O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

1. Bemorlarni ko’zdan kechirish. 
2. Palpatsiya. 
3. Perkussiya. 
4. Auskultatsiya. 
5. Asboblar bilan va laboratoriya tekshirish usullari. 
Dunyo aholisi sonining qariyalar hisobiga oshishi iqtisodiy siyosatga ta'sir etadi va 
sog’liqni saqlash tizimiga murakkab mas'uliyatni yuklaydi. Bu esa uchastka terapevtlari va 
hamshiralaridan alohida bilimlar va ko’nikmalarni talab etadi. Tibbiyot xodimlari keksa 
yoshdagi bemorlarni alohida parvarish qilishlari, etika, deontologiya, kommunikatsiya 
qoidalariga vijdonan amal qilishlari, keksa yoshdagi bemorlar ruhiy holatini tushuna 
bilishlari zarur. Qari yoshdagi bemorlar tibbiy yordamga murojaat qilishganda, ularni 
jamiyatning teng huquqli a'zosi deb bilish va ularga alohida hurmat va ehtirom ko’rsatish 
zarur. 
Bunday bemorlarni davolashda ularning kasallik tarixi bilan bir qatorda ijtimoiy, 
psixologik ahvoli bilan ham tanishish kerak. Uchastka hakimi yoki hamshirasi qari 


12 
bemorlar ahvoli bilan yaqindan tanishib chiqib, tez-tez uylariga borib, ulardan xabar 
olishlari zarur. Ayniqsa, yolg’iz yashaydigan qariyalarning ijtimoiy, ruhiy va jismoniy 
ahvolini bilish geriatrik yordamning asosiy vazifalaridan biridir. Kasalxona sharoitlarida 
qariyalarga keng sharoitlar yaratish, ular bilan ko’proq suhbatlashish, hayotga qiziqishlarini 
orttirish kerak. Hamshira bunday bemorlarni nafaqat ovqatlantirishi, yuvintirishi va 
kiyintirishi kerak, balki bunday bemorlar bilan psixologik aloqani o’rnatib, uning 
sog’ayishiga, o’ziga ishonchini orttirishi kerak. Geriatrik bemorlar o’z o’tmishlari haqida 
faxrlanib gapiradilar, ularni ko’proq o’tmish va o’tmish voqealari, yutuqlari qiziqtiradi. 
Ular kelajak haqida o’ylash va gapirishdan, o’limdan qo’rqadilar. 
Shunday paytlarda hamshira bemorlarga hayotlari sermazmun, foydali o’tganligini, o’z 
ota-onalik burchlarini yaxshi ado etkanliklarini, jamiyat uchun katta foyda keltirganliklarini 
anglatib, ularni qo’llab-quvvatlashi kerak. Bu qariyalarning sog’ayishiga yordam beradi. 
Bunday bemorlarni kasalxona ichki tartib qoidalariga rioya qilishlariga majbur qilmaslik 
kerak. 
Uchastka terapevtlari esa qariyalarni bo’sh vaqtlarida ruhan tetiklashtiruvchi va 
sog’lomlashtiruvchi tadbirlar, suhbatlar tashkil etishlari, faol harakatlanuvchi tartibni joriy 
etishlari, ratsional ovqatlanishlarida antisklerotik va energetik sarfni kamaytiruvchi parxez 
tayinlashlari kerak.
Bunday bemorlarni parvarishlashda ularning uyqusi betartib bo’lishini esda tutish 
zarur, ya'ni kunduzi ko’p uxlab, kechasi sergak yuradilar. Bunday holatlarda uyqusizlikning 
oldini olish uchun uxlatuvchi dorilar tayinlash, kechqurun toza havoda sayr qilish, oyoq va 
bellarini yengil uqalash, oyoqlarni issiq ko’rpaga o’rab yotishni tavsiya qilish zarur. 
Kunduzi uyquni esa biror qiziqarli mashg’ulot bilan almashtirish kerak, masalan, kitob, 
jurnal va gazetalar o’qish bilan qarilik oqibatida buyrak va siydik ajratish apparati faoliyati 
kam o’zgaradi, ularning to’plash xususiyati kamayib, tungi diurez ko’payadi, qarilikda uyqu 
paytida siydik hosil bo’lishining fiziologik kamayishi kuzatilmaydi. Erkaklarda ko’prok 
prostata bezining adenomasi paydo bo’ladi. 
Tungi diurezning ortishi ham keksalar uyqusining buzilishiga olib keladi. Shuning 
uchun kechki ovqatda suyuqliklarni, choyni ko’p iste'mol qilish cheklanadi, iloji boricha 
siydik uchun xonalarda idish beriladi, chunki qariyalar kechqurun yiqilib tushishlari 
mumkin. Yiqilish va baxtsiz hodisalar qariyalar hayotida tez-tez uchrab turadi, bunga 
ko’rish va eshitishning pasayishi, muvozanatning buzilishi, bosh aylanishi, kamquvvatlik, 
oyoq mushaklarining bo’shashganligi sabab bo’ladi. Qarilikda suyaklarda bo’ladigan 
osteoporoz holatlari esa suyaklarning sinishini osonlashtiradi. Shuning uchun xonalarda, 
koridorlarda, vannalarda keksalarning yurishiga halaqit beradigan ortiqcha narsalar 
bo’lmasligi kerak. Vannaxonada ularni yolg’iz qoldirib bo’lmaydi, pol sirpanchiq 
bo’lmasligi lozim. Suvning harorati 35 C° dan oshmasligi kerak. Vannaxonada tayanch 
moslamalari bo’lishi shart. Koridorlarda devor bo’ylab ushlab yurish uchun maxsus 
moslamalar bo’lishi keksalarning yurishlarini osonlashtiradi, yiqilib tushish xavfini 
kamaytiradi, zamonaviy davolash muassasalarida barcha xonalarda
signalizatsiya, ikki yoqlama telefon aloqalarining bo’lishi maqsadga muvofiq. 
Bemor o’rin-joyi 60 sm. dan past bo’lmasligi va funksional jihatdan qulay bo’lishi 
kerak. Yostiqlari, ko’rpalari yumshoq, issiq bo’lishi zarur. Xona yorug’, shinam, 
ovqatlanish stoli va aloqida lampa ham bo’lishi kerak. Xona harorati 20-23 C° bo’ladi. 
Keksa yoshda badan terisining yupqalashishi sababli terining himoya vazifasi buziladi, 
shuning uchun qariyalarni haftada 1 - 2 marta cho’miltirish zarur.


13 
Terining quruqlashgan joylariga kremlar surtiladi. Oyoq tirnoqlari mo’rt, qattiq 
bo’lishi sababli ularni issiq yog’li suvda bug’lab, qadoqlarni kanakunjut moyi bilan 
yumshatib, keyin olib tashlanadi. 
Bemorlarning tashqi qiyofasiga va kiyinishiga e'tibor berish, sochlarini turmaklashga, 
tarab qo’yishga yordamlashish ularning kayfiyatini ko’taradi va sog’ayishiga yordam 
beradi. 
Qarilik har bir organizmda individual rivojlanadi. Insonning yoshini kalendar, ya'ni 
xronologik tarzda o’rganish mumkin. Ko’pincha, qarish jarayoni insonning yoshiga mos 
kelmaydi. Masalan, 60 yoshli odam organizmida 70 yoshga kirgan odam organizmiga xos 
bo’lgan struktur o’zgarishlar, funksiyalar buzilishi kuzatilishi mumkin. Demak, fiziologik 
qarish bilan bir qatorda, erta qarish jarayoni ham mavjud ekan.
Insonning kalendar yoshi biologik yoshidan qancha katta bo’lsa, qarish jarayoni 
shuncha sekin kechadi, umri uzayadi. Hozirgi tibbiyotning vazifasi erta qarishning oldini 
olish va unga qarshi kurashdan iborat. Insonning turmush tarzi, ijtimoiy muhit qarishga 
ta'sir etadigan omillardir. Qarish jarayoni organizm hayot faoliyatining molekulyar, hujayra, 
organ, sistema va butun organizm darajasida rivojlanadi va bu o’zgarishlar bir-biri bilan 
o’zaro bog’liq. V. V. Frolkis nazariyasiga binoan organizm qarishida adaptatsionregulyar 
mexanizmining buzilishi sodir bo’ladi.
Qarish - murakkab biologik jarayon. Organizm hayoti mobaynida unga ta'sir etayotgan 
endogen va ekzogen omillar muhim fiziologik funksiyalar ishini izdan chiqaradi. 
Qarishning oldini olish uchun ekzogen omillar ta'sirini kamaytirish, toza ekologik 
turmush tarzini yaratish zarur, bu umrni uzaytiradi. Evolyutsiya mobaynida organizm hayot 
faoliyatida qarish bilan qarama-qarshi bo’lgan jarayon - vitaukt mavjuddir. Vitaukt («vitac» 
– lotincha hayot, uzun degani) organizm moslashishi qobiliyatini oshiradi, umrni uzaytiradi. 
Qarish va vitaukt jarayonlarining o’zaro aloqasi inson organizmi tuzilishi bilan paydo 
bo’ladi va umrni uzaytirishini ifodalaydi. Gerontologlarning fikricha, organizmning qarish 
jarayonida tabiiy yoki fiziologik va erta, tezlashgan qarish tafovut qilinadi. Fiziologik 
qarish organizmda asta-sekinlik bilan sodir bo’ladigan tabiiy o’zgarishlar bo’lib, 
organizmning biologik xususiyatlariga mos keladi, atrof- muhitga moslashuvi cheklanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin