Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


KAO‘ — analog o ‘zgartkich;  ARO‘



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   162
1666003133-1

KAO‘
— analog o ‘zgartkich; 
ARO‘
— analog-raqamli o ‘zgartkich; 
RQQ
— raqamli qayd etish qurilmasi.
«X» analog signali kirishdagi analog o ‘zgartkich 
KAO ‘
da keyingi 
o ‘zgartirish uchun qulay shaklga o ‘zgartiriladi, so‘ngra analog- 
raqamli o ‘zgartkich 
(ARO*)
yordamida diskretlashtiriladi va kod- 
lanadi. Va nihoyat, raqamli qayd etish qurilmasi 
RQQ
o ‘lchana- 
yotgan kattalik bo‘yicha kodlangan ma’lumotni raqamli qaydnoma 
tarzida, operatorga qulay shaklda ko‘rsatadi. Tavsiya etiladigan 
ma’lumotning qulayligi va aniqligi sababli raqamli o ‘lchash asboblari 
ilmiy-tekshirish laboratoriyalaridan keng o ‘rin olgan.
Raqamli o ‘lchash asboblari analog o ‘lchash asboblariga nisbatan 
quyidagi afzalliklarga egadir: yuqori aniqlik; keng ish diapazoni
tezkorlik; o ‘lchash natijalarining qulay tarzda tavsiya etilishi; avto- 
matlashtirilgan tarmoqlarga ulash mumkinligi; o ‘lchash jarayonini 
avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi va hokazolar.
Lekin raqamli o ‘lchash asboblarining ham muayyan kamchi- 
liklari mavjud: murakkabligi; tannarxining balandligi; nisbatan 
ishonchliligi pastroq.
Lekin integral sxemalarning tezkor rivoji natijasida yuqoridagi 
kamchiliklar tobora chekinib bormoqda.
Raqamli o ‘lchash asbobining asosi 
A R O ‘
hisoblanadi. Unda 
ma’lumot diskretlashtiriladi, so‘ ngra kvantlanib kodlanadi. Diskret- 
lashtirish — muayyan (juda qisqa) diskret vaqt oralig‘ida qaydnoma- 
larni olishdir. Odatda, diskretlash qadamini doimiy qilishga harakat 
qilinadi. Kvantlash esa X(t) kattaligining uzluksiz qiymatlarini 
Xn
diskret qiymatlarning to‘plami bilan almashtirish hisoblanadi. 
Kattalikning uzluksiz qiymatlari muayyan tartiblar asosida kvant- 
lash darajalarining qiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish 
esa muayyan ketma-ketlikda ifodalangan sonli qiymatlarni tavsiya 
etishdan iborat.
67


Diskretlashtirish va kvantlash raqamli o ‘lchash asbobining asosiy 
xatolik manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, kvantlash daraja- 
larining soni ham o ‘ziga yarasha xatoliklar kiritadi.
Suyuq kristalli indikatorlarning tezkor rivoji raqamli o ‘lchash 
asboblarining ixchamlashuviga, energiya sarfining kamayishiga 
zamin yaratmoqda.
O ‘ziyozar asboblar. O ‘lchanayotgan kattaliklar (tok, kuchla­
nish, quvvat va boshqalar)ni uzoq vaqt davomida yozish uchun 
qayd qiluvchi (o ‘ziyozar) asboblardan foydalaniladi.
O ‘ziyozar asboblar ko‘rsatkichlarni yozish uchun maxsus 
qurilma va (ko‘pchilik holatlarda ferrodinamik) tizimlardan iborat 
o ‘lchash mexanizmi mavjud. Asbobning yozuvchi qismi 2.15-rasm- 
da ko‘rsatilgan.
Qog‘ozli tasma rulon 

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin