Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

BIRINCHI QISM 
1.
 
MIKROORGANIZMLARNING UMUMIY TAVSIFI 
Mikroorganizmlar juda mayda mavjudodlar bo`lib, ularni oddiy ko`z 
bilan ko`rib bo`lmaydi. Ular bir-biridan morfologik, fiziologik va biokimyoviy 
xususiyatlari 
bilan 
farqlanadi. 
Hujayraviy 
tuzilishga 
ko`ra 
barcha 
mikroorganizmlar prokariotlarga va eukariotlarga ajratiladi. Prokariotlarning 
yadro apparati "nukleoid" deb nomlanib, ko`pincha, u bitta xromosoma tutadi, 
halqasimon bo`lgan DNK molekulasidan iborat. Eukariotlarda yadro bir qator 
xromosomalar tutadi va sitoplazmadan membrana bilan ajratilgan bo`ladi. 
Eukariot va prokariotlarning yadro apparatining tuzilishidagi farqi ularning 
boshqa xususiyatlari bilan bog`liq.
 
1.1.
Prokariotlar 
Prokariotlar orasida bakteriyalar (yoki eubakteriyalar) va arxeylar 
(arxebakteriyalar) ajratiladi. Aksariyat prokariotlar eubakteriyalarning turli 
guruhlaridir. Prokariotlar, asosan, bir hujayrali organizmlar bo`lib, ularning 
o`rtacha o`lchami 0,2- 10,0 mkm. Bakteriyalarning shakli turli o`lchamdagi 
tayoqchalar, sharsimon hujayralar (kokklar) hamda buralgan shakllar - vibrion, 
spirilla va spiroxetalardan iborat. Bundan tashqari, uchburchak, kvadrat va 
o`simtali shaklga ega bo‘lgan hujayralar ham topilgan. Hujayralar to`plami 
ba'zida bakteriyalarning sistematik o`rnini aniqlashda yordam beradi. Ular yakka-
yakka, juft, qisqa va uzun zanjir shaklida (streptokokklar), tartibsiz shaklda 
(stafilokokklar), paket holatida (sartsinalar), to`rsimon va rozetkasimon bo`lishlari 
mumkin. Aktinomitsetlar guruhidagi ko`pchilik bakteriyalar mitseliy hosil qiladi. 
Trixom hosil qiluvchi ko`p hujayrali prokariotlar ham topilgan. 
1.1.1.
Prokariotlarning tuzilishi 
Ko`pchilik prokariotlar rigid hujayra devoriga va uning ostida joylashgan 
sitoplazmatik membranaga ega. Hujayra devorining tuzilishi va tarkibi muhim 
taksonomik belgi bo`lib, uning asosida prokariotlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
grammusbat, grammanfiy, hujayra devoriga ega bo`lmagan bakteriyalar va 
arxeylar. Grammusbat bakteriyalar tarkibida grammanfiylarga nisbatan hujayra 
devoridagi murein (peptidoglikan) miqdori ancha ko`p bo`lib, tashqi membrana 
ham bo`lmaydi. Arxebakteriyalar murein o`rnida, asosan, psevdomurein tutadi. 
Aksariyat bakteriyalar yuzasida fimbriyalar yoki pililar, harakatchan 
bakteriyalarda esa xifchinlar bo`ladi. Ko`pchilik bakteriyalar yuzasida turli 
qalinlikdagi kapsulalar bo`ladi. Ular asosan, polisaxarid, glikoproteid va 
polipeptidlardan tuzilgan. 
Prokariotlarning ichki hujayraviy tuzilishi oddiy. Ko`pchilik bakteriyalar 
kiritmalar tutadi. Ular orasida sitoplazmatik membrana hosilalari ajratiladi; 
fototroflarda xromatofor va tilakoidlar, nitrifikator va metan oksidlovchi 
bakteriyalarning ichki membranalari bor. Ba'zi bakteriyalar gaz vakuolalariga 



(aerosomalar) ega. Aksariyat bakteriyalar hujayralarida zahira moddalar bo`ladi. 
Ba'zi spora hosil qiluvchi turlar oqsil tarkibidagi parasporal tanachalarga ega. 
1.1.2.
Prokariotlarning o`sishi va ko`payishi 
Ko`pchilik bakteriyalar ikkiga bo`linib ko`payadi. Kurtaklanish yo`li bilan 
ko`payadiganlari ham bor. Aktinomitsetlar esa sporalar yoki mitseliy bo`laklari 
bilan ko`paydi. Bir qator sianobakteriyalar ko`p qismlarga bo`linib ko`payadi. 
Ko`p hujayrali prokariotlar trixomdan bir qancha hujayra ajrashi yo`li bilan 
ko`payadi. 
1.2. Eukariotlar 
Prokariotlardan farqli o`laroq eukariotlarga mikro va makroorganizmlar 
kiritiladi. Eukariot mikroorganizmlar tarkibiga zamburug`lar, bir qator suvo‘tlari 
va sodda hayvonlar kiradi. 
1.2.1. Zamburug`lar 
Zamburug`lar tabiatda keng tarqalgan geterotrof mikroorganizmlar bo`lib, 
ularning aksariyati saprofitlar. Lekin parazitik turlari ham uchraydi. Ko`pchilik 
zamburug`larning asosiy xususiyati - mitseliyning hosil bo`lishi. Mikroskopik 
zamburug`larning 

guruhi 
mavjud: 
zigomitsetlar, 
askomitsetlar 
va 
deyteromitsetlar. Mikrobiologlarning asosiy obyektlaridan biri bo`lmish achitqilar 
askomitsetlarga kiritiladi. Achitqilar harakatsiz yakka-yakka hujayralar bo`lib, 
asosan, kurtaklanib ko`payadi. Mikrobiologik tadqiqotlarda keng qo`llaniladigan 
achitqilar - Saccharomyces avlodiga kiruvchi achitqilardir, masalan, 
S. cerevisiae

1.3. Mikroorganizimlarga tashqi muhit omillarining ta'siri 
Mikroorganizmlarga ta'sir etuvchi omillardan biri harorat. Mezofillar uchun 
optimal harorat 25-40°C tashkil etadi. Okeanlar tubida, tundrada psixrofil 
mikroorganizmlar yashaydi, ular uchun optimal harorat 5-15°C tashkil etadi. 
Ekstremal termofillar 70-110°C da yashay oladi. 
Osmotik 
bosim 
mikroorganizmlarning 
o`sishiga 
ta'sir 
etuvchi 
omillardandir. Ko`pchilik organizmlar 0,5 M NaCl konsentratsiyasiga ham chiday 
olmaydi, ekstremal galofillar esa NaCl ning 2,5 M va undan baland 
konsentratsiyalarida yashay oladi.
Mikroorganizmlar muhitning nordonligiga ham sezgir. Ekstremal 
atsidofillar pH 0,5-1,0, alkalofillar esa pH 10,0-11,0 gacha bo`lganda yashaydi, 
lekin mikroorganizmlarning asosiy guruhlari neytral pH muhitlarida yashaydi. 
Ular neytrofillar deb nomlanadi. Molekular kislorodga nisbatan chin aerob va 
anaeroblarga ajratiladi. Kam kislorodli (1,0-5%) muhitda yashay oladigan 
mikroorganizmlar mikroaerofillar deb ataladi. Anaerob mikroorganizmlar 
fakultativ, aerotolerant va chin anaeroblarga ajratiladi. 



1.4. Mikroorganizmlarda modda almashinuvi 
Mikroorganizmlarda amalga oshadigan konstruktiv va energetik jarayonlar 
ko`p qirraliligi bilan ajralib turadi. Konstruktiv modda almashinuvida 
foydalaniladigan uglerod birikmalariga ko`ra mikroorganizmlar avtotrof va 
getgerotroflarga ajratiladi. Geterotroflarning asosiy qismini saprofitlar tashkil 
qiladi. 
Azot 
birikmalarining 
o`zlashtirilishida 
mikroorganizmlarning 
imkoniyatlari keng namoyon bo`ladi. Mikroorganizmlar orasida molekular azotni 
o`zlashtiruvchilar, tayyor aminokislotalarga muhtoj bo`lganlar va azotni 
anorganik birikmalardan o`zlashtiruvchilari bor. Fosfor, oltingugurt kabi 
elementlarni mikroorganizmlar fosfat, sulfat va qaytarilgan oltingugurt 
birikmalaridan oladi. Mikroorganizmlar amalga oshiradigan energetik jarayonlar 
orasida fotosintez, bijg`ish, aerob va anaerob nafas olishlar ajratiladi. 
1.5. Mikroorganizmlarning tarqalishi va ahamiyati 
Tabiatdagi ekologik sistemalarning butunligini ta'minlovchi muhim 
omillardan 
biri 
mikroorganizmlar 
yig`indisidir. 
Ma'lum 
sharoitlarda 
mikroorganizmlar yagona hayot shakli bo`lishi mumkin. Evolutsiya davomida 
ular orasida turli tipdagi munosabatlar takomillashib borgan (simbioz, mutualizm, 
parazitizm va hokazo).
Yerdagi bo`lib o`tadigan moddalar aylanishida mikroorganizmlar faol 
ishtirok etadi. Turli organik birikmalarni o`zlashtirib, CO va CO
2
ni yutib, metan 
hosil qilib va o`zlashtirib, ular uglerod aylanishida faol ishtirok etadi. Molekular 
azotni o`zlashtirib, ammiak va nitritlarni oksidlab, denitrifikatsiyani amalga 
oshiradi. Ular tabiatdagi azot aylanishini ta'minlaydi, qaytarilgan oltingugurt 
birikmalarini oksidlab va oksidlangan birikmalarni qaytarib oltingugurt 
aylanishini amalga oshiradi. Ba'zi mikroorganizmlar inson va o`zga 
organizmlarda kasalliklar chaqiradi, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, binolar, 
truboprovodlar, metallkonstruksiyalarining chirishiga olib keladi. Bakteriya va 
zamburug`lar yordamida non, vino, pivo, kvas, turli sut mahsulotlari, atseton, 
butanol, sirka, limon kislotasi, vitaminlar, fermentlar, antibiotiklar va hokazolar 
olinadi. Mikroorganizmlarning amaliy ahamiyati beqiyosdir. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin