— mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasini tayyorlash;
— material-texnik ta ’minot;
— metrologik ta’minot;
— kadrlarni tanlash
va tayyorlash;
— doimiy birxillikni ta’minlash;
— tashish, saqlashni ta ’minlash;
— soha tekshiruvini ta ’minlash;
— sifatni rag‘batlantirish.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish tashkilotlari va koxonalarida
ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar
talablariga muvofiq sifat
menejmenti tizimi joriy etilib, sertifikatlashtirilmoqda.
Sifat menejmenti tizimi (SMT) — tashkilotning sifat bilan bog‘liq
vazifalarni hal qiladigan usuldir. Keng m a’noda u mahsulot sifati
sohasida belgilan maqsadlarga erishish va iste’molchilar talablarini
qanoatlantirish uchun qo‘llaniladigan tashkilotning tashkiliy tuzil
masi, hujjatlari, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini qamrab
oladi.
Sifat menejmenti tizimi u yoki
bu faoliyat qanday va nima
uchun amalga oshirilishi, vazifalarni hal qilish
usullari va erishilgan
natijalarning qayd qilinishi bayoni masalalarini qamrab oladi. Ular,
asosan, sakkiz tamoyildan tashkil topgan bo‘lib, o ‘z ichiga quyida-
gilarni oladi:
1. Iste’molchiga yo‘nalganlik. Tashkilotlar o ‘zining iste’mol-
chilariga tobe bo‘ladi va shuning uchun ularning joriy va kelgusidagi
ehtiyojlarini tushunishi, ularning talablarini bajarishi va kutganidan
ham ortiq yaxshi natijaga erishishi lozim.
2. Rahbarlarning peshqadamligi (sardorligi). Rahbarlar tash
kilotning maqsadi va faoliyati yo‘nalishining yagonaligini ta ’min-
laydi. Rahbarlar tashkilot oldiga qo‘yilgan
vazifalarni bajarishga
xodimlarni jalb etish mumkin bo‘ladigan ichki
muhitni yaratishi
va saqlashi lozim.
3. Xodimlarning jalb qilinishi. Barcha pog‘ona
xodimlari
tashkilot asosini tashkil etadi va ularning ishga to ‘liq jalb
etilishi
tashkilotga xodimlar qobiliyatlaridan unumli foydalanish imkonini
beradi.
178