladi. Hujayralarda kalsiy ionlarining faol transporti buziladi, bu esa
hujayra
funksiyasini izdan chiqaradi.
Biriktiruvchi to’qimalarda qarish jarayoni kollagen tolasining fibrillar xususiyati
yo’qola borishi va o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: