5.5-rasm. CENELEK ning tashkiliy tuzilmasi. CENELEK ning asosiy maqsadlari YIU bilan yaqin hamkor-
likda elektrotexnik standartlar to ‘plamini yaratish, shuningdek,
YESS kotibiyati yordamida bu hudud mamlakatlarida tovarlar va
xizmatlarning yagona bozorini ta’minlashdan iborat. CENELEK ga
a ’zo milliy qo‘mitalarning to ‘liq o ‘zaro kelishuvi bilan yaratilgan
standartlarga bu vazifani ta ’minlash uchun muhim vosita sifatida
qaraladi. CENELEK ning asosiy faoliyati a ’zo-mamlakatlar milliy
standartlari va buyumlarning standartlarga muvofiqligini sertifikat
lashtirish tartiblari o‘rtasidagi barcha texnik farqlarni bartaraf etish-
208
ga yo‘naltirilgan. Bunday faoliyat savdoda texnik to ‘siqlarga yo‘l
qo‘ymaslik uchun zarur. Bu ish mahsulotlarning G ‘arbiy Yevropa
darajasida erkin yurishi uchun zarur kafolat deb hisoblanadi.
Nazorat savollari
1. Metrologiya bo‘yicha qanday xalqaro tashkilotlarni bilasiz? 2. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti ISO qachon tashkil topgan? 3. ISO ning faoliyati nimadan iborat? 4. ISA va ISO qanday farqlanadi? 5. ISO ning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 6. ISO 9000 va ISO 14000 seriya standartlaridan nima maqsadlarda foydalanish mumkin? 7. Standartlashtirish bo‘yicha qanday tashkilotlarni bilasiz? 8. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi IEC qachon tashkil topgan? 9. IEC ning faoliyati nimadan iborat? 10. CEN va CENELEK qanday farqlanadi? 11. IEC ning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati qanday? 12. Yevropa davlatlaridagi standartlashtirish tashkilotlari to ‘g‘risida nimalarni bilasiz? 209