Reja: O’zbekiston to’qimachilik sanoati mahsulotlari sifat ko’rsatkichlarini jahon talablariga moslash va unda o’z o’rnini mustahkamlash borasidagi vazifalar



Yüklə 80,23 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü80,23 Kb.
#186874
  1   2   3
1523985715 71228


To’qimachilik sanoatida yangi texnika va texnologiya
Reja:
1. O’zbekiston to’qimachilik sanoati mahsulotlari sifat ko’rsatkichlarini jahon talablariga moslash va unda o’z o’rnini mustahkamlash borasidagi vazifalar;
2. To’qimachilik sanoatida yangi texnika va texnologiya.
O’zbekiston Respublikasida sanoat korxonalarini turli yo’nalishlar bo’yicha rivojlantirish bo’yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,engil sanoat jadal rivojlanmoqda. Ushbu tarmoqda yuqori texnologiyalarga asoslangan qo’shma, xorijiy va xususiy korxonalar tashkil etilib, jahon bozori talablariga javob bera oladigan mahsulotlar tayyorlanmoqda. Engil sanoat korxonalarining respublikada taqsimoti bo’yicha ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
Jami yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 2813 tani tashkil etib, ulardan «O’zbekyengilsanoat» AJga qarashli korxonalar soni 271 tadir. Ishlab chiqarish turlariga muvofiq korxonalar to’qimachilik mahsulotlari bo’yicha – 984 ta, tabiiy ipak mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha -142 ta, trikotaj mahsulotlari bo’yicha – 492 ta, tikuvchilik mahsulotlari bo’yicha – 1195 tadan iborat.
1-jadval
O’zbekiston yengil sanoat korxonalari va mahsulotarining taqsimoti



Regionlar





Shu jumladan, ishlab chiqarish turlari bo’yicha









1

Qoraqalpog’iston

77

5

10

4

3

60

2

Andijon

394

34

204

13

70

107

3

Buxoro

195

21

115

6

2

72

4

Jizzax

91

2

48

1

3

39

5

Qashqadaryo

177

7

40

4

6

127

6

Navoiy

60

1

11

3

2

44

7

Namangan

288

20

169

23

9

87

8

Samarqand

151

6

57

12

11

71

9

Surxondaryo

94

3

33

2

11

48

10

Sirdaryo

78

7

31

2

5

40

11

Toshkent

210

28

50

2

60

98

12

Fag’ona

376

38

114

55

84

123

13

Xorazm

192

10

20

3

38

131

14

Toshkent shahar

430

89

82

12

188

148


Jami

2813

271

984

142

492

1195

Yengil sanoat mahsulotlarining eksport hajmi kun sayin oshib bormoqda. “O’zbekyengilsanoat” AJ korxonalarining tarmoqlararo va mahsulot ishlab chiqarish turlari bo’yicha taqsimlanishi: to’qimachilik korxonalari -70%, to’quvtrikotaj korxonalari -20% va ipakchilik korxonalari -10%. Ishlab chiqargan mahsulotlar bo’yicha yigirilgan ip 54-60% ni, to’quv-trikotaj mahsulotlari – 9,8% ni, ip gazlama - 13,30% ni, trikotaj -16,20%, ipak mahsulotlari – 5,30% ni
Yengil sanoat korxonalarining mahsulot turlari bo’yicha yillik quvvati quyidagilarni tashkil etadi: yigirilgan ip - 440 ming tonna; mato – 290mln.kv.m; trikotaj matosi – 90 ming tonna; tayyor trikotaj mahsulotlari 255mln. ta; paypoq mahsulotlari – 53,0 mln juftni tashkil etadi.
2014 yilda mahsulot eksporti bir mld. AQSH dollarini tashkil etdi. 45 ta mmlakat bozorlari o’zlashtirildi, jumladan, Braziliya, Italiya,CHexiya, Ispaniya, Kolumbiya, Fillipin, Marokko, Janubiy Afrika Respublikasi. Hozirgi kunda kompaniya korxonalari Evroittifoq, MDH va Osiyo mamlakatlarida korxonaekspotyorlarning dilerlik bo’limlarini tashkil etgan. Kompaniya eksportida eng katta ulushni paxta ipi tashkil etib, u 61%ni, tayyor mahsulotlar 26%ni, ip gazlama 4%ni, trikotaj matolari 5%ni va boshqa mahsulotlar 4%ni tashkil etadi.
Kompaniya Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi hamda Koreyaning sanoat texnologiyalari instituti (KAYTEK) bilan halqaro hamkorlikda ijobiy tajribaga ega. Erishilgan shartnomaga asosan 2016 yili Toshkent shahrida o’quv va tadqiqotlar to’qimachilik Texnoparki qurilishi boshlanadi. Uning ishga tushishi bilan respublikaning to’qimachilik ishlab chiqarish korxonalari taraqqiyoti uchun ilmiy va texnologik resurslardan to’laroq foydalanish, yangi avlod buyumlarini yaratish hamda kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirishni ta‟minlash imkoniyatlari yaratiladi. Kompaniyaning istiqboldagi maqsadlari Evropa ittifoqi, MDX va yaqin sharq mamlakatlari bozorlarida eksport xajmini oshirishdan iboratdir.
O’zbekistonda 2019 yilgacha yengil sanoatda rejaga asosan umumiy qiymati bir mlrd. AQSH dollariga teng 80 ta loyiha realizatsiyasi ko’zda tutilgan. Mazkur loyihalarning realizatsiyasi natijasida paxta tolasining 70% mahalliy korxonalarda qayta ishlanib, mamlakatning eksport salohiyati 1,8 marta ortadi. Muhim loyihalar qatorida:
Qarshi tumanida “LT Cooperaties UA” kompaniyasi bilan quvvati yiliga 22 ming tonna aralash ip va 5 mln.m.mato ishlab chiqaruvchi to’qimachilik korxonasi;
“Indorama Kokand tekstil” xorijiy korxonaning (IV bosqichi) quvvati yiligi
12 ming tonna kompakt ip;
Quvvati yiliga 9 ming tonna paxta ipi bo’lgan MCHJ “Bostanlik Plastteks”;
Uchqo’rg’on tumanida yiliga 7 ming tanna aralash paxta ipi ishlab chiqaruvchi korxona;
Andijon viloyatida “Bobur” OAJ asosida “Nanyang Home textile Co. Ltd”kompaniyasi bilan hamkorlikda yiligi 10 mln. kv.m. mato va 25 mln.dona mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona;
“Samarqand Evro Aziya” OAJ bazasida 400 ming komplekt yotoq
choyshablari va 1,2 mln. dona tayyor mahsulot korxonasi;
Xorazmda yiliga 25 mln juft paypoq ishlab chiqaruvchi “Qatqal‟a tekstil” OAJ barpo etilishi rejalashtirilgan. Shunday qilib, ishonch bilan aytish mumkinki, istiqbolli to’qimachilik sanoatining kelajagi bundan ham istiqbolliroqdir.

Yüklə 80,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin