Metrologiya, standartlashtirish va sifatni



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   162
1666003133-1

1
va 
2
hamda bu 
toklarning haqiqiy qiymati ko‘paytmasi o ‘zaro proporsional ta’siri 
natijasida o ‘qni aylantiruvchi moment hosil b o ‘ladi. O ‘qqa bog‘ - 
langan prujina tenglashtiruvchi moment hosil qiladi va bu tenglik 
natijasida strelka harakatdan to‘xtaydi.
Elektrodinamik asboblar o ‘zgaruvchan va o ‘zgarmas tok zan- 
jirlarida tok va kuchlanishning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun 
eng aniq asboblardan b o ‘lib hisoblanadi. G ‘altak o ‘ramini ketma- 
ket ulashda strelkaning aylanish burchagi o ‘lchanayotgan katta­
likning kvadratiga proporsional b o‘ladi. O ‘ramlarni bunday holatda 
ulash tok kuchi va kuchlanishini o ‘lchash uchun (ampermetrlar 
va volmetrlar) qo‘llaniladi.
Elektrodinamik o ‘lchash mexanizmlaridan quvvatni o ‘lchash 
(vattmetrlar) uchun ham foydalaniladi. Bunda o ‘lchanayotgan zan- 
jirdagi proporsional kuchlanish harakatlanmaydigan g ‘altak orqali 
tok o ‘tkazib, proporsional tok keyin harakatlanuvchi orqali o ‘tka- 
ziladi.
Asbobning ko‘rsatkichi elektr quvvatining qiymatiga aktiv va 
reaktiv proporsionaldir. Bunday asboblarning shkalasi notekis 
(kvadratik) xarakterga ega b o ‘ladi. Elektrodinamik o ‘lchash mexa- 
nizmlari ampermetr va voltmetrlar sifatida kam ishlatiladi. Ular, 
asosan, quvvatni o ‘lchash uchun vattmetr va logometrik mexanizm 
prinsipida yasalganida fazometr va chastotomer sifatida ishlatiladi.
62


2.11-rasm. Elektrodinamik o ‘lchash asbobi:
1, 2
— harakatlanmaydigan va harakatlanadigan g‘altak; 
3
— o ‘q;
4
— prujina; 
5
— strelka; 
6
— shkala.
Bu asboblarning quyidagi afzalliklari bor: ham o ‘zgaruvchan, 
ham o ‘zgarmas tok zanjirlarida ishlatiladi; yuqori darajadagi aniq- 
likka ega; elektr quvvati sarfini hisoblashda qo‘llanilishi mumkin; 
bir vaqtning o ‘zida ikkita kattalikni tekshirish mumkin.
Shuningdek, ayrim kamchiliklarga ham ega: xususiy energiya 
sarfi katta; tashqi temperaturaga bog‘liqligi kuchli; bevosita katta 
qiymatlarni o ‘lchay olmaydi.
Elektrostatik o ‘lchash asboblari. Elektrostatik o ‘lchash asbob- 
larining ishlash prinsipi turli xil elektr zaryadlarini tutib turuvchi 
elektrodlarning mexanik o ‘zaro ta’siriga asoslangan. Elektrostatik 
asboblarda o ‘lchanadigan kattalik elektrostatik o ‘lchash mexanizmi 
aniqlayotgan doimiy tok yoki o ‘zgaruvchan kuchlanishga o ‘zgar- 
tiriladi (2.12-rasm).
O ‘lchanayotgan kuchlanish strelka bilan biriktirilgan o ‘ qqa 
mahkamlangan harakatlanadigan elektrod va undan izolatsiyalan- 
gan harakatlanadigan elektrodga kiritiladi. Elektrodlarda hosil bo‘la- 
digan zaryadlar ta’sirlanishi natijasida o ‘qqa qo‘yilgan kuchlanish 
kvadratiga proporsional aylantiruvchi moment paydo b o ‘ladi.

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin