Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


-rasm. Jarayonli yondashuvga asoslangan sifat menejmenti



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   162
1666003133-1

4.6-rasm. Jarayonli yondashuvga asoslangan sifat menejmenti
tizimi modeli.
Har bir xodim sifatni ta ’minlash ishida o ‘zining muhimligini 
tushunishi kerak va sifatni yaxshilashda o‘z vazifalariga ega. Xodim- 
larning to ‘liq jalb qilinishi ularning qobiliyatlarini tashkilot uchun 
maksimal foyda olishda qo‘llash imkoniyatini beradi. Jarayonli 
yondashuvga asoslangan sifat menejmenti tizimi modeli 4.6-rasmda 
keltirilgan.
4. Jarayonli yondashuv. Tashkilotning faoliyati va mavjud 
resurslar jarayon tarzida boshqarilganda kutilgan natija samarali 
bo‘ladi.
SMT bazaviy modeli sharoitlarida tashkilot bu tamoyil asosida 
mahsulot va xizmatlarni loyihalash, ishlab chiqarish va yetkazish 
jarayonlarini aniq belgilaydi.
5. Boshqarishga tizimli yondashuv. Tashkilot o ‘z maqsadlariga 
erishishda o ‘zaro bogliq jarayonlarni aniqlashi, tushunishi va 
boshqarishi korxonaning samaradorligi va yuqori tashkiliy-texnik 
darajasiga hissa qo‘shadi.
SMT bazaviy modelini ishlab chiqishda bu tamoyil tashkilot 
mahsulot yoki xizmatlarni yaratish jarayonlari, mahsulot yoki xiz- 
matlarni buyurtmachi ehtiyojlariga muvofiqlikka tekshirish jara­
yonlari bilan birlashtirishga harakat qilayotganligini ta ’kidlaydi.
179


6. Doimiy yaxshilash. Tashkilotning faoliyatini doimiy yax- 
shilashga o ‘zgarmas maqsad deb qaralishi lozim.
Tashkilot SMT faoliyati orqali buyurtmachining kelajakdagi 
ehtiyojlarini samarali qanoatlantirish va joriy qilingan jarayonlarni 
eng yaxshi natijalarga erishishini o ‘z maqsadi deb qaraydi.
7. Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish. Samarali 
qarorlar m a’lumotlar va axborotlarni tahlil etishga asoslanadi.
SMT faoliyatiga tegishli qarorlarni qabul qilish uchun bu 
darajada faktlar va m a’lumotlar qo‘llaniladi. Bunda m a’lumotlar 
manbalari bo‘lib auditlar, to ‘g‘rilovchi amallar, jarayonlar faoliyati, 
buyurtmachilarning shikoyatlari tahlillari natijalari, shuningdek, 
boshqa manbalar xizmat qiladi. Tahlilda qanoatlanganlik darajasi 
va SMT samaradorligini oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘l- 
gan m a’lumotlarga alohida e’tibor beriladi.
8. Yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar. 
Tashkilotlar va ularning yetkazib beruvchilari o‘zaro bog‘liq bo‘ladi 
va o ‘zaro manfaatli munosabatlar ikkala tomonning moddiy boylik 
yaratish imkoniyatlarini oshiradi.
4.6. Ekspert-auditorlar va ularga qo‘yilgan talablar
Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda faol qatna­
shuvchi shaxs — bu ekspert-auditordir. U, odatda, sifat tizimlari, 
ishlab chiqarish va mahsulotni sertifikatlashtirishda, sinov laboratoriya- 
larini akkreditatsiyalashda va boshqa ishlarda qatnashishi mumkin.
Ekspert-auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va 
korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega 
bo‘lgan attestatsiyalangan shaxsga aytiladi.
Ekspert-auditor «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan 
tartibda attestatsiyalangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar 
va boshqa tashkilotlarning vakillari hamda belgilangan hujjatlar 
bilan ishlashda yetarlicha bilimga ega bo‘lgan xususiy shaxs ham 
bo‘lishi mumkin.
180


Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi:
— mahsulot, jarayon, xizmatlar, sifat tizimlari va ishlab chiqa­
rishni sertifikatlashtirish;
— sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning 
tavsiflarini hamda sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqa­
rishning turg‘unligini nazorat qilish;
— sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiyalash idoralari, sinov 
laboratoriyalari (markazlari) va ularning faoliyatini nazorat qilish;
— sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish.
Ekspert-auditor o‘z faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi,
bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, sifat tizimlari 
va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi.
Ekspert-auditorlarga qo‘yiladigan talablar.
Ekspert-auditorlik katta mas’uliyat, obyektivlik bilan olib bori- 
ladigan faoliyat hisoblanadi. Shu sababdan ham ekspert-auditorlar 
davriy ravishda attestatsiyadan o‘tkazilib turiladilar. Tabiiyki, bunda 
ularga muayyan talablar qo‘yiladi.
Ekspert-auditor quyidagi talablarga javob berishi lozim:
— to ‘liq oliy m a’lumotli va sertifikatlashtirish sohasida yetarli 
bilimga ega bo‘lib, faoliyati sertifikatlashtirishning m a’lum turi 
bo‘yicha attestatsiyalangan bo‘lishi kerak;
— oliy o ‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik 
amaliy stajga ega bo‘lishi, shundan kamida 3 yil standartlashtirish, 
metrologiya, sinovlar, sifatni boshqarish va ta ’minlash sohalarida 
ishlagan bo‘lishi kerak.
Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. U quyi­
dagi sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart:
— respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida va 
tartiblari;
— sertifikatlashtirish o ‘tkazish bo‘yicha bilimlar va m e’yoriy 
hujjatlarni tushunish;
— sertifikatlashtirish va akkreditatsiyalash bo‘yicha asosiy ishlar 
mazmuni;
181


— sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha iqtisodiy va hu- 
quqiy asoslar;
— mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va 
akkreditatsiyalash tajribasi;
— standartlashtirish, metrologiya va sifat tizimlarining asoslari;
— tekshiruv o ‘tkazish va sifatni boshqarishning statistik hisob- 
lash usullari.
Ekspert-auditor tahlil qilishi, mantiqiy asoslashi, o‘zining fikrini 
qattiq va asoslangan holda himoya qilishi; ijodiy qobiliyat va murak­
kab vaziyatda to ‘g‘ri qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi; 
haqqoniy, mas’uliyatli, prinsipial ravishda xayrixoh, xushmuomala, 
odobli va o ‘zini tuta bilishlik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi 
lozim. Ekspert-auditor tekshirilayotgan obyektning xodimlari bilan 
aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; m a’lumot uchun 
har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish 
maqsadlari uchun); tizimda amaldagi m e’yoriy-uslubiy hujjatlarni 
takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini berish; sertifikatlashtiriluvchi 
mahsulot, jarayon, xizmatlar, sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‘- 
yicha rejalarni tuzatish yuzasidan o‘z mulohazalarini kiritish huqu- 
qiga egadir.
M ahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspert-auditorga 
tavsiya etiladigan talablar.
Mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspert-auditorlar quyi­
dagi masalalar bo‘yicha bilimga ega bo‘lishlari kerak:
— mahsulotni sertifikatlashtirishning asosiy qonun-qoidalari, 
tartiblari;
— sertifikatlashtiriluvchi mahsulotning xossalari, uning kon- 
struksiyalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, birikma va materiallar;
— sertifikatlashtiriluvchi mahsulotning texnikaviy tavsiflari, 
o ‘lchanuvchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash usullari (o‘lchash va 
nazorat), dastlab qo‘llanilgan standartlardagi belgilangan va texni- 
kaviy shartlar;
— aniq sinovlar va ularning xillari;
182


— ishlanma, attestatsiyalash, sinov va o ‘lchash uslublarining 
qo‘llanishi;
— sinov va o ‘lchash natijalarini qayta ishlash, sinovlar natijalarini 
tahlil qilish, ularning aniqliligini va haqqoniyligini baholash 
usullari;
— mustahkamlik, sifat darajasi, pishiqlik, ishlatishdagi tavsif- 
larni tahlil qilish, talablarni rad qilish va buzilganligini aniqlash;
— sifatning statistik nazorati, uni baholash usullari;
— sinov va o ‘lchash uskunalari, ularni attestatsiyalash, metro­
logik ta ’minlanish;
— ishlab chiqarish texnologiyasi, texnologik imkoniyatlar va 
jihozlanishda ishlash xususiyatlari va vositalari;
— mahsulotni o ‘rash va joylashtirish, belgilash, saqlash, yetka­
zib berish va texnikaviy xizmatga bo‘lgan talablar.
Sifat tizimlari va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo‘yicha 
ekspert-auditorga tavsiya etiladigan talablar.
Sifat tizimlari va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo‘yicha 
ekspert-auditorlar quyidagi masalalar bo‘yicha bilimlarga ega 
bo‘lishlari kerak:
— sifat tizimlari, shu jumladan, ularga oid standartlar;
— mahsulot sifati va mustahkamligini baholash usullari, hisob­
lash, tajriba-statistika, natijalarni qayd etish va ekspertlash;
— tayyor mahsulot sifatining nazorati, asosiy usullarning tur­
larini va texnikaviy vositalarni hamda statistik nazorat usullari;
— marketing bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
— loyihalash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularga talablar;
— moddiy-texnik ta ’minot bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
— xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni kiritishdagi 
nazoratini tashkil qilish;
— ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlash xususiyatlari va texno­
logik jihozlanish vositalari;
— texnologik uskunaning texnikaviy xizmati va uni ta ’mirlash;
— ishlab chiqarishning metrologik ta ’minoti bo‘yicha ishlarni 
tashkil qilish;
183


— tekshirish va sinovlar o ‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
— yuklash, ortish-tushirish, transport va ombor bilan bog‘liq 
bo‘lgan ishlarni o ‘tkazish va ularga bo‘lgan talablar;
— mahsulotni o ‘rash va joylashtirish, belgilash, saqlash, yetka­
zib berish va texnik xizmatiga bo‘lgan talablar;
— sifat tizimlarini iqtisodiy tomondan baholash;
— sifat tizimlarida samarali qatnashuvchi texnik xodimlarning 
ishtirokini tashkil qilish va tayyorlash.
Sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash bo‘yicha ekspert- 
auditor uchun tavsiya etiladigan talablar.
Sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash bo‘yicha ekspert- 
auditor quyidagi masalalar bo‘yicha bilimlarni puxta egallagan 
bo‘lishi kerak:
— sinaluvchi mahsulotning xossalari, ularning konstruksiyalari, 
texnologiyasi, ishlab chiqarilishi, birikma va materiallar tarkibi;
— aniq sinovlar va ularning xillari;
— ishlanma, attestatsiya, sinov va o‘lchash uslublarini qo‘llash;
— sinov va o ‘lchash uskunalari, uning ishlatish va texnikaviy 
xizmati, attestatsiya, o ‘lchash usullari;
— sinovlarning metrologik ta ’minlanishi, qo‘llaniladigan o ‘l- 
chash vositalarini qiyoslash (kalibrlash);
— sinov va o ‘lchash natijalarini qayta ishlash, ularning aniqligi 
va ishonchliligini baholash usullari hamda olingan natijalarni tahlil 
qilish;
— mustahkamlik, sifat darajasiga bo‘ladigan talablarni aniqlash 
usullari, sifatning statistik nazorati, sifat, mustahkamlikni baholash 
usullari, ishlatilishdagi tavsiflar, rad etish va shikastlanganlikning 
tahlili;
— sinov laboratoriyasining malakali xodimlariga nisbatan ta- 
lablar;
— sinov natijalarini rasmiylashtirish qoidalari;
— sinov laboratoriyasining xonalari va undagi sharoitlarga 
talablar;
— xorijdagi o ‘xshash sinovlarning darajasi.
184


Ekspert-auditorlar tayyorlash.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida sifatli mahsulotlar yetkazib 
berish, ularning tashqi bozordagi xaridorbopligini oshirishda 
ekspert-auditorlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Sertifikatlashtirish faoliyatiga qadam qo‘yayotgan korxonalar 
jamoalari ichida sertifikatlashtirish faoliyatida ishlay oladigan, o ‘z 
kasbini sevadigan xodimlar talaygina topiladi. Lekin bu sohada 
ularni o ‘qitish m a’lum o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Yuqorida 
aytilgan talablarga javob beradigan xodimlarni tanlab olish, ularni 
sertifikatlashtirish va laboratoriyani akkreditatsiyalash ishlariga 
tayyorlash katta mas’uliyat talab qiladi.
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni inobatga 
olib, sertifikatlashtirish milliy idorasi «O‘zstandart» agentligi tom o­
nidan ekspert-auditorlar tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib, 
bu sohadagi o ‘qishning tashkiliy tomonlari SMSITIning asosiy 
faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarni tayyor­
lash, odatda, ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlarni olish 
va attestatsiyalash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish.
Malakali o ‘qituvchilar nazariy bilim berishda talabalarni xalqaro 
sertifikatlashtirish sohasidagi, sertifikatlashtirishga tayyorgarlik ko‘- 
rish va o ‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan m a’lumotlar, sertifikatlash- 
tirishda qatnashuvchi tom onlar va ularning vazifalari ham da 
burchlari, laboratoriyalarni akkreditatsiyalash bilan bog‘liq bilimlar, 
sertifikatlashtirish faoliyatida metrologik ta ’minot, sertifikatlash­
tirishning huquqiy m e’yorlari va ularga rioya qilishlikdagi m a’lu­
motlar, mahsulot sifatini yaxshilash va unga ta ’sir ko‘rsatuvchi 
omillar bilan keng va har taraflama tanishtiradi.
Talabalarning nazariy bilimlarini «O‘zstandart» agentligi tomo­
nidan tuzilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari 
yetarli darajada bo‘lsa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining 
ekspert-auditori guvohnomasi beriladi (agar attestatsiyalashdan 
o ‘tmasa rad etiladi).
185


Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha muay­
yan burch va mas’uliyatlarga egalar.
Ekspert-auditorlar tekshiruv rejasi belgilagan doirada faoliyat 
yuritmoqlik; xolislik va tekshiruv natijalarini haqqoniy baholash; 
tekshirishga kerakli hujjatlarning ketma-ketligi va saqlanishini 
ta ’minlash va boshqa shu kabi burchlarga egalar.
Ekspert-auditorlar o ‘z burchlarini vijdonan bajarmasligi, xizmat 
vazifalarini suiiste’mol qilish, shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanish, 
so‘rovchini kamsitish yoki uning tijorat sirlarini oshkor qilish kabi 
xatti-harakatlari uchun qonunan javobgarlar.
Nazorat savollari

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin