sertifikatlashtirish o ‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimida quyidagi faoliyat turlari olib boriladi: — mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish; — sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish; — majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish; — yuqoridagi keltirib o ‘tilgan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert-auditorlarni tayyorlash va attestatsiyalash kabi faoliyat turlarini yuritadi. O ‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi ning tashkiliy tuzilmasini quyidagilar tashkil qiladi: — O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idorasi («O‘zstandart» agentligi); — Ilmiy-tadqiqot markazi va bir turdagi mahsulotlarni sertifi katlashtirish bo‘yicha uslubiy markazlari; — bir turdagi mahsulotlar va xizmatlar, sifat tizimlari hamda ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiyalan- gan idoralar; — akkreditatsiyalangan sinash laboratoriyalari (markazlari); — tekshirish idoralari. Mahsulotni sertifikatlashtirish tizimining tashkiliy tuzilmasi 4.1-rasmda keltirilgan. Milliy sertifikatlash tizimi doirasida sertifikatlashtirish ishlari so‘rovchi tomonidan tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi bo‘yicha aniqlangan tizim doirasida olib boriladi. Sertifikatlashtirish tartibi va uning o ‘rnatilgan qoidalari mavjud bo‘lib, sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlarini sertifikatlashtirish obyekti va turlariga bog‘liq bo‘lmagan o ‘zgarmas jarayon deb hisoblash mumkin. Odatda, qabul 161