Metrologiya, standartlashtirish va sifatni



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   162
1666003133-1

deklaratsiyalash
yo‘li bilan tas- 
diqlanishi mumkin bo‘ladi.
Sertifikatlashtirishni amalga oshirish qoidasiga asosan ikki 
bosqichda o ‘tkaziladi.
Birinchi bosqich — bir vaqtning o‘zida, zaruriyatga ko‘ra, 
veterinariya va fitosanitariya xulosalari tegishli ravishda davlat vete­
rinariya nazorati va o ‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati 
organlarida rasmiylashtirilgan holda «O‘zstandart» agentligi to- 
monidan akkreditatsiya qilingan davlat sanitariya nazorati organ- 
larida gigiyenik sertifikat rasmiylashtirilishini o ‘z ichiga oladi. 
Bunda tadbirkorlik faoliyati subyekti quyidagilarga haqli:
— 
gigiyenik sertifikatni rasmiylashtirish uchun ariza bilan birga- 
likda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish
167


idoralariga (keyingi o ‘rinlarda sertifikatlashtirish idoralari deb 
ataladi) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish yuzasidan ariza 
berishga;
— 
zarurat bo‘lganda tegishli xulosalar olish uchun veterinariya 
va fitosanitariya nazorati organlariga mustaqil ravishda murojaat 
qilishga.
Ikkinchi bosqich — sertifikatlashtirish idoralari tom onidan 
muvofiqlik sertifikati berishdagi faoliyat.
Bunda akkreditatsiyadan o ‘tgan idoralar sertifikatlashtirish 
faoliyatiga qo‘shimcha ravishda, tadbirkorlik subyektlarining yozma 
arizasiga muvofiq davlat sanitariya nazorati organlarida, davlat 
veterinariya nazorati va o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati 
organlarida, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish davlat organlarida 
sertifikatlashtirishni o ‘tkazish va barcha zarur xulosalarni olish 
yuzasidan agentlik xizmatlari ko‘rsatishga haqlidir.
Bunda namunalar tanlab olinishi, shuningdek, ular to ‘g‘ri tan- 
langanligi va ular tegishli davlat organlariga taqdim etilishi uchun 
sertifikatlash idoralari javobgarlikni o ‘z zimmalariga olishga majbur.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy 
muddati ishlarning murakkabligi darajasi, ko‘p mehnat talab qilishi 
va o ‘ziga xosligiga ko‘ra, barcha zarur hujjatlar taqdim qilingan 
vaqtdan boshlab 10 ish kunidan 1 oygacha qilib belgilanadi.
4.4. Sertifikatlashtirish sxemalari va ularning mohiyati
Sertifikatlashtirish bo‘yicha ISO tarkibidagi qo‘mita tomonidan 
tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon amalga oshiradigan serti­
fikatlashtirishning sakkizta sxemasi berilgan bo‘lib, respublikamizda 
ham aynan shu sxemalar asosida va unga qo‘shimcha bitta, jami 
9 ta sxema tatbiq etilgan.
Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari 
turlarini standartlar talablariga muvofiqligi maxsus tasdiqlangan 
sinov tashkilotlarida sinovdan o ‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlash- 
tirishda sinovga taqdim etilgan namunaning belgilangan talablarga
168


muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu yo‘l o ‘zining soddaligi va unga 
ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo muno- 
sabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
Ikkinchi sxema. Bu sxemada mahsulotning namuna turlari 
maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o ‘tkazilib, so‘ng- 
ra uning sifatini savdo shoxobchalaridan vaqt-vaqti bilan olinadigan 
namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan 
namunalar sifatini baholash bilan birga seriyali chiqayotgan mahsu­
lotning sifatini ham baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi 
uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar 
natijasiga ko‘ra, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi 
aniqlansa, uni baribir savdo shoxobchalaridan chiqarib tashlash 
mumkin bo‘lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha 
qiyinchiliklar tug‘iladi.
Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus 
tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o ‘tkazish, so‘ngra sotuvchi yoki 
iste’molchiga yubormasdan turib vaqt-vaqti bilan namunalarning 
tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqli 
tomoni shuki, mahsulot savdo shoxobchalariga tushmasdan turib, 
sinov nazorati o ‘tkaziladi va standartga nomuvofiqligi aniqlansa
mahsulotning iste’molchiga jo ‘natilishi to ‘xtatiladi.
To‘rtinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 
1—3-sxemalardek sinovdan o ‘tkazishga asoslangan bo‘lib, so‘ngra 
savdo shoxobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namu- 
nalarni tekshirish nazoratini vaqt-vaqti bilan o ‘tkazish orqali 
mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu holda mahsulot ishlab 
chiqarilgan bo‘lib, uning chiqarilishiga m a’lum xarajatlar bo‘lgan- 
dan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi.
Beshinchi sxema. Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiq­
langan sinov tashkilotlarida o ‘tkazish va mahsulot ishlab chiqa­
rishning sifatini baholashga asoslangan bo‘lib, savdo shoxobchasi 
va ishlab chiqarishda namunalar sifati vaqt-vaqti bilan tekshirilib 
nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulot­
ning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada chiqa-
169


riladigan mahsulot sifatining kerakli darajada bo‘lishini ham na­
zorat qiladi. Tabiiyki, korxonadagi mahsulot sifatini ta ’minlashda, 
tizimning baholanishida uning mezonini aniqlash muhim aha- 
miyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlar hamda 
xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko‘p tarqalgan sxemadir.
1—4-sxemalarga qaraganda bu sxema eng murakkab va nisbatan 
qimmatroq sxema bo‘lib, uning afzalligi — iste’molchi mahsulot 
sifat darajasining yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, bu esa 
asosiy mezon hisoblanadi.
Oltinchi sxema faqat korxonadagi mahsulotning sifatini 
ta’minlash bilan tizimning baholanishini o ‘tkazishga m o‘ljallangan. 
Bu usul ayrim vaqtda korxona-tayyorlovchini attestatsiyalash deb 
ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning 
belgilangan sifat darajadagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baho- 
lanadi.
Yettinchi sxema. Mahsulotning har bir tayyorlangan to ‘pidan 
sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarining 
natijalariga ko‘ra to ‘pni ortish uchun qaror qabul qilinishi aniq­
lanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning hajmi 
aniqlanishi lozim, bu esa tayyorlangan to ‘daning katta-kichikligiga 
maqbul bo‘ladigan sifat darajasiga bog‘liq. Qabul qilingan qoidaga 
asosan tanlanm ani to ‘plash vakolatlangan sinov tashkilotlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo‘llanilishi 
statistik usulni qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Sakkizinchi sxema. Har bir tayyorlangan, ayrim buyumning 
standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar o ‘tkazib aniqlashga asos­
langan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqoridagi sxemalarga 
qaraganda ta ’minlovchining mas’uliyati ancha yuqori. Tabiiyki, 
muvaffaqiyatli sinovlardan o ‘tgan buyumlargina sertifikat yoki 
muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yuqori 
va qat’iyroq talablar qo‘yilganda ishlatilishga asoslangan yoki 
mahsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kel- 
masligi iste’molchiga katta iqtisodiy zarar yetkazganida qo‘llaniladi. 
Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaho metallar va qotishmalardan
170


tayyorlanadigan buyumlarga ko‘proq qo‘llanadi. Bundan asosiy 
maqsad qimmatbaho metallarning belgilangan miqdori, tarkibi va 
buyumning tozaligini tekshirishdan iborat.
To‘qqizinchi sxema. Mahsulotlarning deklaratsiyaga muvofiqligi 
sertifikati bo‘lib, mahsulot haqidagi deklaratsiya hujjatlari bilan 
birgalikdagi sertifikatlashtirish tushuniladi.
Buyuk Britaniya instituti tomonidan setrifikatlashtirishning 
yangi xili yaratilib, bu usul faqat ishlab chiqarishdagi texnologik 
jarayonlarning tasdiqlanishi (attestatsiylanishi)ga asoslangan.
Hozirgi paytda adabiyotlar va m a’lumotnomalarda har bir 
sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari tahlil etil­
gan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi 5-sxemadir. 
Bu sxema to ‘liq bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi 
zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan 
turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etadi, standartlarga 
rioya qilishni majburiy talab etadi, iste’molchi va savdo talablarini 
e ’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan qonunlar va m e’yoriy 
hujjatlar asosida o ‘z ishini tashkillashtiradi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o ‘tkazish, korxonadagi 
va savdo shoxobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish 
hamda nazoratni tashkil qilish va shu kabilarni bajarib, uchinchi 
tomon vazifasini bajaradi.
4.5. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
Mahsulot deganda, mehnat faoliyati jarayonining moddiylash- 
tirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq 
ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi hamda muayyan jamoa va 
shaxs ehtiyojlarini qanoatlashtirishga m o‘ljallanadi.
Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli 
yoki tayyorlash jarayoni, ishlash, yetishtirish, ta ’mirlash va shu 
kabilarda bo‘lishi mumkin.
Mahsulot ta ’rifi yana boshqa bir hujjat — ISO 9000 xalqaro 
standartida qisqa holda keltirilgan bo‘lib, 

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin