Protsedura — faoliyatni yoki jarayonni amalga oshirishning o ‘rnatilgan usuli. Kuzatuvchanlik — kuzatilayotganning tarixi, qo‘llanilishi yoki joylashgan o ‘rnini kuzatish imkoni. Muvofiqlik — talabni bajarish. Nomuvofiqlik — talabni bajarmaslik. Sifat bo‘yicha rahbariyat — tashkilot sifat menejmenti tizimini belgilovchi hujjat. Sinash — o ‘rnatilgan protseduraga muvofiq bir yoki bir nechta tafsilotlar (xarakteristikalar)ni aniqlash. Tahlil — ko‘rilayotgan obyektning yaroqliligi, mosligi (aynan bir xilligi), natijaviyligini aniqlash yoki belgilangan maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyat. Audit — audit guvohnomasini olish va auditning kelishilgan mezonlarini bajarish darajasini aniqlash maqsadida ularni beg‘araz baholashning muntazam, mustaqil va hujjatlashtirilgan jarayoni. Audit dasturi — muayyan vaqt davriga rejalashtirilgan va muay yan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bir yoki bir nechta auditlar majmuyi. Kompetentlik (layoqatlilik) — o ‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llay olish qobiliyati. 159
4.3. Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tartibi Sertifikatlashtirish tizimining maqsadi muvofiqlikni sertifikat lashtirishni amalga oshirish uchun tadbirlar, tartiblar va boshqaruv qoidalarini ishlab chiqishdir. Sertifikatlashtirish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: — sertifikatlashtirishda qo‘llaniladigan hujjatlarning yagona tizi mini tashkil qilish; — yagona atama va ta’riflarni ishlab chiqish; — bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning qoida va tartiblarini ishlab chiqish;