Metrologiya, standartlashtirish va sifatni



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   162
1666003133-1

o ‘lchash diapazoni
deyiladi.
Texnik asboblarda, odatda, o ‘lchash diapazoni bilan ko‘rsa- 
tuvlar diapazoni mos keladi. O ‘lchash diapazonining eng kichik 
va eng katta qiymatlari 
o ‘lchash chegarasi
deyiladi.
Masalan, statsionar o ‘lchash kuchlanish transformatorlarining 
o ‘lchash diapazoni 
0,8. U1n
dan 
1,2-Uln
gacha bo‘lib 
(Uln
— transfor- 
mator kirishidagi nominal kuchlanish), kuchlanishning 
0,8

Uln
dan 
kichik va 1,2. 
Uln
dan yuqori kuchlanishlari uchun xatoliklar 
me ’yorlanmaydi.
Dinamik metrologik xarakteristikalari — o ‘lchash vositalarining 
inersion xususiyatlarini aks ettiradi va o ‘lchash vositasida chiqish 
signali bilan vaqt bo‘yicha o ‘zgaradigan kattaliklarning o ‘zaro bog‘- 
liqligidan aniqlanadi. Vaqt b o ‘yicha o ‘zgaruvchan kattaliklar — 
kirish signalining parametrlari, tashqi ta’sir etuvchi kattaliklar va 
boshqalar. O ‘lchash vositalarining dinamik xususiyatlarini to‘la ifoda- 
lash maqsadida ularni to‘la va xususiy dinamik tavsiflarga b o‘lamiz.
72


T o‘la dinamik xususiyat — o ‘lchash vositasining kirishidagi 
istalgan informativ yoki noinformativ parametrlari X(t) va chiqish 
signallarining Y(t) o ‘zgarishidan aniqlanadi.
T o‘la dinamik xususiyatlarga quyidagilar kiradi: o ‘tish tavsifi, 
impulsli o ‘tish tavsifi, amplituda-faza tavsifi, amplituda-chastotali 
va faza-chastotali tavsiflar majmuyi, uzatish funksiyasi.
Xususiy dinamik xususiyat — o ‘lchash vositasining dinamik 
xususiyatlarini to‘la aks ettirmaydi. Analogli o ‘lchash vositalarining 
xususiy dinamik tavsiflariga istalgan funksional yoki to‘la dinamik 
xususiyatlarning parametrlari kiradi. Bunday xususiyatlarga quyi­
dagilar kiradi: o ‘lchash vositasining ta’sirlanish vaqti (asbob 
ko‘rsatishining to‘xtash vaqti), dempfirlash koeffitsiyenti, xususiy 
rezonans chastotasining qiymati, amplituda-chastotali tavsifning 
rezonans chastotasidagi qiymati.
2.7. O ‘lchash xatoliklari va ularning sinflanishi
O ‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda 
namoyon bo‘lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni 
kiritishimiz mumkin:
— o ‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki soz- 
lash darajasining siljishidan kelib chiquvchi sabablar;
— o ‘lchash obyektini o ‘lchash joyiga o ‘rnatishdan kelib chi- 
quvchi sabablar;
— o ‘lchash vositalarining zanjirida o ‘lchash ma’lumotini olish, 
saqlash, o ‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar;
— o ‘lchash vositasi va obyektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat 
yoki bosimning o ‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, 
turli tebranishlar va hokazolar)dan kelib chiquvchi sabablar;
— o ‘lchash obyektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
— operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu 
kabilar.
O ‘lchash xatoliklarining kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda, 
eng avvalo, o ‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarni aniqlash 
lozim bo‘ladi.
73


O ‘lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko‘ra quyidagi 
turlarga b o ‘linadi:
I. O ‘lchash xatoliklari ifodalanishiga ko‘ra.
1. Absolut (mutlaq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birlik- 
larda ifodalanayotgan b o ‘lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan,
0,2 V; 1,5 mm va h.k. Mutlaq xatolik quyidagicha aniqlanadi:
Д = A - Ah @ 4 - Л , 
(2.20)
bunda: 

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin