“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü82 Kb.
#179589
1   2   3   4
7tCxKrV5IAG9P7mZAjkUsHkihUGzsFIKGCrIczwl

Tabiatshunoslik 
tushunchalari - 
bu umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar, 
hodisalar, jismlarning butun guruhi to‘g‘risidagi umumlashgan bilimlardir. 
Chunonchi, “o‘simliklar” tushunchasiga barcha o‘simliklar uchun umumiy bo‘lgan 
muhim belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning 
hammasi o‘sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko‘payadi, ya‘ni tirik organizmlar 
hisoblanadi. 
Tushunchalarni tasavvurlardan farq qila bilish kerak. Tasavvur — bu sezgi 
organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasavvur qilishning maxsulidir. Tushuncha- 
tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilinadigan va tasavvur 
etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushni 
tasavvur qilish uchun unga qarash kifoya. O‘sha qush to‘g‘risida tushuncha hosil 
qilish uchun esa aniq bilimlar va ularni sistemalashtirish bo‘yicha fikrlash kerak 
bo‘ladi. 
Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. Tushunchalar esa 
butun narsalar sinfiga taalluqli umumlashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan, 


“barg” tushunchasi daraxt, buta, o‘t o‘simliklari o‘sadigan hamma barglarga 
taalluqlidir. 
Tasavvurlar tushunchalarning sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar 
bilan tushunchalar o‘rtasida keskin chegara yo‘q. Tasavvurlar mazmunning boyib 
borishi va ularda narsalarning muhim xossalarini tobora ko‘proq aks ettirib borishi 
bilan umumlashadi va tushunchalarga aylanadi. Ayni vaqtda tushuncha o‘z-o‘zidan 
vujudga kelmaydi. U yoki bu narsa yoki tabiat obyektlari to‘g‘risida tasavvurlarning 
bo‘lishi hali ular to‘g‘risida tushunchadan dalolat bermaydi. Tushuncha ko‘pgina 
ayrim hodisalarning muhim belgilarini umumlashgani sifatida hosil bo‘ladi. 
Maktabda o‘qishning birinchi yilida bolalar atrof olam bilan tanishish o‘quv 
kitobidan ertak va hikoyalarni o‘qish, tabiatdagi kuzatishlar asosida o‘simlik va 
hayvon organizmlari to‘g‘risida umumiy oddiy tabiatshunoslik tushunchalarini 
oladilar. Kelgusi sinflarda ular tajribalar o‘tkazishda, kuzatishlar, ekskursiyalar, 
amaliy ishlar vaqtida tabiat to‘g‘risida aniq tushunchalarga ega bo‘ladilar. 
Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o‘qituvchi

-obyektlarni maqsadga yo‘nalgan holda qabul qilib olinishini tashkil qilishi; 
-tabiat jismlari va hodisalari to‘g‘risidagi har bir yangi tushunchani tahlil 
qilishi va barcha narsalarda, ilgari o‘zlashtirilganlarda takrorlanadigan muhim 
belgilarni ajratishi; 
-ikkinchi 
darajali 
uncha 
muhim 
bo‘lmagan 
barcha 
belgilarni 
mavhumlashtirish, buning uchun uncha muhim bo‘lmagan turlanadigan belgili, 
lekin muhim belgilarini saqlagan (masalan, lola va binafsha, boychechak va lola) 
narsalardan foydalanishi lozim. 
Tabiatshunoslik 
tushunchalarini 
shakllantirishda 
har 
xil 
fikrlash 
operatsiyalaridan: tahlil, sintez, taqqoslash, mavhumlashtirish, aniqlashtirish, 
umumlashtirish kabilardan foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak. 
Biror o‘simlik, hayvon, jonsiz tabiat obyekti (kompas, termometr) to‘g‘risida 
tushuncha hosil qilishda uni fikran qismlarga ajratish, ularning har birini alohida 
ko‘rib chiqish zarur. 


Narsalarning 
ayrim 
elementlarini 
fikran 
ajratish 
va 
ularni 
bir 
butunga birlashtirishdan foydalanib, ayrim narsa va hodisalarni bir-biri bilan 
taqqoslash (binafsha bilan lolani, chuchmoma bilan binafshani, binafsha bilan 
ko‘knorni, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda o‘simliklar 
hayotidagi o‘zgarishlarni) orqali o‘tkazish mumkin. Taqqoslash har xil belgilar: 
o‘simlik organlari, tashqi tuzilishi, yil fasllari, foydalanilishi bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Tushunchalar umumlashtirish, ya‘ni umumiy xossalarga ega bo‘lgan jism va 
hodisalarni birlashtirish jarayonida shakllanadi. Umumlashtirish, agar narsa va 
hodisalar muhim belgilari bo‘yicha birlashtirilganda to‘g‘ri hisoblanadi. Masalan, 
“metall” tushunchasi quyidagi: jaranglash, issiqlik o‘tkazish qobiliyati, chiniqish, 
erish kabi umumiy belgilarga ega. 
Darslarda xilma-xil metodik uslublarni qo‘llanish, amaliy ish, tajribalar, 
ko‘rgazmali qurollardan foydalanish yangi tushunchalarni ongli o‘zlashtirilishini 
oshiradi. O‘tkazilgan amaliy ish va tajribalardan kelib chiqqan, puxta o‘ylangan 
savollardan foydalaniladigan suhbatlar ularni mustahkamlashga yordam beradi. 
Shakllantirilgan tushunchalarni bolalar amalda qo‘llay olishlari kerak Masalan, 
bolalar daryolar to‘g‘risidagi tushunchalarni o‘zlashtirib, uning yordamida xaritadan 
topishlari, o‘simliklarning ko‘payishi to‘g‘risidagi tushunchani olib, undan tirik 
tabiat burchagida yoki maktab oldi uchastkasida qo‘llanishlari kerak ob-havoni 
kuzatib, o‘quvchilar kuzatishlar kundaligida qayd qilishga, taqqoslash va xulosalar 
chiqarishga (yanvar, fevralda sovuq, martda esa iliqroq) o‘rganishlari kerak. 
Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki, tushuncha 
ayrim elementlarda tarkib topadi. Chunonchi, “tepalik” tushunchasi quyidagi 
elementlardan: cho‘qqisi, tagi, tik yonbag‘irlik, yotiq yonbag‘irlik kabilardan tarkib 
topadi. Daryo tushunchasi quyidagi unsurlarni: quyilish joyi, boshi (boshlanishi), 
o‘zani, o‘ng va chap qirg‘og‘i kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Tabiat obyektlari va hodisalari to‘g‘risida to‘g‘ri tushuncha hosil qilish uchun 
avval ular ustida kuzatish, keyin ularning tasvirini (surat, jadval, xarita, sxema) 
qarab chiqish, o‘qituvchining hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan 


tushunchani darslik bo‘yicha mustahkamlash kerak. O‘qituvchining maqsadga 
yo‘nalgan ishi tushunchalarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi. 
Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish. Yakka tushunchalar - bu 
yoki boshqa narsalarga, hodisalarga xos bo‘lgan yakka belgilardir. Agar umumiy 
tushunchalar atamalar bilan mustahkamlansa, yakka tushuncha esa nomlar yoki 
shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo‘lmaydi. 
O‘quvchilar e‘tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog‘lanishiga 
qaratmoq, ya‘ni obyektning yakka xususiyatini ta‘kidlamoq zarur, agar u jo‘g‘rofiya 
obyekti bo‘lsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya‘ni joylashgan o‘rnini 
xaritadan aniqlash kerak. 
Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda uncha umumiy bo‘lmagan 
tushunchalardan ancha umumiyroq, tushunchalarga olib kelish bo‘yicha mashqlar 
katta ahamiyatga molikdir. Masalan, tur doirasidagi “bo‘ri”, “tulki”, “yo‘lbars”, 
“sher” tushunchalari avlod doirasidagi “Yirtqichlar” tushunchasiga kiradi. Bunda 
farq ettiruvchi xususiyatlar (tur belgilari): junlarining rangi, tana tuzilishi, 
harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlarning tashqi ko‘rinishidayoq ma‘lum 
bo‘ladi. Ularning umumiy avlod doirasidagi belgisi boshqa hayvonning go‘shti bilan 
oziqlanish qobiliyatidir. O‘quvchilarni avlod doirasidagi belgilarni tur doirasidan 
farq qilishga o‘rgatish uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va aniq belgilarni 
o‘zida saqlagan bo‘lishi kerak. 
Yakka tushunchalarni shakllantira borib, umumiy tushunchani ochishga 
alohida e‘tibor berish lozim. Chunonchi, “daryo” umumiy tushunchasini 
shakllantirish uchun uni kuzatish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida uning 
muhim belgilarini ajratish kerak. Buning uchun o‘qituvchi xaritadan Sirdaryo, 
Amudaryo, Chirchiq daryolarini ko‘rsatishi, ya‘ni yakka tushunchalar berishi va 
bolalardan nimalar umumiy ekanligini so‘rashi mumkin. (Ularning hammasi 
oqimga, boshlanish va quyilish joyiga, irmoqlarga, o‘ng va chap qirg‘oqlariga ega). 
Shu belgilar asosida “daryo” umumiy tushunchasi shakllantiriladi. 
Tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalardan tashqari yig‘ma 
tushunchalar ham shakllantiriladi. Ular umumiy belgilarga ega bo‘lgan yakka 


tushunchalardan tarkib topadi. Masalan, cho‘llar uchun xos o‘simliklar (saksovul, 
qum akatsiyasi, yantoq) ni bir hududda bo‘lishi va umumiy belgilari (uzun ildizlari, 
yirik barg plastinkalarining yo‘qligi, tikanlarining bo‘lishi) ni birlashtiradi. 
Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o‘zlashtirilishini ta‘minlovchi 
metodik sharoitlar. O‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirmaslik 
hollari ham kam emas. Buning sababi shundaki, ularning bilimlari tasavvurlar 
darajasida qolgan. Bu darsda yoki bir mavzu bo‘yicha shakllantirilgan tushunchalar 
keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog‘lanmaydi. 
Tushunchalarni 
rivojlantirishning 
zarur 
sharoiti 
sistemadir. Jumladan, 
tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo‘lishi muayyan metodik sharoitlarda 
amalga oshadi. Chunonchi, tabiiy obyektni kuzatishlar, qabul qilishni aniqlovchi 
mashqlar, o‘qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishning to‘g‘ri bo‘lishini 
ta‘minlaydi. O‘qituvchining savollari xotiradan rasm chizish, har xil narsalarni tanib 
olish bo‘yicha mashqlar tasavvurlarning to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi. 
Muammoning aniq qo‘yilishi: o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialini bayon qilish 
mantiqi; aniqlash va taqqoslash bo‘yicha mashqlar; tushunchalarni bog‘lovchi va 
rivojlantiruvchi takrorash sistemasi; umumlashtirishni talab qiluvchi savollar; 
tushunchalarni o‘quv va ko‘nikmalar bilan bog‘lovchi savollar tushunchalarning 
to‘g‘ri bo‘lishini ta‘minlaydi. 
Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish — kuzatishlarga 
asoslanib, o‘rganilayotgan narsa yoki hodisa to‘g‘risida aniq va ravshan tasavvur 
hosil qilingan sharoitda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Tushunchani birlamchi tarzda hosil 
bo‘lishida obyektlar va ko‘rgazmali materialning har xil turlari (jadvallar, sxemalar, 
suratlar) katta ahamiyatga egadir. 
O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb 
qilmasdan turib tushunchalarning o‘zlashtirilishiga erishish mumkin emas. 
O‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rag‘batlantirish uchun o‘qituvchi mavzu va dars 
boshida ular oldiga muammolar qo‘yadi. O‘quv materialini bayon qila borib, u 
o‘quvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalari o‘rtasidagi boglanishlarni 
aniqlashga jalb qilish uchun harakat qiladi. “Jonajon o‘lkaning tabiati” mavzusi 


misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o‘simliklar hayotining tuproq, suv, 
oziq moddalar va boshqa omillarga bog‘liqligi (3-sinf), o‘simlik va hayvonlar 
hayotining tabiiy sharoitlarga bog‘liqligi (4- sinf) ko‘rsatilgan. 
O‘quvchilar jadvaldan foydalanib, o‘simlik va hayvonlarning tashqi 
xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharoitlarda yashashga qanday 
moslanganliklarini 
hikoya 
qiladi. 
Tushuntirish 
jarayonida 
o‘qituvchi 
o‘quvchilarning o‘z ijodiy daftarlariga ko‘chirib olishlari uchun doskaga oddiy 
sxemalarni chizishi mumkin. O‘quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish 
ham mumkin, kelgusi darsda esa chizilgan sxemalar jamoa bo‘lib aniqlanadi va 
to‘ldiriladi. 
Shunga o‘xshash ishlar o‘qituvchi tomonidan oldindan ilib qo‘yilgan 
jadvallarni to‘ldirish bo‘yicha ham o‘tkaziladi. Jadvallar ham taqqoslash va 
umumlashtirish uchun sinfda (umumlashtiruvchi darslarda) hamda uyda to‘ldirilishi 
mumkin. Solishtirma jadvallar sinfdagi amaliy ishlarda tirik tabiat burchagida 
hamda maktab o‘quv-tajriba uchastkasida tajribalar o‘tkazishda qo‘llaniladi. 
O‘qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar 
bo‘yicha o‘quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni 
o‘zlashtirilishining qadrini bilish o‘qituvchiga o‘qitishning borishini fahmlashga, 
bilimni o‘zlashtirish jarayoniga to‘g‘ri rahbarlik qilishga yordam beradi. 
Tushunchalarni ajratib o‘qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo‘llanadi. 

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin