O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
SANOAT TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
“EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”
KAFEDRASI
EKOLOGIYA
fanidan Gaz analizator yordamida atmosfera havosidagi kislorod va zararli gazlar konsetratsiyasini aniqlash
laboratoriya mashg’uloti uchun
USLUBIY KO’RSATMA
(texnik soha yo’nalishi talabalari uchun )
Termiz 2023
Loboratoriya ishi-2: Gaz analizator yordamida atmosfera havosidagi kislorod va zararli gazlar konsetratsiyasini aniqlash
Ishning maqsadi: Atmosfera havosidagi kislorod va zaharli gazlar konsetratsiyasini aniqlash va ularni konsetratsiyasini kamaytirish yo’llarini yaratish
Kerakli jihozlar: Gazoanalizator KP-836 qurilmasi
Nazariy qism
Atmosfera – Yer yuzini o‘rab olgan havo qatlamidan iborat bo‘lib, uning og‘irligi yer shari og‘irligining milliondan bir bo‘lagiga teng. Atmosferaning troposfera qatlamidagi havo tarkibi 78,08% azot, 20,95% kislorod, 0,93% inert gazlar, 0,03% karbonat angidrididan tashkil topgan.
Yerdan baland ko‘tarilgan sari havoning zichligi va shunga yarasha uning bosimi kamaya boshlaydi, buni inson organizmi yaqqol sezadi. Yerdan 5 km baland ko‘tarilganda kishining boshi aylanib, ko‘ngli aynaydi, unda «tog‘ kasalligi» paydo bo‘ladi, aksincha tezlik bilan pastga tushganida, masalan samolyotda, havo bosimining keskin oshishidan quloq pardalari taranglashib, og‘riydi. Atmosferaning tirik tabiat uchun ahamiyati beqiyos katta. Odam agar ovqatsiz haftalab, suvsiz bir necha kunlab yashay olsa, u havosiz bir necha daqiqagina, atmosferaning himoyasisiz esa faqat bir necha soniyagina yashay oladi, xolos. Shuning uchun ham xalq orasida juda zarur bo‘lgan narsani «havodek zarur» deb aytish odat tusiga kirib qolgan. Odamning bir sutkalik hayoti uchun 1 kg ovqat, 2 l suv va 12 kg havo zarur. Bu havo tarkibida 500 l. kislorod mavjud.
Dostları ilə paylaş: |