ilmiy-texnikaviy darajasini baholash natijalari va uning jahon dara- jasidagi talablarga muvofiqligi; qanday xorijiy o ‘xshash standartlarga moslanganligi va ular to ‘g‘risidagi m a’lumotlar keltiriladi. «Standartni joriy etishdan olinadigan texnik-iqtisodiy samara- dorlik» bo‘limida standartlashtirish obyektining iqtisodiy afzalliklari, tejash (tejamni olish) asosiy manbalari hamda uning moddiy va pul hisobidagi qiymati yoki ijtimoiy samarasi keltiriladi. «Joriy etish, standartni amalga kiritish (amal muddati) va standartni tekshirish» bo‘limida quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) standartni amalga kiritish sanasini asosiy tadbirlar rejasini bajarishga vaqtni hisobga olgan holda asoslash; 2) standartning amal qilish muddatini cheklamasdan tasdiq- lashni asoslash yoki standartning amal qilinishini cheklash m o‘ljal- langan muddatini asoslash, shuningdek, standartni birinchi tekshi- rish va navbatdagi tekshirishlar muddatini asoslash. «Fikr-mulohazalar uchun jo ‘natilganligi to ‘g ‘risida m a’lu motlar» bo‘limida quyidagilar keltiriladi: 1) standart loyihasi fikr olish uchun jo ‘natilgan tashkilotlar (korxonalar) soni; 2) fikrlarini yuborgan tashkilotlar, korxonalar soni; 3) fikrlarni ko‘rib chiqish natijalari (jamlangan fikrlar). Tarmoq standartlarini ishlab chiqish tartibi. Tarmoq standartlari O‘z DSt 1.9:1995 «O‘z SDT. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o ‘tkazish tartibi» talablariga muvofiq TQ, STT va boshqa vakolatli korxonalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi. Tarmoq standartlari tarmoq ahamiyatidagi mahsulot, ishlar va xizmatlarga nisbatan ishlab chiqiladi. Zarur bo‘lganda tashkiliy- metodik va umumtexnikaviy tarmoq standartlari ishlab chiqiladi.