2-mavzu. Biopotensiallarni qayd qilish. Biopotensiallarni yozib olish usullari


Elektroensefalografiya (EEG) yordamida quyidagi masalalar hal qilinadi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix14.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#179452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-lecture

Elektroensefalografiya (EEG) yordamida quyidagi masalalar hal qilinadi: 
1.
Bosh miyaga diffuz tarqalgan jarayondan (yallig‘lanish) uning ma’lum 
qismlaridajoylashgan jarayonlarni (o'sma, absess, gematoma) ajratib olish. 
2.
Bosh miya yarimsharlarida joylashgan jarayonni miyachada joylashgan 
jarayondan ajratib olish. 
3.
Bosh miyaning zararlangan (o‘ng yoki chap) yarimsharini aniqlab olish. 
4.
Bosh miyaning ichkarisida joylashgan jarayonni uning yuzasida joylashgan 
jaryondan ajratib olish. 
5.
Bosh miyaning umumiy simptomlari qay darajada ekanini aniqlash. 
6.
Bosh miyada epileptogen sohani topish. 
7.
Qo’llanilayotgan turli tadbirlarning davolash ta’sirini obyektiv nazorat qilish. 
Shunday qilib, asab kasalliklari klinikasida elektroensefalografiya (EEG) usulini 
qo’llash har xil kasalliklarda, ayniqsa, bosh miya o‘smasini va tutqanoqni barvaqt 
aniqlab, tashxis qo‘yishda, shuningdek, harbiy tibbiy ekspertiza masalalarini hal 
qilishda katta ahamiyatga ega. Tutqanoq vaqtida alfa va teta diapazonlarida o‘tkir 
cho‘qqili pik to‘lqinlar bo‘ladi. 
 
 


3.1. Bolalarda elektroensefalografiya 
Bolalarda bu usul o‘ziga xos natijalar bilan namoyon bo'ladi. Sog‘lom bolalarda 
elektroensefalografiya usulini o‘tkazganda doimiy ritmik faollikda kechadi. Ba’zi 
bolalarda sekin tipda kechuvchi biopotensiallar ustunlik qiladi va qisqa muddatli teta 
to‘lqin (5—6 to‘lqin/sekund), alfa ritm chastotali tofiqinlar (8—13 toiqin/sekund) 
va beta to‘lqin (18—20 to‘lqin/sekund). Bu ritmik biopotensiallar bolalaming 
tug‘ilgandan boshlab miyaning hamma qismlarida paydo bo‘la boshlaydi. EEG ning 
aniq ko'rinishlari tug‘ilgandan birinchi kundan chuqur uyqu vaqtida ham, 
uyg‘oqlikda ham aniqlanadi. Bunday holatda bola uyg‘oq vaqtida past amplitudali 
to‘lqinlar xarakterli bo’ladi. Uyqu vaqtida esa sekin tipdagi to’lqinlar ko‘payadi. 
Bolalarda hayotining ilk soatlaridayoq tashqi muhitga, har xil ovozlarga nisbatan 
javob potensiallari paydo bo’ladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, ba’zi bir bolalarda 
hayotining ilk soatlarida yuqori sinxronlashgan faollikdagi o’choqlar (4 
to‘lqin/sekund) va juda yuqori daraja faollikdagi o’choqlar aniqlanadi. Bola 
hayotining 3—5 kunlarida takroran tekshirilganda elektroensefalogrammada 
yuqoridagi kabi o‘zgarishlar uchramaydi. Bu shuni ko‘rsatadiki, tug‘ruq vaqtidagi 
funksional o‘zgarishlar bo’lishiga tug‘ruqdagi stress holatlarning ta’sir qilishi 
natijasida paydo bo’lgan. Bolalarda 2—3 oylarida 1—3 to’lqin/sekundli, 4—7 
to’lqin/sekundli va 8—12 to’lqin/ sekundli to’lqinlar qayd qilinadi. Lekin ko‘pincha 
0,5—3 to’lqin/sekund ustunlik qiladi. Bu vaqtdagi sekin tipdagi to’lqinlarga ba’zi 
hollarda tez tipdagi to‘lqinlar qo’shiladi (13—15—19 to’lqin/sekund). 4—6 oylarga 
kelib teta to‘lqin oshib ketadi. Alfa ritm 4 yoshli bolalarda uchraydi, yaqqol alfa ritm 
miyaning chakka-ensa sohasida, 4—5 yoshida paydo boMadi va 7— 8 yoshning 
oxirlarigacha saqlanadi. 


Foydalanilgan adabiyotlar. 
1.
“Umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlashda zamonaviy yondosh” Ahmedov 
R. М., Sharipova N. J. — Toshkent, 2018. 
2.
“Biofizika” Bazarbayev M.I., Mullajonov I. va boshq. Darslik. Toshkent. 
2018 y. 
3.
“Tibbiy va biologik fizika” Remizov A.N., Darslik. Toshkent, 2015 y 
4.
“Amaliy tibbiyotdagi yangi texnologiyalar” G.J.Jarilkasinova, D.R.Adizova. 
Toshkent. 2012-yil 
 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin