17
Ozuqa muhitini to„yingan bug‟ va bosim yordamida sterillash
(avtoklavlash).
Yuqori harorat va bosimning qo‗llanilishi
bu usulning
samaradorligini ta‗minlaydi (1-jadval).
1-jadval
Turli bosimlardagi to„yingan bug‟ning harorati
Bosim
Harorat, °C
Normal atm bosimi
kPa
1,0
101,32
100
1,5
151,98
111
2,0
202,65
121
2,5
251,20
128
3,0
299,75
134
Bunday holatda barcha mikroorganizmlar vegetativ hujayralari va ularning
sporalari nobud bo‗ladi. Aniqlanishicha, ko‗pgina mikroorganizmlarning sporalari
harorati 121°С bo‗lgan to‗yingan bug‘da 5 daqiqagacha chidaydi. Bunday sharoit
mikroorganizmlarning hujayralari va sporalarini o‗limiga olib keladi. Bosim va
o‗tuvchi bug‘ yordamida sterillash avtoklavda amalga oshiriladi.
Avtoklav
yoqori bosimga chidamli, ikki qavat metall qobiq bilan o‗ralgan
va ichiga sterillanadigan narsalar qo‗yiladi kamerasi mavjud bo‗lgan maxsus
qurilma hisoblanadi (8-rasm). Sterillangan narsalar
uning ichiga juda zich
qo‗yilmasligi lozim, agar ularning orasidan bug‘ o‗tmasa, yetarlicha harorat hosil
bo‗lmasdan, narsalar sterillanmasdan qolishi mumkin. Sterilizatsiya tugagandan
so‗ng, avtoklav ichidagi bosim tashqi muhit bosimiga tenglashgandan so‗ng
ochilishi mumkin. Avtoklavning jumragini tez ochilishi uning ichidagi bosimning
tez pasayishiga va yuqori harorat ta‘sirida qaynab
turgan ozuqa muhitlarining
tiqinlarini otilishiga va sterillashning buzilishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: