Tilshunoslikka kirish fanining predmeti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/83
tarix14.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#178776
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Tilshunoslikka kirish fanining predmeti

CHOG’ISHTIRISH METODI
ing
. method of analytical comparision, 
nem
. verglei-
chende Methode, komporative Methode, 
rus
. metod sopostavitelniy. Ikki yoki undan 
ortiq tillarning strukturasi va birliklarini bir-biriga o’xshash va noo’xshash tomonlarini 
bilish maqsadida tasvirlash. Ushbu metod yordamida bir tilda tasvirlash jarayonida 
payqalmagan xususiyatlar ochiladi.
STRUKTURAL ANALIZ METODI
ing
. structural method, 
nem
. strukturelle 
Methode, 
rus
. metod strukturniy. Ushbu metod til birliklari orasidagi munosaba tlarni, 
tobeliklarni tasvirlaydi. Struktural analiz metodi til va nutqni ajratish, til birliklari 
orasidagi o’xshashlik va noo’xshashliklarni, joylashish tartibi va boshqa nisbiy 
aloqalarni aniqlash uchun xizmat qiladi. 
PRAGA FUNKSIONALISTLARI METODI
Ushbu metodga ko’ra til funksionaldir, 
yani ma’lum maqsadga qaratilgan sistemadir. Tilning butun birliklari fikr ifodalash va 
aloqa qilish uchun xizmat qiladi. Til sistemasini har taraflama - fonologik, morfologik, 
sintaktik va leksik jihatdan tahlil qilish lozim. Praga funksionalis tlari tildagi tovushlar 
funksiyasini tekshirib, taxlil qilib, tadqiq qilib, fonologiya ilmini vujudga keltirdilar. 
KOPENGAGEN GLOSSEMATIKACHILARI METODI
Ushbu metod tilning 
tovush tomonini ham, ma’no tomonini ham inkor etadi. Uning tarafdorlari til sof 
munosabatlardan iborat deb hisoblaydilar. Glossematikaning vazifasi matnni tahlil 
qilishdan ibiratdir. Bu tahlil yordamida tilning sistemasi aniqlanadi. Tahlilning birinchi 
bosqichida til birliklarining ifoda darajasi mazmun darajasidan ajrat iladi, so’ngra bu 
darajalarning har biri mayda qismlarga bo’linadi. Qismlarga ajratish abzatslar, qo’shma 
gaplar, sodda gaplar va boshqalar orasidagi chegaralarga ko’ra olib boriladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin