Metrologiya, standartlashtirish va sifatni



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   162
1666003133-1

«mahsulot — faoliyat
yoki jarayon natijasi»
deb ta ’riflangan.
171


Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ish­
lanadigan materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot 
yoki tushuncha) yoki ularning o ‘zaro uyg‘unlashgan birikmasi 
sifatida bo‘lishi mumkin. Mahsulot o ‘z ichiga xizmatni ham oladi.
Mahsulotning yaratilishi, sotilishi va iste’molida yoki ishla- 
tilishida namoyon bo‘ladigan xossasi uning 
xolisona k o ‘rsatkichi
hisoblanadi.
Mahsulot ko‘pgina turli xossalarga ega bo‘lib, u yaratilishi
sotilishi va iste’moli yoki ishlatilishida namoyon bo‘lishi mumkin. 
«Ishlatilish» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi 
mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u o‘z resursi 
hisobiga sarflanadi.
«Iste’mol» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, 
u vazifasiga ko‘ra, ishlatilishida o ‘zi sarflanadi.
M ahsulot xossalarini shartli ravishda 
oddiy
va 
murakkab
turlarga bo‘lish mumkin.
Mahsulotning 
oddiy xossasiga
massa, sig‘im, tezlik va boshqa 
ko‘rsatkichlar kiradi.
Mahsulotning 
murakkab xossasiga
misol sifatida buyum ishi- 
ning ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa, o ‘z navbatida, bir 
qator oddiy xossalarni o ‘z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chi- 
damliligi, ta ’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar).
Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan 
ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar 
majmuasi tushuniladi.
Mahsulot sifati uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning 
sifatiga bog‘liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil 
topgan bo‘lsa, u mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim 
buyumlari hamda birxillik, o ‘zaro almashuvchanlik va boshqa 
shunday xossalarning majmuasidan tashkil topadi. Masalan, paxta 
terish mashinasining sifati uni tashkil etuvchi dvigatel, shpindellar, 
bolt va gaykalar, g‘ildirak va undagi rezina kabilarning sifatiga 
bog‘liq.
Mahsulot sifati
— o ‘zida aniqlangan ehtiyojlarni qanoatlan- 
tiruvchi, uning yaroqliligini ta ’minlovchi xossalar majmuasini
172


namoyon etadi. Mahsulotning har bir xossa yoki bir necha xossa- 
larining darajasini aniqlash sifat ko‘rsatkichlari yordamida baho- 
lanadi. Bunda ulkan ko‘p xildagi mahsulotlar turlarini tavsiflovchi 
turli xil xossalar mavjud va unda xuddi shuningdek, mahsulot 
sifati ko‘rsatkichlari ham ko‘p bo‘ladi.
Mahsulotlarning murakkab xossasini tavsiflovchi, uning ehti- 
yoji, maqsadi va topshiriqqa asosan berilgan vazifalarni bajarishga 

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin