Metrologiya, standartlashtirish va sifatni



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   162
1666003133-1

sifat halqasi
tashkil qiladi.
Sifat tizimlarida mahsulot sifatini baholashning uslubiy asos- 
lariga, ayniqsa, mahsulotni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlash- 
tirishga alohida talablar qo‘yiladi, bunda quyidagilar deyarli to ‘liq 
ta’minlanadi:
— mahsulotning iste’moldagi hamma xossalarining kompleks 
tahlili va xolisona baholanishi, xavfsizliligi va ekologikligi namoyon 
bo‘lish imkoniyati;
— keltirilgan baholanishga asoslanib, iste’molchi tomonidan 
mahsulotning ishlatilishdagi va ekologik hamda mahsulot va uning 
sifatini (amaldagi bozor sharoitida) noto‘g‘ri baholanish xavfidan 
ijtimoiy himoya qilishga zamin yaratish.
Mahsulot sifatini boshqarish bu mahsulotni yaratish davrida, 
ekspluatatsiya qilish jarayonida yoki iste’mol qilishda sifat ko‘rsat- 
kichlarini kerakli darajada tutib turish uchun harakatdir.
Sifatni boshqarish — loyihalash va konstruksiyalash bosqichida 
maqbul darajani ta ’minlash, zamonaviy ilmiy-texnik imkoniyatlar 
va xaridor talabiga mos keltirish, so‘ngra ishlab chiqarish jarayonida 
bu sifat ko‘rsatkichlarini real mahsulotda ta’minlab berish demakdir.
175


Foydalanilgan 
dan so‘ng 
utillashtirish
Marketing va 
bozorni o ‘rganish
Mahsulotni 
loyihalash va ishlab 
chiqish
^ 4 i

Ishlab chiqarish 
jarayonlarini 
tayyorlash va 
ishlab chiqish
Ishlab
chiqarish
Nazarot, tekshirish, 
kuzatuv va sinovlarni 
o ‘tkazish
4.5-rasm. Sifat halqasi.
Bu darajaga mahsulot sifatini kompleks boshqarish tizimlarni ishlab 
chiqib va tatbiq etib erishish mumkin.
Davlat standartlashtirish tizimi mahsulot sifatini boshqarishning 
asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.
Sifatni boshqarishning kompleks tizimiga quyidagilar kiradi: 
standartlar — maqsadni belgilovchi, ya’ni mahsulot sifatiga qo‘yilgan 
talablar m e’yorlari; maqsadga erishishni ta ’minlovchi standartlar, 
ya’ni sifatga ta ’sir etuvchi omillarni reglamentlashtirish.
Ehtiyojni oldindan bilish standartlari, mahsulot sifat texnik 
darajasi standartlari savdo assortimenti va sifatni boshqarishning 
hamma bosqichlarida ishtirok etishi kerak.
Loyihalash va tadqiq qilish bosqichida savdo tashkilotlari ishlab 
chiqarish va loyihalash korxonalariga yangi turdagi mahsulotni 
yaratish yoki yangilashga buyurtmalar berishlari kerak. Tajribaviy
176


namunani qabul qilishda savdo xodimlari hal qiluvchi ovozlardan 
birini beradi, chunki yangi mahsulotning iste’mol xossalariga to ‘g‘ri 
baho berishi kerak.
Tayyorlash bosqichida mahsulot attestatsiyadan o ‘tkaziladi. 
Savdo xodimlari Davlat attestatsiya komissiyasiga a ’zo bo‘lib ki- 
rishadi.
Bunda aholi talabi va ehtiyojidan kelib chiqqan holda mahsulot 
sifatiga xolisona baho berish kerak.
Muomala va taqsimot bosqichida savdo xodimlari tovarlarni 
saqlash, tashish, sotish sharoitlarini shunday yaratishlari kerakki, 
unda mahsulot sifatiga zarar yetmasligi lozim.
Bu bosqichda mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qabul 
qilinishi kerak.
Ekspluatatsiya va iste’mol qilish bosqichida tovarlarni to ‘g‘ri 
ekspluatatsiya qilish, ularga xizmat qilish, sifatini tiklash, eskirgan 
mahsulotlarni chiqitga chiqarish jarayonlarini tashkil qilish kerak. 
Savdo bu haqdagi axborotni xaridorlarga yetkazishi lozim.
Yurtimizda mahsulot sifatini boshqarishning yagona davlat 
tizimi mavjuddir.
Uning asosiy maqsadi kam mablag‘ sarf qilgan holda yuqori 
sifatli mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bunday maqsad faqat 
ilm-fan, texnika yutuqlari, ilg‘or tajribani ishlab chiqarishga keng 
va izchil joriy qilish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Yuqoridagi tizim davlat standarti asosida mahsulot ishlab chi- 
qarishga asoslangan.
Mahsulot sifatini boshqarishning yagona davlat tizimi keng 
assortimentli yangi mahsulotni ishlab chiqish va o ‘zlashtirishga 
m o‘ljallangan. Bu tizim Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga 
oshiriladi.
Mahsulot sifatini boshqarishning 

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin