o
8
ATX tuzilmasi nisbatan yaqinda ishlab chiqildi.
Unda Baby-AT va LPX
standartlarining eng yaxshi hususiyatlari mujassamlangan va ko‘p boshqa
qo‘shimcha takomilliklar kiritilgan. Umuman olganda ATX - bu, ta’minot manba’si
o‘rnatilgan joyi va ulanish o‘rni o‘zgartirilgan “yon tomoni bilan yotgan ” Baby-AT
platasidir.
Eng asosiysi, shuni esda tutish kerakki,
ATX tuzilmasi na Baby-AT
bilan,na LPX bilan jismonan muvofiq kelmaydi.
Boshqacha aytganda, ATX ning tizimli platasi
uchun mahsus korpus va
ta’minot manba’si zarurdir. Rasman, ATX tasnifi Intel firmasi tomonidan 1995 iyli
matbuotda e’lon qildi va boshqa ishlab chiqaruvchilar ATX tuzilmasini o‘zining
kompyuterlarida foydalanishlariga imkon yaratildi. Intelning bunday ochiq e’lon
qilishi bilan ATXning yangi sanoat standarti yaratildi. ATX tuzilmasi Baby-AT va
LPX standartlarini mukammallashtirishga imkon yaratdi.
Kiritish –chiqarish ulanish joyning ichiga o‘rnatilgan ikkilangan
panelning mavjudligi
Tizimli plataning orqa tomonida eni 6,25 va balandligi 1,75
ulanish joyiga
ega bo‘lgan sohasi bor. Bu tashqi ulanish joylarini bevosita plataga joylashtirishga
va Baby-AT tuzilmasidagi singari, ichki ulanish o‘rinlari
va korpusning tashqi
panelini ulaydigan kabellardan foydalanish zaruriyati bo‘lmaydi.
Ta’minot manba’sida bir kalitli ichki ulanish o‘rnining mavjudligi
Bu
Baby-AT
tipining ta’minot manba’sidagi ulanish o‘rinlarini
almashtirishni soddalashtiradi. ATX hususiyatiga ko‘ra, u oson o‘rnatiladigan va
umuman noto‘g‘ri o‘rnatish mumkin bo‘lmagan, bir kalitli ulanish o‘rniga ega. Bu
ulanish o‘rni tizimli plataga 3,3 V kuchlanishni o‘tkazadigan kontaktlarga ega, bu
esa ATX ning tizimli platasi uchun, tez ishdan chiqadigan kuchlanish o‘zgartkichini
o‘rnatish zarurati yo‘qligini bildiradi .
Dostları ilə paylaş: