Metrologiya, standartlashtirish va sifatni



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   162
1666003133-1

qo‘shimcha xatolik
deyiladi.
IV. Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga ko‘ra:
1. Muntazam xatoliklar.
2. Tasodifiy xatoliklar.
3. Q o‘pol xatoliklar yoki yanglishuv.
Muntazam xatolik deb, umumiy xatolikning takroriy o ‘lchash- 
lar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil b o ‘ladigan, 
saqlanadigan yoki o ‘zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
Umumiy xatolikni 2.17-rasmdagi kabi tasvirlash mumkin.
75


Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli-tuman 
b o ‘lib, tahlil va tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki 
butkul bartaraf etish mumkin b o ‘ladi. Muntazam xatoliklarning 
asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:
■ uslubiy xatoliklar;
■ asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar;
■ subyektiv xatoliklar.
O‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi nati- 
jasida uslubiy xatolik kelib chiqadi.
O ‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib 
chiqadigan xatolik 
asbobiy xatolik
deb ataladi. Masalan, asbob 
shkalasining noto‘g‘ri graduirovkalanishi (darajalanishi), q o‘zg‘a- 
luvchan qismning noto‘g‘ri mahkamlanishi va hokazolar.
Subyektiv xatolik — kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan 
xatolikdir.
2.8. Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik xizmat
Metrologik xizmat — davlat idoralari va yuridik shaxslar metro­
logik xizmatlarining tarmoqlari va ularning o ‘lchashlar birliligini 
ta’minlashga y o ‘naltirilgan faoliyat.
O ‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining tashkiliy asosi davlat 
metrologik xizmati va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlaridan 
tashkil topgan O ‘zbekiston Respublikasining metrologik xizmati 
hisoblanadi.
O ‘ zbekiston Respublikasi davlat m etrologik xizm ati.
«O ‘zstandart» agentligi boshqaradigan davlat metrologik xizmatiga 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 
davlat metrologik xizmat idoralari kiradi.
Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi 
va nazoratini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning 
boshqa turlarini ham bajaradi.
Davlat metrologik xizmatiga «O ‘zstandart» agentligi rahbarlik 
qiladi.
76


«O ‘zstandart» agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quyi- 
dagilar kiradi:
— metrologiya sohasida, metrologik faoliyatni hududlararo va 
tarmoqlararo muvofiqlashtirishda yagona davlat siyosatini amalga 
oshirish;
— milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va asrash qoida­
larini o ‘rnatish va ularning xalqaro darajada taqqoslanishini ta’min- 
lash;
— o ‘lchashlar vositalari, metodlari va natijalariga umumiy 
metrologik talablarni belgilash;
— davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
— metrologik masalalar b o ‘yicha me’yoriy hujjatlar, shu jum- 
ladan, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida majburiy 
kuchga ega bo‘lgan hujjatlarni boshqa davlat boshqaruv idoralari 
bilan birgalikda qabul qilish;
— metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni 
tayyorlash;
— O ‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasida xalqaro 
shartnomalariga rioya qilinishini tekshirish;
— xalqaro tashkilotlarning metrologiya masalalari b o ‘yicha 
faoliyatida qatnashish;
— O ‘zbekiston o ‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O ‘z 
O‘BTT)ning ishi va rivojlanishi, xalqaro o ‘lchashlar tizimi va boshqa 
mamlakatlarning o ‘lchashlar tizimlari bilan uyg‘unlashtirishni 
ta’minlash;
— iste’molchilarning huquqlari, insonlarning sog‘lig‘i va xavfsiz- 
ligi, atrof-muhit va davlat manfaatlarini o ‘lchashlarning ishonchsiz 
natijalari salbiy ta’sirlaridan himoya qilish b o ‘yicha tadbirlarni 
amalga oshirish.
«O ‘zstandart» agentligi to‘g‘risidagi Nizom O ‘zbekiston Res­
publikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan. Unga ko‘ra Davlat metrologik xizmatiga 
quyidagilar kiradi:
— Milliy etalonlar markazi;
— Metrologik xizmat Bosh markazi;
77


— Standart namunalar Bosh markazi;
— Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy- 
tadqiqot instituti (SMS ITI) Malaka oshirish markazi (M OM ) 
bilan birga;
— sinash va sertifikatlashtirish hududiy markazlari (SSM)ning 
metrologik laboratoriyalari;
— standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB);
— Axborot-ma’lumotnoma markazi.
Milliy etalonlar markazi O ‘zbekiston Respublikasi etalon zaxi- 
rasini rivojlantirish va mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining 
davlat etalonlarini yaratish, saqlash va q o ‘llanish b o ‘yicha ishlarni 
olib boradi.
Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga 
yuklatilgan b o ‘lib, o ‘lchashlar birliligini ta’ minlash ilmiy-metodik, 
texnik-iqtisodiy, tashkiliy, me’yoriy asoslarini yaratadi, metrologiya 
sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish ishlarini bajaradi.
Standart namunalar Bosh markazi, uning vazifalari ham SMS 
ITI ga yuklatilgan, moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining 
standart namunalari davlat xizmatiga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, 
yuridik shaxslarning standart namunalarini chiqarish va q o ‘llanish 
tartibi b o ‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, mamlakatimizda 
chiqariladigan davlat standart namunalarini ekspertiza qilish va 
attestatsiyalashni amalga oshiradi.
Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish b o ‘yicha Markaz hududiy 
SSM ning metrologik laboratoriyalari, hududiy SMB o ‘lchashlar 
birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, davlat 
metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohada metrologik 
tekshiruv va nazoratni O‘z DSt 8.002:2002 «O ‘z O ‘DT. Metrologik 
tekshiruv va nazorat. Asosiy nizomlar» b o ‘yicha o ‘tkazadi.
Axborot-ma’lumotnoma markazi me’yoriy hujjatlar jamg‘ar- 
masini saqlaydi va O ‘z O ‘ BTT qatnashchilarini axborotlar bilan 
ta’minlaydi.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati — o ‘lchashlar birliligini
ta’minlash b o ‘ yicha ishlarni bajaruvchi va ushbu korxonada
78


2.18-rasm. Metrologik ta’minotni tashkillashtirish.
(tashkilotda) metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi 
metrologik xizmat.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati o ‘lchashlar birliligini 
ta’ minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologik tekshiruvni 
o ‘tkazish zarur b o ‘lgan hollarda tashkil etiladi.
Bunda bosh, tayanch metrologik xizmatlar tadbirkorlik sub- 
yektlarida o ‘z faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda 
davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari tomonidan tashkil etiladi.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarining huquqlari va 
majburiyatlari davlat metrologik xizmati idoralari bilan kelishilgan 
nizomlarda belgilanadi. Yuridik shaxslarning metrologik xizmati 
Namunaviy nizomi O ‘z RH 51-011-93 «O ‘z O ‘DT. O ‘zbekiston 
Respublikasida yuridik shaxsning metrologik xizmati to‘g‘risida 
namunaviy nizom»da keltirilgan.
Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik xizmatlarning asosiy 
vazifasi ishlab chiqarishni metrologik ta’ minlash bo‘lib hisoblanadi.
2.18-rasmda mahsulot hayotiy siklining bosqichlarida metrolo­
gik ta’minotni tashkillashtirish yanada qulay ko‘rinishda keltirilgan.
79


Mahsulot ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash jarayonida 
talab qilingan sifat ko‘rsatkichlariga har bir texnologik jarayon- 
larning nazoratini o ‘lchashlarni bajarish yordamida erishiladi. Bu 
bosqichda o ‘lchash vositalari va usullari aniqlanib hamda o ‘lchash 
nazorati va o ‘lchash jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar 
bajariladi, o ‘lchashlarni bajarish uslubiyati ishlab chiqiladi va 
attestatsiyalanadi, agarda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi nazarda 
tutilgan bo‘lsa, texnologik jarayonlar va texnikaviy hujjatlar metro­
logik ekspertizadan o ‘tkaziladi.
O ‘lchash axborotiga nafaqat miqdor b o ‘yicha, balki sifat b o ‘ - 
yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga o ‘lchashning aniqligi, ishonch- 
liligi, tannarxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasi asosida metrologik ta’minot 
yotadi. 

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin