binoan faoliyat ko‘rsatuvchi va tizimni boshqarishda m a’lum darajada ishtirok eta oluvchi sertifikatlashtirish qatnashuvchisi. Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi: majburiy va ixtiyoriy. Ishlab chiqarilgan yoki iste’mol etiladigan mahsulot uchun uning tashqi muhit, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Tashqi muhit, inson salomatligi va uning xavfsizligiga to ‘g ‘ridan to ‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar majburiy sertifikatlashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, bunday mahsulotlar ro‘yxati davlat tomonidan tasdiqlanib, bu ro‘yxatga kiritilmagan mahsulotlarning sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir. Majburiy sertifikatlashtirish deganda, sertifikatlashtirish huqu- qiga ega bo‘lgan idora tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi talablarga muvofiq ligini tasdiqlash tushuniladi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda, ishlab chiqaruvchi (baja- ruvchi), sotuvchi (ta’minlovchi) yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o ‘tkaziladigan mahsulot sertifikatlashtirilishi tushuniladi. Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdo, mamla- katlararo iqtisodiy aloqalar, fan va texnikaning rivojlanishi hamda chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o ‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko‘pincha 155
uchinchi tomon deb ataluvchi tashkilot amalga oshiradi. Uchinchi tomon olib boradigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng qo‘llanilib, samarali olib borilmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi