operativ xotira (DRAM) dan farqli ravishda uning tarkibini doimiy
regeneratsiya qilish talab etilmaydi. Bu uning yagona sifati emas. SRAM
dinamik operativ xotiraga nisbatan tezkor sanaladi va zamonaviy protsessorlar
ishlovchi chastotada ishlay oladi.
SRAM ga kirish vaqti 2 ns. dan ortiq emas; bu shuni bildiradiki bu kabi
xotira bilan 500MGts va undan yo‘qori chastotali protsessorlar bilan sinxron
ishlash mumkin. Har qaysi bitni saqlash ushun SRAM qurilmasi olti tranzistorli
klasterdan foydalanadi. Tranzistorlardan qaysidir kondensatorlarsiz foydalanish
regeneratsiya zarur emasligini bildiradi. (Demak,
hech qanaqa kondensatorlar
mavjud bo‘lmasa, u holda zaryadlar yo‘qitilmaydi.) Qachon elektr ta’minot
tusha borsa, SRAM xotiraga saqlash kerak ekanligini tushunadi. Unda nima
uchun SRAM mikrosxemalari butun xotira tizimida ishlatilmaydi? SRAM ni
Dinamik operativ xotira bian taqqoslanilganda tezkorligi yo‘qori, zichligi esa
past, narxi esa yo‘qori. Zichlik pastligi shundaki, SRAM mikrosxemalari katta
gabaritlarga ega bo‘lib, ularning axborot sig‘imi past bo‘ladi. Ko‘p
sondagi
tranzistorlar va ularning klasterlashtirilganligi, nafaqat SRAM mikrosxemalari
gabaritini oshiradi, balki DRAM mikrosxemalariga o‘xshash parametrlar bilan
taqqoslanilganda uning texnomanik jarayoni narxini sezilarli darajada oshiradi.
Masalan, DRAM moduli hajmi 128 Mbayt yoki undan ko‘p bo‘lsa, shu
vaqtda o‘lchami taxminan unga teng SRAM moduli hajmi 2 Mbayt ni tashkil
etadi va ularning bari bir xil bo‘ladi. Shunday qilib, SRAM gabaritlari dinamik
operativ xotira o‘lchami 30 marta oshadi,
shuningdek, bunda uning narxi
haqida ham shunday deyish mumkin. Bularning barchasi SRAM xotira
tipidagilarni shaxsiy kompyuterarda operativ xotra sifatida ishlatishga qarshilik
qiladi.
Shunga qaramasdan, ishlab chiquvchilar
SRAM tipidagi xotirani ShK
effektivligini oshirish uchun ishlatishadi. Ammo sezilarli darajada narxni
oshishidan kesh-xotira sifatida unchalik katta bo‘lmagan tezkor SRAM xotirasi
o‘rnatiladi. Kesh-xotira taktli chastotada ishlaydi, bu protsessor taktli
chastotasiga yaqin va unga teng bo‘lib, bu xotira o‘qish
va yozish
protsessorlarida ishlatiladi. Ma’lumotlarni o‘qish jarayonida tezkopr kesh-
xotira operativ xotiradan past tezlikda yozib oladi, ya’ni DRAM dan. Dinamik
operativ xotira kirish vaqti 60 ns dan kichik bo‘lmasligi kerak (16 MGts taktli
chastotaga mos keluvchi). Agarda shaxsiy kompyuter 16 MGts taktli
chastotada (yoki undan past) ishlasa, kesh kerak bo‘lmasligi uchun DRAM
tizimli plata va protsessor bilan sinxronlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Protsessor
taktli chastotasi 16 MGts ga ko‘tarilsa, DRAM ni protsessor bilan
sinxronlashtirish mumkin bo‘lmay qoladi, shu sababli ishlab chiquvchilar
shaxsiy kompyuterlarda SRAM ni ishlatishni boshladilar. Bu 1986 va 1987
yillarda, 16 va 20 MGts chastotada ishlovchi 386 protsessorli ShK paydo
bo‘lganidan keyin boshlandi. Aynan shu shaxsiy
kompyuterlarda dastlabki
kesh-xotiralar ishlatildi, ya’ni protsessor bilan ma’lumotlarni almashib turuvchi
SRAM mikrosxemalariga o‘rnatilgan tezkor bufer. Keshning tezkorligini
protsessor tezkorligi bilan solishtirish mumkin, kesh nazoratchisi protsessorga
ma’lumotlar talabini bilishi va tezkor kesh-xotiraga zaruriy ma'lumotlarni
yuklaydi. U holda protsessorga beriladigan xotira manzili ma’lumotlari
operativ xotiradan emas, balki tezkorligi birmuncha past bo‘lgan tezkor
keshdan yuboriladi.
Kesh – xotira “soddalik” miqdorini
qisqartirishga va kompyuter
tezkorligini oshirishga imkon beradi. Ma’lumotlarni protsessorda hisoblash
jarayonida kutish vaqtini minimallashtirish uchun zamonaviy shaxsiy
kompyuterlarda odatda ikki tipdagi kesh-xotira qaraladi:
Dostları ilə paylaş: