18
Ozuqa
muhitni
avtoklavlash
vaqti
va
haroratining
tarkibidagi
komponentlarning termostabilligi yoki termolabilligiga qarab belgilanadi. Sut
yoki jelatina kabi tarkibida qand, vitaminlar tutuvchi tez buziluvchi (pivo suslosi,
sharbatlar, achitqi avtolizati) substratlar 0,5 аtmda 15-30
daqiqa davomida
sterillanadi. Go‗shtli peptonli ozuqa muhitlar 1,0 аtmda 20 daqiqa davomida
sterillanadi. Turli poroshoklar (mas., talk), ba‘zi suyuqliklarni (glitserin, vazelin
yog‘i) avtoklavda sterillash bir qadar murakkablik tug‘diradi,
shuning uchun
ularni quritish shkaflarda 160°С da 2 soat yoki 1 soat 170 °С da sterillashni talab
etiladi. Bunday holatda idishdagi yog‘ yoki parashok qalinligi 1,5 smdan
oshmasligi lozim. Avtoklavlashdan so‗ng ozuqa
muhitlarning sterilligini
tekshirish maqsadida 30°С da 2-3 sutka davomida termostatga qo‗yiladi. Agar
ozuqa muhitida mikroorganizmning o‗sishi kuzatilsa, uni qaytadan tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: