joriy etish bo‘yicha asosiy tashkiliy-texnik tadbirlar rejasining loyi hasi (keyinchalik — asosiy tadbirlar rejasining loyihasi) ishlab chiqiladi. Standart loyihasi tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi bilan nusxasi ko‘paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi ro‘yxat bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi: — buyurtmachi-tashkilot (asosiy iste’molchi)ga yoki standart ning loyihasini kelishish bo‘yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga; — standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o ‘rnatilgan bo‘lsa, davlat nazorati idoralari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Atrof- muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga; 110
— mahsulotning biriktirilgan turlari bo‘yicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga; — standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta’minlovchi tashki- lotlar va korxonalarga. Korxona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko‘rib chiqib, o ‘z fikr-mulohazalarini yozadi va standartni ishlab chiquv- chiga, standart loyihasini olgan kundan boshlab 15 kundan kechik- tirmay jo ‘natadi. 3-bosqich. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot olingan fikr- mulohazalar asosida fikr-mulohazalar to ‘g‘risida ma’lumot tuzadi. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tash kilotlar fikr-mulohazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahri- rini ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi. Ishlab chiquvchi-tashkilot va boshqa manfaatdor tashkilotlar o ‘rtasida standart loyihasi bo‘yicha kelishmovchilik mavjud bo‘lsa, ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘-