Tindalizatsiya va pasterizatsiya. Tindalizatsiya yoki ikki karra sterillashni
1877 yilda Tindal tomonidan taklif qilingan. Bu usul 100°С dan yuqori haroratda
buziladigan tarkibga ega bo‗lgan ozuqa muhitlarini sterillashda qo‗llaniladi.
Tindalizatsiya o‗tuvchi bug‘ yordamida avtoklavda yoki Kox apparatida amalga
oshiriladi. Ozuqa muhiti 10-15 daqiqa davomida bir necha marta qizdiriladi.
Qizdidrishlar orasida 30°С da 8-12 soat davomida termostatga sporalarning
o‗sishi uchun qo‗yiladi. 100°С haroratga chidamsiz bo‗lgan ozuqa muhitlar 60 –
80°С da har 8-12 soatda 4-5 kun davomida ketma-ket sterillanadi.
100°С dan past bo‗lgan haroratda bir marta qizdirish pasterizattsiya usuli
deb ataladi. Bu usul Paster tomonidan taklif qilingan bo‗lib, sporasiz
mikroorganizmlarni yo‗qotishga mo‗ljallangan. Kuzatilishicha, ko‗pgina hollarda
bu usul to‗liq sterillshni ta‘minlay olmaydi. Pasterizatsiya 60-80°С da 10 – 30
daqiqa davomida amalga oshiriladi va juda tez 10-11°С gacha sovutiladi. Bu usul
ozuq-ovqat sanoatida sut, meva sharbatlarini, vino, pivo kabilarni sterillashda
qo‗llaniladi.
Filtrlash yordamida sterillash. Filtrlash
yordamida
vitaminlar,
aminokslotalar (sistein va sistin), oqsillar, uglevodlar antibiotiklar kabi bir qator
yuqori harororatda tez parchalanuvchi va uchuvchi tarkibga ega bo‗lgan ozuqa
muhitlar hamda mikroorganizm kultural suyuqliklar sterillanadi. Suyuqliklar
kichik porali meteriallardan iborat bo‗lgan filtrlar yordamida o‗tkazilsa,
mikroorganizm hujayralari esa oson adsorbtsiyalabuvchi materiallar:
azbest, selluloza, farfor, kaolin va boshqalardan iborat bo‗lgan filtrlardan o‗tkaziladi.
Sterillovchi filtrlarning poralari nazariy jihatdan 0,20 mkm dan oshmaydi.
Mikrobiologiya amaliyotida keng qo‗llaniladigan filtrlar bu – membranali filtrlar
bo‗lib, ularning poralar o‗lchamiga qarab turli sterillash va filtrlashda qo‗llaniladi.
Azbest va sellulozadan iborat bo‗lgan disklar Zeyts filtrida ishlatiladi.
Ularga poralar o‗lchamiga ko‗ra turli indekslar qo‗yiladi.
Membranali filtrlar 1 atmda 15 daqiqa davomida yoki qaynatish orqali
sterillanadi.
Shisha idishlarni sterillash.