“INTERNATIONAL С
ONFERENCE ON EDUCATIONAL INNOVATIONS AND APPLIED SCIENCES 2022/8
”
133
CITRUS LIMON L. O‘SIMLIGINI IN VITRO SHAROITIDA
MIKROKLONAL KO‘PAYTIRISHDA FITOGARMONLAR TA’SIRI
Turg‘unov Baxtiyor Xusanboy o‘g‘li,
Abdullayev Bobur O‘ktambek o‘g‘li
Ilmiy raxbar: b.f.d. Prof. Tashmuxamedova Shoxista Sobirovna
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Unversiteti
turgunovbaxtiyor997@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sitrus o‘simliklardan biri bo‘lgan
Citrus limon
o‘simligining
morfo-fiziologik tavsifi,
kimyoviy tarkibi va
in vitro
sharoitida
mikroklonal ko‘paytirishda fitogarmonlar ta’sir mexanizmlari haqida batafsil
ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
Mikroklonal, sinergizm, kofaktor,
in vitro ildiz otish, in vitro,
limon, fitogormon,
auksin, gibberellin, sitokinin, etilen, abssizin kislota.
Kirish
Rutaceace a’zosi bo‘lgan
Citrus limon
L. (limon) doim yashil va xushbo‘y kichik
daraxtdir. Uning mevalari inson oziqlanishi uchun
C vitaminining muhim manbai
hisoblanadi.Ularda uchuvchi moylar, limonen, a-terpinen, a-pinen, b-pinen, sitral
kumarinlar, bioflavonoidlar, vitaminlar mavjud.
Ular antiseptik, antirevmatik,
antibakterial va antioksidant sifatida ham ishlaydi. Sitrusni
in vitro mikroklonal
ko‘paytirish orqali virusli va boshqa infeksiyali kasalliklardan yaxshilash mumkin.
Mikroko‘paytirishda fitogarmonlar ham alohida ahamiyatga ega:
gibberellinlar poya
va mevaning oʻsishini, auksinlar ildiz oʻsishini, sitokininlar hujayraning boʻlinish
jarayonini kuchaytiradi.
Asosiy qism:
Fitogormonlar turli xil mexanizmlar asosida o‘simlik to‘qimalarida
harakat qiladi: