Metrologiya, standartlashtirish va sifatni



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   162
1666003133-1

IEC Kengashi
Umumiy
masalalar
Moliyaviy
M ar-
bo‘yicha
qo‘mita
kaziy
rahbariy
byuro
qo‘mita
Faoliyat
qo‘mita-
lari
Elektron
Xavfsizlik
texnika
standartiga
buyumlarini
sertifikat-
muvofiq ser­
iashtirish
tifikatlashtirish
tizimi
tizim i
ISO/IEC
Dasturiy
uyushmali
qo‘mitasi
ISO/IEC
Unifika-
tsiyalash
bo‘yicha
ishchi
guruhi
Mas-
lahat
qo‘mi-
tasi
(ASET)
Mas-
lahat
qo‘mi-
tasi
(ACOS)
Muvo-
fiqlash-
gan
gurah
(EMMMG)
Muvo-
fiqlash-
gan
gurah
(ATMG)
0 ‘lcham-
iarni
muvofiq-
iashtirish
bo ‘yicha
ishclii
gurah
Texnik qo'mitalar
Texnik qo'mitaosti
qo'mitalari
Xalqaro ishchi guruhlar
5.2-rasm. IEC xalqaro tashkilotining tashkiliy tuzilmasi.
Texnik qo' mitalaming nomlari va shuningdek, qo'mitaosti 
tashkilotlari ularning faohyatini to'liq va yetarli darajada tavsiflaydi. 
Masalan, TQ 12 «Radioaloqa», unga radioaloqada texnika xavfsizligi 
va antenna qurilmalari, radiouzatuvchi va radio qabul qiluvchi 
apparaturalar masalalarini ко'rib chiquvchi qo'mitaosti tashkiloti 
kiradi. Masalan, TQ 15 «Elektroizolatsion materiallar», TQ 23 
«Elektroqurilmali buyumlar», TQ 29 «Elektroakustika» va h.k.
Bundan tashqari, TQ guruhiga elektrli tortuvchi qurilmalar 
bo'viclia Xalqaro aralash qo'mita, radioshovqinlar bo'viclia xalqaro 
maxsus qo'mitalar kiradi.
198


Bu tashkilotning standartlashtirish obyektlari quyidagilardan 
iborat:
— elektrotexnika sanoati uchun materiallar (suyuq, qattiq, gaz 
holatida dielektriklar, mis, aluminiy va uning qotishmalari, magnit 
materiallar);
— ishlab chiqarishga m o‘ljallangan elektrotexnik qurilmalar 
(payvandlash apparatlari, dvigatellar, yorug‘lik texnikasi qurilmalari, 
rele, kichik voltli apparatlar, kabel va h.k.);
— elektroenergetik qurilmalar (bug‘ va gidravlik turbinalar, 
elektr uzatish liniyalari, generatorlar, transformatorlar);
— elektronika sanoati buyumlari (integral sxemalar, mikro- 
protsessorlar, bosma platalar va boshqalar);
— xo‘jalik va ishlab chiqarish uchun m o‘ljallangan elektron 
qurilmalar;
— elektr jihozlari;
— yo‘ldoshli aloqa vositalari uchun qurilmalar va terminologiya.
IEC ning tashkiliy tuzilmasi 5.2-rasmda keltirilgan.
5.3. Metrologiya sohasidagi qonunlashtiruvchi 
xalqaro tashkilot
IEC ning yuqori boshqaruv idorasi Kengash, asosiy muvofiq- 
lashtiruvchi idorasi Faoliyat qo‘mitasi hisoblanadi. Faoliyat qo‘mi- 
tasining tarkibiga maslahat guruhlari va yo‘nalish bo‘yicha qo‘mita- 
lar kiradi: yuqori kuchlanishli qurilmalar, radioelektron appara- 
turalar, elektr xo‘jalik asboblarining elektr xavfsizligi masalalari 
bo‘yicha maslahat qo‘mitasi — ACOS; elektronika va aloqa masa­
lalari bo‘yicha maslahat qo‘mitasi — ASET; elektr magnit mosla- 
shuvchanligi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh — EM M MG; 
axborotlashtirish texnikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh — 
ATMG va o ‘lchamlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh.
Doimiy faoliyat yurituvchi guruhlar bo‘lishi yoki zaruriyat 
bo‘lganda ular yaratilishi mumkin.
IEC tashkiloti ISO standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot 
bilan hamkorlikda standartlashtirish, sertifikatlashtirish, sinov
199


laboratoriyalarini akkreditatsiyalash va uslubiy jihatlar bo‘yicha 
ISO/IEC qo‘llanmalari va ISO/IEC direktivalarini ishlab chiqadi.
Qonunlashtiruvchi metrologiya xalqaro tashkiloti (QMXT)
butunjahon hukumatlararo tashkilot hisoblanib, uning asosiy 
vazifasi milliy metrologiya xizmatlari yoki a’zo-davlatlar foyda- 
lanayotgan metrologik qoidalar va nazoratlarni uyg‘unlashtirish 
hisoblanadi. QMXT 1955-yil 12-oktabrda Parijda bo‘lib o ‘tgan 
konvensiyaga muvofiq hukumatlararo organ sifatida tashkillash- 
tirilgan.
QMXT tarkibiga texnik ishlanmalar va ta ’minot sohasida faol 
shug‘ullanuvchi a’zo-davlatlar va QMXT faoliyati ustidan kuzatuv­
chi bo‘lgan muxbir-davlatlar kiradi. QMXT o ‘z faoliyati boshidan 
jahon bo‘yicha metrologik ta ’minot sohasida hududiy m e’yorlar 
va standartlarni ishlab chiqish uchun asosiy tamoyillarni shakllan- 
tiruvchi texnik tuzilmani ishlab chiqdi.
QMXT ikkita asosiy turdagi nashrni amalga oshiradi:
1. Xalqaro tavsiyalar (QMXT T) — o ‘lchash vositalari va quril- 
malarning aniqlangan metrologik tavsiflari va usullarini o‘rnatuvchi, 
ularga muvofiqligini tekshirish uchun qoidalar modeli. QMXTga 
a’zo-davlatlar bu tavsiyalarni qo‘llash imkoniyati darajasini ta’min- 
lashi lozim.
2. Xalqaro hujjatlar (QMXT H) — metrologik xizmatlar ishlarini 
yaxshilash uchun m o‘ljallangan va axborot beruvchi hujjatlar.
QMXTning yuqorida keltirilgan nashrlarini ishlab chiqish bilan 
a ’zo-davlatlardan tarkib topgan texnik qo‘mitalar va qo‘mitaosti 
tashkilotlar shug‘ullanadi. Xalqaro va hududiy institutlarning ishlari 
maslahat asosida yuritiladi.
Talablarda qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish uchun ISO va 
IEC standartlashtirish tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilgan 
bo‘lib, QMXT talablari birgalikda qo‘llanadi.
QMXT faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
— 
QMXTga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o ‘lchash vosita­
larining uslubiy-me’yoriy metrologik tavsiflarining birliligini bel- 
gilash;
200



Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin