Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


-rasm. ISO tashkilotining tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   162
1666003133-1

5.1-rasm. ISO tashkilotining tashkiliy tuzilmasi.
bilan shug‘ullanadi. CASCO ning eng muhim vazifasi milliy va 
hududiy sertifikatlashtirishni qabul qilish va o ‘zaro tan olish hamda 
muvofiqlikni tasdiqlash va sinash sohalarida xalqaro standartlardan 
foydalanishga ko‘maklashishdan iborat.
DEVCO standartlashtirish sohasida rivojlanayotgan mamla- 
katlar takliflarini o ‘rganadi va ushbu sohada bu mamlakatlarga 
ko‘maklashish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi.
COPOLCO iste’molchilar qiziqishlari va standartlashtirish or­
qali ko‘maklashish imkoniyatlarni ta’minlash masalalarini o ‘rganadi 
hamda xalqaro standartlar to ‘g‘risidagi zaruriy m a’lumotlarni ular-
192


ga yetkazish bilan shug‘ullanadi. Bunda u nashr etayotgan «Iste’­
mol mahsulotlarini solishtirish sinovlari», «Iste’molchilar uchun 
mahsulotlar to ‘g‘risida axborotlar», «Iste’mol mahsulotlarini eks­
pluatatsiya qilish tavsiflarini o ‘lchash usullari standartlarini ishlab 
chiqish» va boshqa qo‘llanmalari katta o ‘rin tutadi.
INFCOning vakolatiga axborot xizmatlari, m a’lumotlar bazasi, 
marketing, standartlar va texnik ish tartibi sohasida ISO va tashkilot 
vakillarining faoliyatini muvofiqlashtirish; standartlarni uyg‘un- 
lashtirish va yuqorida bayon etilgan masalalar bo‘yicha siyosatni 
ishlab chiqish borasida ISO Bosh Assambleyasiga murojaat qilish; 
ISO axborot tarmog‘i (ISONET) faoliyatini nazorat qilish va bosh- 
qarish kiradi.
REMCO standart namunalar (etalonlar)ga taalluqli masalalar 
bo‘yicha qo‘llanmalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bundan 
tashqari, REMCO xalqaro metrologiya tashkilotlari, xususan, 
MOZM — xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti bilan 
standart namunalar bo‘yicha ISO ning faoliyatini muvofiqlashti- 
ruvchi bo‘lib hisoblanadi.
Xalqaro standartlarning loyihalarini texnikaviy qo‘mitalar ishlab 
chiqadi. Texnikaviy qo‘mitalar (TQ) muayyan texnika sohasida 
ishlovchi umumtexnik qo‘mitalarga bo‘linadi. TQ doirasida qo‘mi- 
taosti qo‘mitalari (QQ) va ishchi guruhlar (IG) ishlaydi.
ISO ning nizomida yozilishicha, «Tashkilotning vazifasi xalqaro 
tovar almashish va o ‘zaro yordamni yengillashtirish, shuningdek, 
intellektual, ilmiy, texnik va iqtisodiy faoliyat doirasida hamkorlikni 
kengaytirish uchun butun dunyoda standartlashtirishni rivojlan- 
tirishga ko‘maklashishdan iborat».
Xalqaro standartlarni yaratish. ISO ning asosiy faoliyat turi 
xalqaro standartlarni yaratishdan iborat. Shuning uchun bu tashki­
lotning asosiy bo‘limi texnik qo‘mitalardan iborat. Hozirda 187 ta 
texnik qo‘mita mavjud, jami ishchi idoralar: texnik qo‘mitalar, 
kichik qo‘mitalar soni 552 ta, ishchi guruhlar 2100 ta, umumiy 
hisobda esa 2858 ta idora faoliyat ko‘rsatmoqda.
ISO xalqaro standartlari majburiy emas. Har bir mamlakat bu 
standartlarni butunligicha, ayrim bo‘limlarini qabul qilishi yoki 
umuman qo‘llamaslik huquqiga ega.
193


Xalqaro standart mahsulotning har bir turiga tuzilmaydi. Stan­
dartlarni yaratish, agar bu standartlar mamlakatlar o‘rtasida savdoni 
kengaytirish, insonlarning zarur darajada xavfsizligini ta ’minlash, 
sog‘lig‘ini saqlash, atrof-muhitni asrashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 
texnik idoralarning dasturlariga kiritiladi.
ISO da amalda standartlarni yaratish (ishlab chiqish) jarayoni 
texnik idoralar ishida qatnashuvchi barcha mamlakatlarga bu idora- 
larning majlislarida qatnashish, xalqaro standartlarni yaratish to ‘g‘- 
risida taklifni boshqa a’zo-qo‘mitalarga taqdim etish, standartlarning 
loyihalari bo‘yicha o ‘z fikr-mulohazalarini bildirish va ovoz beri- 
shiga imkon yaratadi.
Xalqaro standartlarning loyihalari ishchi guruhlar tomonidan 
ishlab chiqiladi. Bu guruhda har bir ko‘rilayotgan doirada yetakchi 
mamlakatlarning mutaxassislari ishtirok etadi.
ISO ning har bir a ’zo-qo‘mitasi o ‘zining manfaatdorlik dara- 
jasiga ko‘ra, har bir texnik qo‘mita ishida qatnashish maqomini 
aniqlaydi. A ’zolik faol («R» a ’zolar) va kuzatuvchi («O» a ’zolar) 
shaklda bo‘ladi.
Faol a ’zolar o ‘z vakillarini texnik qo‘mitalarning majlislariga 
yuborish, xalqaro standartlarning loyihalarini ishlab chiqish va 
ko‘rib chiqishda qatnashish, ko‘rilayotgan hujjatlar bo‘yicha ovoz 
berishlari shart.
Kuzatuvchi a ’zolar texnik qo‘mitalar barcha ishchi hujjat- 
larining bir nusxasini olish huquqidan foydalanadi va majlislarda 
kuzatuvchilar sifatida qatnashishi mumkin.
«O‘zstandart» agentligi standartlashtirish bo‘yicha milliy idora 
nomidan 1994-yil 1-yanvardan boshlab ISO ning to ‘liq huquqli 
a ’zosi hisoblanadi.
ISO nashrlari. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot 
bir qator materiallarni nashr etadi. Eng avvalo, bu tashkilot harfli 
indeks va raqamli belgi (masalan, ISO 5827)ga ega bo‘lgan xalqaro 
standartlarni chop etadi.
Qator hollarda texnik m a’ruzalar chop etiladi. Bu m a’ruzalarda 
m a’lum mavzu bo‘yicha standartlashtirish ishlarining borishi to‘g‘-
194


risida xabar beriladi yoki, odatda, standartlarga qo‘shiladigan axbo­
rot va m a’lumotlar keltiriladi.
Har yilning fevral oyida xalqaro standartlar Katalogi (ISO 
Catalogue) nashrdan chiqadi. Bu katalogda xalqaro standartlar 
qo‘llanish doiralari va mavzu guruhlari bo‘yicha joylashtiriladi.
ISO standartlaridan tashqari, IEC bilan birgalikda xalqaro 
standartlashtirish doirasida eng dolzarb mavzular bo‘yicha «qo‘l- 
lanma» (Guides) chop etiladi.
ISO bibliografik ko‘rsatkichlarni nashr etadi. Bu ko‘rsatkich- 
larda ISO standartlari va standartlarning loyihalari, shuningdek, 
yagona doiraga tegishli boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari 
ro‘yxati beriladi.
M a’lum doiraga oid ISO standartlarining to ‘liq matni mavzu 
to ‘plamlarida (Hand-books) chop etiladi.
Bu nashrlardan tashqari, o ‘tgan yil uchun (har yili) ISO ishlari 
to ‘g‘risida hisobot va ISO ning Texnik dasturi (yilda ikki marta) 
chop etiladi. Bu dasturda xalqaro standartlar loyihalarining sar- 
lavhasi va ularni ishlab chiqish bosqichlari ko‘rsatiladi. 1985-yilda 
amaldagi xalqaro standartlar Predmetli ko‘rsatkichi chop etildi. 
Bu ko‘rsatkich muhim (KWIC) so‘zlar bo‘yicha tuzilgan. Har 
yili ISO ning tuzilmasi, a’zo-qo‘mitalar va har bir texnik qo‘mi- 
taning faoliyati sohasi (ISO Memento) to ‘g‘risida axborotni o ‘z 
ichiga oluvchi ma’lumotnoma nashr etiladi. ISO ishlari to ‘g‘risidagi 
axborot har oylik axborot bulletenida (ISO Bulletin) aks ettiriladi.
5.2. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC)
Hozirgi vaqtda Xalqaro elektrotexnika komissiyasi elektro­
texnika va radioel ektronikada xalqaro standartlashtirish sohasidagi 
asosiy idora hisoblanadi.
Elektrotexnika sohasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlar 
1881-yilda boshlangan. Elektrotexnikada tushuncha va birliklarni 
birxillashtirish (unifikatsiyalash) uchun 1882-yilda Elektr bo‘yicha 
Birinchi xalqaro kongress tuzildi. 1904-yilda Sent-Luisda (AQSH) 
hukumat vakillarining Elektr bo‘yicha xalqaro kongressi majlisida 
elektr mashinalar atamalari va parametrlarini standartlashtirish
195


masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus idora tuzish zarurligi to‘g‘- 
risida qaror qabul qilindi.
Bunday idora — Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) rasman 
1906-yilda Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida 
tuzildi.
1946-yilda ISO tuzildi va unga IEC o ‘zining moliyaviy va 
tashkiliy masalalarda mustaqilligini saqlagan holda alohida huquqlar 
bilan qo‘shildi.
Bu tashkilotlarning kotibiyatlari hududiy jihatdan Jenevadagi 
bir binoda joylashgan.
ISO va IEC ning faoliyat sohalari aniq chegaralangan: IEC 
elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, priborsozlik sohasida, ISO 
esa qolgan barcha sohalarda standartlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Mamlakatlar o ‘zlarining milliy qo‘mitalari bilan IEC da qatna- 
shadi. Milliy qo‘mitalar sanoatning barcha sohalari manfaatlarini 
ifodalaydi. Ko‘pchilik mamlakatlarda bunday milliy tashkilotlar 
qatnashadi. Bu bilan bir qatorda ba’zi mamlakatlarning IEC da 
qatnashuvchi milliy qo‘mitalari standartlashtirish bo‘yicha milliy 
tashkilotlardan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi (masalan, bunday 
mamlakatlarga Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya va boshqalar 
kiradi).
Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‘mita IEC a’zosidir. Bu mamlakat­
larda jahonda ishlab chiqariluvchi elektr energiyasining 95 % ini 
iste’mol qiluvchi Yer sharining 80 % aholisi yashaydi. Bular, asosan, 
sanoati rivojlangan mamlakatlar, shuningdek, sanoat tarmoqlariga 
ega bo‘lgan, rivojlanib kelayotgan qator mamlakatlardir. IEC ning 
rasmiy tillari ingliz, fransuz va rus tillari hisoblanadi.
IEC ning oliy rahbar idorasi Kengash bo‘lib, bunda mamlakat­
larning barcha milliy qo‘mitalari qatnashadi. Saylanuvchi lavozimli 
shaxslarga prezident (uch yillik muhlatga saylanadi), vitse-prezi- 
dent, g‘aznachi va bosh kotib kiradi.
IEC texnik idoralarining tuzilmasi ISO dagi kabi texnik qo‘mi- 
talar (TQ), kichik qo‘mitalar (KQ) va ishchi guruhlar (IG)dan 
iborat. Umuman, IEC da 80 dan ortiq TQ bor bo‘lib, bularning 
bir qismi xalqaro umumtexnik va tarmoqlararo xarakterdagi stan-
196


dartlarni (masalan, atamalar, grafik tasvirlar, standart kuchlanishlar 
va chastotalar, iqlim sinovlari va boshq.), ikkinchi qismi esa 
mahsulotning muayyan turlari (transformatorlar, elektron texnika 
buyumlari, maishiy radioelektron apparatlar va boshq.) uchun 
standartlarni ishlab chiqadi.
IEC standartlarini yaratish tartibi uning Nizomi, Protsedura 
qoidalari va texnik ishlar bo‘yicha Umumiy direktivalar tomonidan 
belgilanadi. Har 1—1,5 yilda TQ (KQ)lar majlislarda o ‘z ishlarining 
dasturlarini tuzadi (yoki to ‘g‘rilaydi). Har yili IEC dasturiga 
500 gacha va bundan ham ortiq yangi, xalqaro standartlarni yara- 
tishni ko‘zda tutuvchi mavzular kiritiladi. IEC/ISO ishlab chiqqan 
va 1990-yil 1-fevraldan amalga kiritilgan direktivalarga muvofiq, 
amaldagi standartni qayta ko‘rib chiqish yangi mavzuni ishlab 
chiqish kabi qaraladi.
ISO kabi 1972-yilda IEC o ‘z tavsiyanomalarini xalqaro stan­
dartlar deb nomladi.
Hozirgi vaqtda 2 mingdan ortiq xalqaro IEC standartlari yara­
tilgan, bunda IEC standartlari o ‘zlarida mahsulot va mahsulotni 
sinash metodlariga texnik talablarning mavjudligi nuqtayi nazaridan 
ISO standartlariga nisbatan ancha to ‘liq tuzilgan bo‘ladi. Buni, 
bir tomondan, IEC ning faoliyat sohasiga kirgan mahsulotga ta- 
lablarda xavfsizlikka oid talablar asosiy hisoblanishi bilan tushun­
tirish mumkin, boshqa tomondan esa bir necha o ‘n yillar davo­
mida to ‘plangan ish tajribasi standartlashtirish masalalarini ancha 
to ‘liq hal qilishga imkon beradi.
IEC ning asosiy vazifasi elektrotexnikaning turli sohalarida 
xalqaro standartlar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Bu 
ish texnikaviy qo‘mitalar tomonidan bajariladi. Har bir TQ elektro­
texnika va radioelektronikaning aniq sohalari bilan shug‘ullanadi. 
TQ yaratish to ‘g‘risidagi rasmiy qaror va uning faoliyat sohasi 
Kengash tom onidan rasmiylashtiriladi. TQga uning ishlashiga 
ishtirok etish istagi bo‘lgan barcha milliy qo‘mitalar kiradi.
IEC tarkibiga 600 ishchi guruh, 200 ga yaqin TQ va KQlar 
kiradi. TQ, KQ va IG ISO ning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
standartlashtirish sohasida ish olib boradi hamda elektrotexnika 
va radioelektronikaning barcha asosiy masalalarini qamrab olgan.
197



Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin