Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


-rasm. CEN ning tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   162
1666003133-1

5.4-rasm. CEN ning tashkiliy tuzilmasi.
YIU ning 1985-yil 7-maydagi «Texnik uyg‘unlashtirish va 
sertifikatlashtirish sohasida yangicha yondashish to ‘g ‘risida»gi 
qarorida YIU Kengashi quyidagi tamoyillarni tasdiqladi:
— qonunlarni uyg‘unlashtirish 100-moddaga muvofiq direkti- 
valar doirasida xavfsizlikning asosiy talablarini o ‘rnatish bilan chek- 
lanadi. Bu uyushma doirasida ushbu mahsulot uchun erkin savdo 
sharoitlari ta’minlanishi lozimligini anglatadi;
— sanoat buyumlarini standartlashtirish uchun mas’ul idora- 
larga texnologiyaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda 
texnik reglamentlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi. Bunday 
reglamentlarga asosan, uyushma a ’zolari direktivalarda o‘rnatilgan 
umumiy talablarga rioya qilgan holda mahsulot yaratishi va foyda- 
lanishga qo‘yishi mumkin;
206


— bunday texnik reglamentlar majburiy emas, balki ixtiyoriy 
qo‘llaniladigan standartlar bo‘lib qoladi;
— ayni bir vaqtda uyushma m a’muriyatga uyg‘unlashtirilgan 
standartlar (yoki vaqtinchalik milliy standartlar) bo‘yicha tayyor­
langan mahsulotning direktivada o ‘rnatilgan «umumiy talablarga» 
muvofiqligini o‘rnatish vazifasi yuklatiladi. Bu shuni anglatadiki
ishlab chiqaruvchi mahsulotni bu standartlarsiz ishlab chiqarish 
imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, ishlab chiquvchiga o ‘z mahsuloti- 
ning direktivadagi umumiy talablarga muvofiqligini isbotlashiga 
to ‘g‘ri keladi.
O ‘tish davrida, yagona standart qabul qilinguncha eng yaxshi 
milliy standartlardan keng foydalanishga katta ahamiyat beriladi.
Uyushma mamlakatlarining integratsiya jarayonlariga talablarni 
qondiruvchi xalqaro standartlarni qo‘llash ko‘zda tutilgan, agar 
bunday standartlar yo‘q bo‘lsa, Yevropa standartlari (C E N / 
CENELEK standartlari) ishlab chiqiladi. Bunday standartlar kela- 
jakda xalqaro standartlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yevropa standartlariga afzallik beriladi, natijada G ‘arbiy Yev- 
ropada hududiy standartlashtirishni mustahkamlash va rivojlantirish 
mumkin bo‘ladi.
Elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi 
(CENELEK). CENELEK 1972-yilda ikkita tashkilot - YESA 
(CENEL)ga a ’zo-mamlakatlarning elektrotexnik standartlarni 
muvofiqlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi va YlUga a ’zo- 
mamlakatlarning elektrotexnik standartlarini muvofiqlashtirish 
bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (CENELQOM)ning qo‘shilishi nati- 
jasida tuzildi.
CENELEK a ’zolari 17 ta Yevropa davlati: Avstriya, Belgiya, 
Buyuk Britaniya, Gretsiya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Luksem- 
burg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Finlandiya, Fransiya, 
Germaniya, Shveysariya, Shvetsiyaning milliy elektrotexnik qo‘mi- 
talaridan iborat. Bu davlatlar (Luksemburgdan tashqari) bir vaqt- 
ning o ‘zida IEC a ’zosi hisoblanadi. Bu qo‘mitaning tashkiliy tuzil­
masi 5.5-rasmda keltirilgan.
CENELEK ning rasmiy tillari ingliz, fransuz va nemis tili 
hisoblanadi.
207



Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin