Taqqoslash maqsadga yo‘nalgan holda (masalan, bo‘ri va it, it va mushuk)
bo‘lishi. Taqqoslash faqat tashqi belgilari bo‘yichagina emas, balki xarakteri va
keltiradigan foydasi bo‘yicha ham bo‘lishi mumkin.
Taqqoslash xulosa bilan tugallanishi kerak.
Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin
uch, to‘rt va hatto ko‘proq sondagi obyektlarni taqqoslash mumkin bo‘ladi.
Taqqoslashni hammadan ko‘ra bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishdan boshlash qulay
(qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan
belgilargina emas, balki o‘xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va
narsalarning eng muhim belgilarini aniqlaydilar.
Maktab oldi uchastkasidagi gulzorda o‘suvchi o‘simliklarni poyasi, barglari,
gullari, mevalari bo‘yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta - sekin
mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o‘qituvchi
o‘quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko‘rmagan, qabul qilish vositasida
sezgilari sezmagan hodisalar o‘rtasidagi boglanishlarni ochib berishi mumkin.
Tahlil — bu butunni
belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga
bo‘lish, o‘xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g‘alla
o‘simliklarida ildizi, poyasi, bargi, guli va mevasi bo‘ladi. Ammo bu belgilarning
o‘xshashligida, masalan, bug‘doy va makkajo‘xorida farqlar ham bor.
Sintez — bu bog‘lanishlar
o‘rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir
(g‘alla o‘simliklarining ildizlari ko‘pgina ingichka ildizchalardan iborat, poyasi
kovak poxol cho‘p, bargi ensiz va uzun, mevasi don).
Fikrlash natijasida ilgari ko‘rilmagan yangi bog‘lanishlarni o‘rnatsa bo‘ladi.
Tafakkur jarayonida o‘quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog‘lanishlarni
aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran
tanlaydi va qo‘llanadi. Aqliy operatsiyalar vositasida u o‘xshash va farq qiluvchi
narsalarni taqqoslaydi va guruhlaydi.
Dostları ilə paylaş: