Shunday qilib, bosh miya po‘stlog‘ining hujayralari, asosan, to’rtta ritm hosil
qilar ekan. Bu ritmlarning paydo bo’lishi jinsga bog’liq emas, ya’ni erkaklar bilan
xotin-qizlarning bosh miya po‘stlog‘i ritmlari bir- biridan farq qilmaydi.
Elektroensefalogrammaning ko’rinishi bo'yning
baland-pastliligiga, gavdaning
vazniga, shaxsning tabiati yoki temperamentiga qarab o‘zgarmaydi. Bu usul mutlaqo
zararsiz bo‘lib, bemor har qanday ahvolda bo‘lgan paytlarda ham yozib olinaversa
bo‘ladi. Lekin elektroensefalografiya — nevrologik
tekshiruvdan keyingina
yozilishi kerak. Ya’ni elektroensefalografiya (EEG)ni yozishga kirishishdan oldin
klinik maqsad qo‘yilmog‘i lozim. Elektroensefalografiya (EEG)ning klinik
ahamiyati katta. Uning yordamida bosh miyaning zararlanganligi to‘g‘risida
obyektiv ma’lumotlar olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: