Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

Nazariy ma‟lumot: 
Kletchatka (selluloza) o‗simlikning quruq vaznining 45-80% ni tashkil etadi. 
U polisaxarid bo‗lib, kuchli kimyoviy reaktivlar ta'sirida ham qiyin parchalanadi. 
Tabiiy sharoitda sellyulozaning juda katta miqdori tuproqqa tushadi va u erda 
tuproq mikroorganizmlari yordamida biologik o‗zgarishlarga uchraydi. Bu 
mikroorganizmlar, kletchatkani 
glukozaga
gidrolizlovchi va so‗ngra aerob 
sharoitlarda 
CO
2
 va H
2
O
gacha oksidlovchi 
sellulaza va sellobiaza fermentlari
hosil qiladi. 
Oraliq mahsulotlar sifatida organik kislotalar hosil bo‘ladi. 
C
6
H
12
O
6

2

RCHOHCOOH + CO
2
+ H
2

R CHOHCOOH + O


CO
2
+ H
2

Sellulozaning 
aerob 
parchalanishi 
asosan 
bakteriyalar, 
hamda 
aktinomitsetlar va zamburug‘lar ishtirokida amalga oshadi. Bu jarayonda asosiy 
rol 
miksobakteriyalarga
tegishli. 
Miksobakteriyalar
- grammanfiy bir 
hujayrali tayoqchalar bo‗lib, eni 0,4 - 0,7 mkm ni tashkil etadi. Bu organizmlar 
ko‗pchiligining yoysimon hujayralari uzunasiga cho‗zilgan, uchlari o‗tkirlashgan 
bo‗ladi. Ular egiluvchanligi bilan farqlanadi va qattiq yuzalar bo‗ylab sirg‘anib 
harakatlanadi. Miksobakteriyalar binar – ko‗ndalang ikkiga bo‗linish yo‗li bilan 
ko‗payadi. Vegetativ hujayralar ko‗paygandan so‗ng birtalay hujayralar 
birgalikda to‗planib, shilimshiq parda bilan qoplanadi va o‗lchami 1 mm dan 
kam bo‗lgan rangsiz yoki har xil rangga bo‗yalgan differentsiyallashgan meva 
tanalar hosil qiladi. Miksobakteriyalarning meva tanasi oyoqchadan (sistofera) 
va sistalardan tashkil topgan bo‗ladi. Sistalarda tinch holatdagi yirik hujayralar 
joylashgan bo‗lib, yetilgandan so‗ng ulardan yana vegetativ hujayralar chiqadi. 
Miksobakteriyalar 
bir 
necha 
turga 
birlashtiriladi: 
Cytophaga, 
Sporocytophaga

Sorangium, Archangium, Polyangium
va boshqalar. Bu 
organizmlar tuproqda yashaydilar, ular ko‗p miqdorda go‗ngda va go‗ng bilan 
o‗g‘itlangan tuproqlarda hamda chuchuk suv havzalarida va dengiz loyqalarida 
uchraydi. Sellulozaning aerob parchalanishini Getchinson va Kleyton muhitida 
kuzatish mumkin (1 litr distillangan suv, K
2
HPO

- 1 gr., CaCl
2
x 6H
2
O - 0,1 gr., 
MgSO
4
x 7H
2
O - 0,3 gr., NaCl -0,1 gr., FeCl
3
x 6H
2
O - 0,01 gr., NaNO
3
- 2,5 gr). 
Bu muhitda yagona uglerod manbai bo‗lib, selluloza – filtr qog‘oz kesmasi 
xizmat qiladi. Muhitga tuproq ekiladi va 14 - 21 kundan so‘ng filtr qog‘ozda 
o‘zgarishlar kuzatiladi. Bakterial chirish natijasida qog‘oz bo‘sh, g‘ovak 
ko‘rinishida bo‘lib qoladi va ayrim hollarda yirtilib ketadi. Suyuqlik bilan havo 
chegarasidagi qog‘oz shilimshiqlanadi, sarg‘ayadi, qo‘ng‘ir tusga kiradi, bu esa 
miksobakteriyalar koloniyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin