Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


Ishlar (jarayonlar)ga standartlar



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   162
1666003133-1

Ishlar (jarayonlar)ga standartlar
mahsulotni tayyorlash, 
saqlash, tashish, ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va utillashtirish 
texnologik jarayonlarini ishlab chiqishda turli xil ishlarni bajarish 
usullari (qabul qilish, ishlar tartibi, rejim va me’yorlari)ga asosiy 
talablarni o ‘rnatadi.
Yangi mahsulotlarning qisqa vaqtda o ‘zlashtirilishida avtomatik 
loyihalashtirish (SAPR) tizimi standartlari buyumlarni tayyorlash 
texnologik jarayonlarining prinsipial sxemalari bo‘yicha va modulli 
konstruksiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Namunali tex­
nologik jarayonlar ishlarga tipik standart obyektlar b o ‘lib hisob- 
lanadi.
Ishlar (jarayonlar)ga standartlar texnologik jarayonlarni o ‘tka- 
zishdagi tabiatni himoya qilish va aholi sog‘lig‘i hamda hayoti 
uchun xavfsizlik talablaridan tarkib topgan b o ‘lmog‘i lozim. Bun­
day ta’sirlar kimyo viy (tashlanadigan zararli ximikatlar), fizik 
(radiatsiyadan nurlanish), biologik (mikroorganizmlardan zaharla- 
nish) va mexanik ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Mahsulot (xizmat)larning sifatini ta’minlash tizimi doirasida 
boshqarish jarayonlariga standartlar zamonaviy bosqichlarda katta 
ahamiyat kasb etmoqda.
Nazorat usullari (sinash, o ‘lchash, tahlil)ga standartlar
mahsulotni yaratish, sertifikatlashtirish va foydalanishda sinovdan 
o ‘tkazish, o ‘lchash hamda tahlil qilish (usullari, qabul qilish, uslu- 
biyati va boshqa) usullarini o ‘rnatadi. Bunday standartlarga mah- 
sulot (xizmat) sifatiga majburiy talablarni baholash natijalarining 
aynan aslidek, xolisonalik va aniqliklari eng yuqori darajada b o‘lishi 
tegishli b o ‘ladi. Bu shartlarni bajarish aytarli darajada o ‘lchash 
xatoliklari to‘g‘risidagi ma’lumot standartlariga bog‘liq b o ‘ladi.
Tekshirish usullari, qabul qilish va uslublarning turli-tuman- 
ligiga qaramasdan ularni ajratish va umumiy qoidalarini stan- 
dartlashtirish lozim. Bunday standartlarga tekshirish vositasi va 
yordamchi q o ‘ shimcha qurilmalar, tekshirishga tayyorlash va 
o ‘tkazish tartibi, natijalarni qayta ishlash qoidalari va rasmiylash- 
tirish hamda sinovda y o ‘l qo‘yilgan xatoliklar tegishli b o‘ladi.
98


Standartda o ‘tkaziladigan amallar ketma-ketligi aniqlangan 
b o‘lishi va olingan natijalarni qayta ishlash qoidalari, sinov qurilma- 
sining sxemasi, mahsulot to‘pidan olingan namunaning miqdoriy 
tavsifi, joyi va xususiy holati hamda natijalarning aniq va solishtiril- 
gan b o ‘lishiga nisbatan tavsiyalarni beradi.
Masalan, mahsulot (xizmat)larga standartlarda tekshirish 
usullarining bo‘lishi va ular q o‘shilgan aralash standartlar holida 
b o ‘lishi mumkin.
3.4. O ‘zbekiston davlat standartlashtirish tizimi
O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 
28-apreldagi 122-sonli «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat 
menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir q o‘ - 
shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish «O ‘zstandart» agentligi standart­
lashtirish b o ‘yicha milliy idora hisoblanadi (3.2-rasm).
«O ‘zstandart» agentligi tarkibida standartlashtirish va minta­
qaviy siyosat b o ‘yicha boshqarma mavjud. Boshqarma xalqaro, 
mintaqaviy, xorijiydan tortib barcha miqyoslarda ma’lumot bilan 
ta’minlash, me’yoriy hujjatlar Davlat jamg‘armasini tashkil etish 
bilan shug‘ullanadi, me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash va ro‘yxatga 
olishdan avval ekspertizadan o ‘tkazadi, vazirlik, muassasa, tashkilot, 
korxona, birlashmalar bilan «O ‘zstandart» agentligi boshqarmalari, 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish b o ‘yicha 
davlatlararo kengash va Yevrosiyo ittifoqi bilan ish olib boradi.
2001-yildan O ‘zbekiston Respublikasi M illiy etalon markazi 
davlat unitar korxonasi faoliyat ko‘rsata boshladi. «O ‘zstandart» 
agentligi huzurida Shtrixli kodlashtirish markazi, respublika va 
mintaqaviy sifat mahkamalari va boshqalar ishlab turibdi.
Respublikada standartlashtirish b o ‘yicha ishlarni tashkil qilish, 
muvofiqlashtirish va ta’minlash davlat organlari va iqtisodiy soha 
b o ‘yicha korxonalar birlashuvi tomonidan amalga oshiriladi.
99


3.2-rasm. «O ‘zstandart» agentligi markaziy apparatining tuzilmasi.
100


Vazirlik, muassasa, birlashma va korxonalar sohalarda stan­
dartlashtirish b o ‘yicha ishlarni o ‘zlarining vakolati doirasida olib 
boradilar.
O ‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi 
Qonunida ko‘rsatilishicha, O ‘zbekiston Respublikasida standart­
lashtirish b o ‘yicha ishlarni olib borish tashkiliy-texnikaviy qoida­
larini belgilovchi standartlashtirish davlat tizimi (O ‘z SDT) amalda 
qo‘llaniladi.
«Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq respublikada 
standartlashtirish b o ‘yicha ishlarni tashkillashtirish, muvofiqlash- 
tirish va ta’minlashni quyidagi tashkilotlar bajaradi:
— xalq x o ‘jaligi tarmoqlarida — «O ‘zstandart» agentligi;
— qurilish, qurilish sanoati, shu jumladan, loyihalash va kon- 
struksiyalarni tuzish sohasida — Davlat arxitektura va qurilish 
qo‘mitasi;
— tabiiy boyliklardan foydalanishni tartibga solish va atrof- 
muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofazalash — 
Tabiatni muhofaza qilish davlat q o ‘mitasi;
— tibbiyotga m o‘ljallangan mahsulot, tibbiyot texnikasi bu- 
yumlari, dori-darmon vositalari sohasida, shuningdek, respublika 
sanoatida ishlab chiqariladigan va import b o‘yicha yetkazib berila- 
digan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalarning borligini 
aniqlash b o ‘yicha masalalarda — Sog‘liqni saqlash vazirligi;
— davlat va x o ‘jalik boshqaruvi idoralari o ‘zlarining vakolatlari 
doirasida standartlar va texnik shartlar (keyinchalik — standartlar), 
shuningdek, «Standartlashtirish to‘g ‘risida»gi Qonunning q o ‘lla- 
nishi b o ‘yicha yo‘riqnomalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi, 
tasdiqlaydi, chop etadi (3.3-rasm).
«O ‘zstandart» agentligiga qonun bo‘yicha, respublikada stan- 
dartlashtirsh ishlarini olib borish umumiy qoidalarini o ‘rnatish 
bilan bir qatorda manfaatdor tomonlarning davlat va xo‘jalik bosh- 
qaruv idoralari bilan hamkorlik qilish shakllari va metodlarini aniq- 
lash vazifasi ham yuklatilgan.
« Standartlashtirish to ‘g‘risida»gi Qonunda belgilanishicha
standartni tasdiqlagan idoralar standartlarning axborot-tarmoq 
jamg‘armalarini yaratadi va olib boradi, manfaatdor iste’molchilarni
101


O‘ZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH DAVLAT 
TIZIMI (O ‘z SDT)
Standartlar
Tasdiqlash
Standartlar
darajalari
darajalari
turlari
Davlatlararo
standartlar
Uzluksiz ta’lim 
tizimidagi 
O ‘zbekiston 
davlat standartlari
O ‘zbekiston
davlat
standartlari
Tarmoq
standartlari
Rahbariy 
hujjatlar, 
tavsiyano malar
Ma’ muriy-
hududiy
standartlar
Korxona
standartlari
3=>
Yevrosiyo 
Ittifoqining 
Davlatlararo 
Kengashi (EASC)
Vazirlar
Mahkamasi
«O‘zstandart» agentligi 
Davarxitekturaqurilish 
Davtabiatqo‘mita 
Sog‘liqni saqlash 
vazirligi
«O ‘zstandart»
agentligi
Iqtisodiyot
tarmoqlari
«O ‘zstandart»
agentligi
Hokimiyatlar
Iqtisodiyot
tarmoqlari
Korxonalar
Hokimiyatlar
Korxonalar va 
tashkilotlar
Asos b o‘luvchi 
standartlar
Tashkiliy-metodik
standartlar
U mumtexnikaviy 
standartlar
Mahsulotga
(xizmatlarga)
standartlar
Jarayonlarga
standartlar
Tekshirish (sinash, 
o ‘lchash, tahlil) 
metodlariga 
standartlar
3.3-rasm. Standartlar darajalari, ularni tasdiqlash darajalari va O ‘zbekiston 
standartlashtirish davlat tizimi standartlarining turlari.
102


xalqaro (davlatlararo, hududiy) standartlar, O ‘zbekiston Respubli- 
kasining standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, 
shuningdek, standartlashtirish sohasida xalqaro shartnomalar, 
texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborot davlat tasniflagichi, standart­
lashtirish bo‘yicha qoidalar, me’yorlar va tavsiyalar to‘g‘risida axbo- 
rotlar bilan ta’minlaydi. Standartlarni nashr etish va qayta chop 
etishni ularni tasdiqlagan idora bajaradi. «O ‘zstandart» agentligi 
respublikada standartlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muvo- 
fiqlashtirish va ta’ minlash uchun mahsulotni standartlashtirish, 
metrologiya, sinash va sertifikatlashtirish masalalarida davlat bosh- 
qaruv idoralari, tegishli vazirliklar, mahkamalar, uyushmalar, kon- 
sernlar, korxonalar, tashkilotlar, jamoa birlashmalarini jalb etish 
huquqiga ega.
O ‘z SDT (O ‘z DSt 1.0:1998)ning asosiy qoidalarida belgila- 
nishicha, davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari o ‘z vakolatlari doira­
sida va «O ‘zstandart» agentligi bilan kelishilgan holda standart­
lashtirish b o‘yicha ishlarda qatnashadi, O‘z SDT doirasida standart­
lashtirish tarmoq tizimlarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi mumkin.
Iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida stan- 
dartlashtirish b o ‘yicha ishlarni tashkillashtirish, rejalashtirish va 
muvofiqlashtirish uchun tegishli boshqaruv idoralari standart­
lashtirish bo‘linmalarini (xizmatlarini) yaratadi va (yoki) standart­
lashtirish b o ‘yicha tayanch tashkilotlarni tayinlaydi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari davlat va tarmoq standart­
lashtirish dasturlari bo‘yicha standartlashtirish ishlarini olib boradi.
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-oktabrdagi «Standartlash­
tirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikat­
lashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
342-sonli qarorini bajarish maqsadida «O ‘zstandart» o ‘zining 
viloyat boshqarmalarini (SMSHM) tuzib, ularning ishlariga har 
tomonlama ko‘mak ko‘rsatmoqda (3.4-rasm).
«O ‘zstandart» agentligi qoshidagi «Standartlashtirish, metrolo­
giya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» (SMSITI) stan­
dartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida asosiy 
ilmiy-uslubiy baza hisoblanadi. Ushbu institut yuqorida qayd etil- 
gan sohalar bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borishi bilan
103


3.4-rasm. « 0 ‘zstandart» agentligi tashkiliy tuzilmasi. 
104


bir qatorda respublikada ushbu sohalar b o ‘yicha malaka oshirish 
va qayta tayyorlash instituti b o ‘lib hisoblanadi. Shu sohalardagi 
belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun u:
— standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mah­
sulot sifati sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan 
milliy ilmiy baza yaratadi;
— standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsu- 
lot sifati milliy tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy 
asoslarini ishlab chiqadi;
— mahsulotning raqobatdoshligini ta’minlaydigan, atrof-mu- 
hitni ishonchli darajada himoya qilish, inson sog‘lig‘ini saqlash, 
mehnat xavfsizligini ta’minlash, mudofaa qobiliyatini oshirishga 
qaratilgan xalqaro me’yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan 
uyg‘unlashadigan, asos b o ‘luvchi hujjatlar ishlab chiqadi va joriy 
etadi;
— standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki 
uchraydigan muammolarni tadqiq qilish, davlat tilida me’yoriy 
hujjatlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar yaratadi;
— yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;
— standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mah­
sulot sifatining ilmiy masalalari b o ‘yicha xalqaro, milliy va minta- 
qaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
— standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohala­
rida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi;
— sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni 
tayyorlaydi va boshqalar.
Institut tashkil qilinganiga ko‘p vaqt o ‘tmaganiga qaramay, 
shu kunga qadar respublika hayotida muhim ahamiyatga ega 
b o ‘lgan bir qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda. Bu hujjatlarning 
ahamiyati beqiyos bo‘lib, shu sohalardagi ishlarga qo‘yilgan birinchi 
poydevorlardan hisoblanadi.
Standartlashtirish b o ‘yicha bazaviy tashkilotlarni moliyalash- 
tirish tegishli mahsulot turi va xizmati iqtisodiy boshqaruv sohalari 
hisobidan amalga oshiriladi.
Standartlashtirish b o ‘yicha bazaviy tashkilotlarning asosiy 
faoliyati va vazifalari quyidagilardan iborat:
105


— biriktirilgan tashkilot va korxonalarda standartlashtirish b o ‘ - 
yicha muvofiqlashtirish ishlari olib borish hamda texnik yago- 
nalikni ta’minlash;
— biriktirilgan mahsulot, xizmat turi yoki jarayonlar guruhi 
b o ‘yicha o ‘zuvchi va kompleks standartlashtirishni ta’minlaydigan 
asosiy istiqbolli yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
— biriktirilgan mahsulot guruhlarini standartlashtirish, me’yoriy 
hujjatlarni o ‘z vaqtida tayyorlash, joriy etish va qayta ko‘rish b o ‘ - 
yicha takliflar, me’yoriy hujjatlar loyihalarini ekspertlov va tasdiqqa 
tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
— biriktirilgan mahsulot guruhi uchun ko‘rsatkichlarni standart 
yoki boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan me’yorda, O ‘zbe- 
kiston Respublikasining faoliyatidagi qonunchilik me’yorlari, xavf- 
sizlik va ekologiya masalalarini ta’minlaydigan darajada amalga 
oshirish;
— standartlashtirish b o ‘yicha bazaviy tashkilotlarga biriktirilgan 
mahsulotning birinchi namunalari uchun loyihalarni optimallash- 
tirish hamda standartlashtirishning nazariy va amaliy tomonlaridan 
ilmiy-metodik ishlar olib borish;
— ko‘rsatkichlarning me’yorda bo‘lishini ta’ minlash maqsadida 
doimiy va tizimli nazorat olib borish;
— korxona va tashkilotlarga standartlashtirish va sertifikat­
lashtirish b o ‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish va sh.k.
O ‘zbekiston Respublikasida texnik qo‘ mitalar (TQ) mutaxas- 
sislari — davlat va xo‘jalik boshqaruvi manfaatdor idoralari va tadbir- 
korlik subyektlarining vakolatli vakillari, iste’molchilar, kasaba 
uyushmasi tashkilotlari, davlat nazorati idoralari va boshqalarning 
shakllanishi b o ‘lib hisoblanadi. TQ yuqori ilmiy-texnikaviy salo- 
hiyatga ega bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar negizida ta’sis etuvchi- 
lar va «O ‘zstandart» agentligi (Davarxitektqurilish, Davtabiatqo‘m, 
Sog‘liqni saqlash vazirligi) qo‘shma buyrug‘i bilan tuziladi.
Texnik qo‘mitalarning asosiy vazifasi — xalqaro, davlatlararo, 
mintaqaviy, davlat va tarmoq standartlashtirish, metrologiya va ser- 
tifikatlashtirish sohasidagi faoliyatlarni O ‘z DSt 1.0, R M G 01 ga 
muvofiq shartnoma asosida bajarish.
106


0 ‘ zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘ mitalari

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin