materiallar, odatda, moddiy bo‘ladi va ularning miqdori uzluksiz tavsif bilan ifodalanadi. Texnik vositalar va qayta ishlanadigan mate- riallar ko‘pincha tovarlar (mahsulotlar) deb ataladi. Uslubiyat (metod ika) — faoliyatni rasmiy amalga oshirish yo‘lidir. Uslublar, odatda, hujjatlashtiriladi. Hujjatlashtirilgan uslublar o ‘zida quyidagilarni ifoda etadi: — faoliyatning maqsadi va doirasini; — kim tomonidan va nima bajarilishi kerakligini; 157
— qachon, qayerda va qay tarzda amalga oshirilishi kerakligini; — qanday manbalar, hujjatlar va qanday jihozlar ishlatilishi kerakligini; — ular qay yo‘sinda nazorat qilinishi va qayd etilishi kerakligini. Uslublar, odatda, bir necha xodimlarning javobgarlik va vakola- tini aniqlaydi hamda sifat sohasi dasturi yoki xususiyatlariga tayanadi. Ishchi yo‘riqnomalari ko‘pincha uslublardan yoki texnologiya- dan ko‘chirma bo‘ladi va bir xodimga yoki ish o ‘ringa yoziladi, shu sababli tayanchga ehtiyoj sezilmaydi. Akkreditatsiyalash tizimi — akkreditatsiyalashni o ‘tkazish uchun tartibotlar va boshqaruvning o ‘z qoidalariga ega bo‘lgan tizim. Akkreditatsiyalash tartibot bo‘lib, uning vositasida vakolatli idora shaxs yoki idoraning muayyan ishni bajarish huquqiga ega ekanligini rasmiy tan oladi. Akkreditatsiyalash bo‘yicha idora — akkreditatsiyalash tizimini boshqaruvchi va akkreditatsiyalashni o ‘tkazuvchi idora. Inspeksiya tekshiruvi — sertifikatlashtirish va akkreditatsiya- lashda o ‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifat yoki ishlab chiqarishni bosh