Imtiyozli kreditlash zahira fondi hisobidan kredit berilganda berilayotgan kredit
mablag'i summasi bilan imtiyozli kreditlash zahira fondining to‘g‘ri kelishligini
bilish maqsadida hisobni tekshirib borish zarur, chunki berilayotgan kredit summasi
imtiyozli kreditlash zahira fondidan oshib ketmasligi kerak. Imtiyozli kreditlash
zahira fondidan filial bo'yicha kredit berilganda kichik biznes va dehqon- fermer
xo'jaliklariga ulaming har bir istiqbolli bines-rejasi foydasi tahlil qilinib berilishi
kerak. Aks holda bank filialiga yoki ma'lum bir sub’ektga imtiyozli kreditlash zahira
fondidan ortiqcha mablag1 sarflanishi mumkin. Ayrim hollarda bir filialdan
boshqasiga mablag' o'tkazilib turiladi, bunda ular buxgalteriya hisobida aks ettirilishi
lozim: imtiyozli kreditlash zahira fondiga filial uchun ortiqcha mablag' berilayotgan,
Dt 16101-“Bosh bank/ filiallardan olinadigan mablag'lar - Naqd pullar”
hisobvarag'i,
Kt 10301- “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag'i - Nostro” hisobvarag'i.
Filial uchun, imtiyozli kreditlash zahira fondidan mablag' olinganda esa,
Dt 10301- “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag'i - Nostro” hisobvarag'i,
Kt 22202- “Bosh bank/filiallarga to'lanadigan mablag'lar - Naqd pullar”
hisobvarag'i.
Imtiyozli kreditlash fondidan kredit berish hisobiga olingan foizli daromadlar
hisobi alohida yuritiladi. Chunki olingan daromad maqsadli imtiyozli kreditlash
fondiga yo'naltirish uchun va shu bilan birga ushbu daromaddan olinadigan soliqdan
ozod bo'lish uchun hamda hisobot davridagi imtiyozli kreditlash fondiga
o'tkaziladigan foyda hisobidan 25% ajratma qilinib, foizli daromad hisobiga
imtiyozli kreditlash fondini qo'shimcha ko'paytirish ko'zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: