Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


Asos bo‘luvchi standartlar



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   162
1666003133-1

Asos bo‘luvchi standartlar
aniqlangan faoliyat sohasi uchun 
umumiy tashkiliy-texnik holatlarni o ‘rnatadi hamda umumtexnik 
talablar, me’yor va qoidalar hamda quyidagilarni ta’minlaydi:
— jamiyat hayoti va sog‘lig‘i uchun mahsulotni yaratish va 
foydalanish jarayonlariga, atrof-muhitni muhofazalash, mahsulot 
xavfsizligi, jarayon va xizmatlarga umumiy talablarni;
— turli faoliyat sohalarida boshqarish jarayonlari aloqadorligini 
(fan, texnik, ishlab chiqarish);
96


— standartlashtirish obyektining bir xil ma’noligi va ma’lu- 
motlarning bir-biriga mosligini tushunishni;
— mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarishni tayyorlash, saqlash, 
tashish, ekspluatatsiya va ta’mirlashning o ‘rnatilgan umumiy 
usullarini.
Asos b o ‘luvchi standartlar aniqlangan tizimlar (komplekslar)ni 
hosil qilish, davlat (davlatlararo, xalqaro) va tarmoq standartlari 
uchun tarkib topgan tarmoqning o ‘ziga xos xususiyatlari bilan 
davlat hisobiga q o ‘shishda qoidalar sifatida yuzaga keladi. Ushbu 
standartlar asosiy (umumiy) qoidalar, tartibi (qoidasi), atama va 
tushunchalar, umumiy talablar yoki me’yorlar, usullar, ruxsat 
etilgan chegaralar, namunaviy texnologik usullardan iborat bo‘ladi.
Mahsulot (xizmat)ga standartlar
bir turdagi mahsulot (xiz- 
mat)lar guruhiga yoki aynan bitta mahsulot (xizmat)ga b o ‘lgan 
talablarni o ‘rnatadi.
Bunday standartlar quyidagilarni o ‘rnatadi:
— mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga har tomon- 
lama talablarni;
— mahsulotning o ‘zaro almashinuvchanligi va unifikatsiyasini 
ta’minlovchi o ‘lchamlar va parametrik qatorlarni;
— mahsulotni tashish va ishlatishda uning tarkibi saqlanuv- 
chanligini ta’minlashni.
Mahsulotga standartlar va texnik shartlarni standart va texnik 
shartlarga, axborot reglamentlariga, konstruktiv, metrologik, ergo- 
nomik, texnologik, ekspluatatsion va chidamliliklariga mosligi va 
mahsulotning barcha hayotiy bosqichlarida yuqori ilmiy-texnik 
darajada ta’minlanishi hamda bularning barchasini o ‘zaro bog‘liq 
holda shakllantirish lozim.
Texnik shartlar aniq bir turdagi mahsulotga ishlab chiqilib, 
standartlar b o ‘yicha (o ‘zaro faoliyat) qat’iy muvofiqligi asosida 
bir turdagi mahsulotlar guruhiga kiruvchi aniq mahsulot ishlab 
chiqilgan b o ‘lishi shart.
Bunday standartlar mahsulotning asosiy parametrlari va (yoki) 
o ‘lchamlari, turlari, markasi, navini aniqlovchi sifat belgilari, 
konstruksiyasi va o ‘lchami, umumiy texnik talablari, tamg‘alanishi, 
qadoqlanishi, tashilishi, saqlanishi, ekspluatatsiyasi, ta’mirlanishi, 
umumiy texnik shartlar, texnik shartlarga aloqador b o ‘ladi.
97



Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin