fikatlashtirish o ‘tkaziladi. O ‘zbekiston Respublikasining «O‘simliklar karantini to ‘g ‘ri- sida»gi Qonuniga muvofiq 1997-yildan boshlab o ‘simlik mah- sulotlarini O‘zbekistonga kiritish va uning hududi orqali olib o ‘tish qoidalari belgilandi. Mahsulotning har bir to‘piga o ‘simliklar karan tini bo‘yicha davlat inspeksiya idoralari tomonidan beriladigan fitosanitariya sertifikati qo‘shilgan bo‘lishi lozim. Fitosanitariya tekshiruvigacha qo‘shimcha mahsulot olib kirishda import qilishga ruxsat rasmiylashtiriladi. Shuningdek, respublikamizda ekologik sertifikatlashtirish ham ko‘zda tutilgan. Ekologik sertifikatning maqsadi — atrof-muhitni juda kam darajada iflos qiluvchi va iste’molchiga uning hayoti va sog‘lig‘i uchun mahsulotning xavfsizligiga kafolat beruvchi mollarni tayyorlash va texnologik jarayonlarni joriy etishda ishlab chiqaruv- chini rag‘batlantirishdan iborat. O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli «Mahsulotni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to ‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu qaror tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul- lanuvchi subyektlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishdagi burokratik to ‘siq- larni olib tashlash va soddalashtirishga yo‘naltirilgan. Bu qarorning muhimligi shundaki, 2004-yil 1-oktabrdan boshlab mahsulotlar- 151
ning o ‘rnatilgan talablarga muvofiqligini deklaratsiya yo‘li bilan tasdiqlash tizimi kiritilgan. «O‘zstandart» agentligiga «Mahsulotning xavfsizligi talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to ‘g‘ri-